72
boshqarish o‘zaro muvofiqlashtiriladi. Bu jamiyatda
insonning barcha huquqlari,
xususan, davlat ishlarida qatnashish; eʼtiqod erkinligi; yig‘ilishlar; uyushmalar
erkinligini amalda taʼminlash siyosiy voqelikka aylanadi. “Fuqaro” va “davlat”
munosabatlaridagi mavjud begonalashish jarayonlariga barham berilib, ularning
davlat hokimiyatini boshqarishga bo‘lgan masʼulligi hamda davlatning fuqarolar
oldidagi javobgarligi vujudga keldi. Jumladan, bosh Qomusimizning 32-
moddasida belgilab qo‘yilganidek, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z
vakillari orqali
ishtirok etish huquqiga egadirlar, deb belgilab qo‘yiladi. Bunday imkoniyat
jamiyatda demokratik institutlarning rivoji bilan taʼminlanadi.
Demokratik institutlar – jamiyat hayotida demokratik tamoyillarning qaror
topishiga xizmat qiladigan tashkilotlar va tuzilmalar majmuasi. Tarixiy jihatdan
ularni shartli ravishda demokratik mazmunga ega bo‘lgan anʼanaviy, ijtimoiy-
siyosiy institutlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, OАV) hamda
faqat demokratik jamiyat sharoitida faoliyat yuritadigan
maxsus institutlarga,
masalan, inson huquqlariga amal qilinishini taʼminlovchi turli no
davlat
tuzilmalarga ajratish mumkin.
Bugungi kunda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish
va rivojlantirishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul
qilindi. Bular jumlasiga asosiy hujjatlar sifatida “O‘zbekiston Respublikasida
jamoat birlashmalari to‘g‘risida” (1991-y.), “Kasaba uyushmalari, ularning
huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (1992-y.), “Nodavlat-notijorat
tashkilotlari to‘g‘risida” (1999-y.), “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
to‘g‘risida” (1999-y.), “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” (1996-y.), “Jamoat fondlari
to‘g‘risida” (2003-y.), “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida” (2004-y.),
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” (1991-y.), “Nodavlat-notijorat
tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (2007-y.), “Ommaviy axborot
vositalari to‘g‘risida” (1997-y.), “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Ijtimoiy
sherikchilik to‘g‘risida” (2014-y.) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini eʼtirof
etish mumkin. Jamiyatda NNT tizimini rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratildi.
Muhimi, “uchinchi sektor” deb ataluvchi NNT jamiyatning asosiy institutlari
sifatida namoyon bo‘la boshladi.
Jahon tajribasidan maʼlumki, aholi fuqarolik
jamiyati institutlari, yaʼni
jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, NNT, ayollar va yoshlar uyushmalari,
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ayniqsa, mahallalar, ommaviy-axborot vositalari
kabi ijtimoiy tuzilmalar vositasida davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok
etishlari uchun shart-sharoitlar yaratishi talab etiladi. O‘zbekistonda ham fuqarolik
jamiyati institutlari o‘sib bordi: agar 1991-yilda respublikamizda 200 ta fuqarolik
jamiyati institutlari – NNT qayd etilgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib ularning soni 2585
taga, 2013-yilda esa 6000 taga yetdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev 2020-yil 11-fevral kuni korrupsiyaga qarshi kurashish hamda
jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish
o‘tkazdi. Shunda mamlaktimizda 10 mingdan ziyod nodavlat-notijorat tashkilotlari
mavjudligi taʼkidlandi.
73
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish va rivojlantirishga oid konseptual
va strategik hujjatlarning qabul qilinishi 2000-2016-yillarni o‘z ichiga oladi. Biroq
2016-yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Xalq davlat
idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” prinsipini
o‘rnatishga oid tashabbusi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy
omili sifatida namoyon bo‘ldi. Prezident tashabbusi bilan 2017-yil esa “Xalq bilan
muloqot va inson manfaatlari yili” deb eʼlon qilindi. Аlbatta, xalq bilan doimiy
muloqot – bu fuqarolik jamiyatining eng asosiy prinsipi edi. Lekin mamlakatda
davlat hokimiyati organlari boshqaruvining ahvoli qandayligi, fuqarolarning bu
haqda qanday fikrda ekanligini aniqlash lozim edi.
2016-yilning 28-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan
takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni eʼlon qilindi. Unga
muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ishlar boshqarmasining
Fuqarolar qabulxonasi negizida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Xalq
qabulxonasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda (tumanga bo‘ysunuvchi
shaharlardan
tashqari)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual
qabulxonasi tuzildi. Bu borada aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni
qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini
joriy etishimiz darkor. Biz aholi eng ko‘p murojaat qiladigan davlat idoralari
faoliyatida odamlar bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizimga
o‘tish haqida o‘ylayapmiz”.
Аlbatta, 2017-yildan boshlab fuqarolik jamiyati qurishga yangicha qarashlar,
bu sohadagi tub o‘zgarishlar o‘z natijasini bera boshladi. 10 oy ichida – 2017-
yilning 21-iyuligacha Xalq qabulxonalariga bir millionta murojaat kelib tushdi.
Hattoki, bu ko‘lamdagi xalq muammolariga
doir axborotlar olib, ularni tahlil
etadigan institutlar g‘arb davlatlari tarixida ham uchramaydi. Shu bilan birga
murojaatlar ichida ularning bittasi ham davlat organlari eʼtiboridan chetda
qolmaydigan mexanizm o‘z samarasini ko‘rsatdi.
2017-yil 7-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
“davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo‘naltirilgan demokratik
islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning
hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini
isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish,
“Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish orqali davlat xizmatlari
ko‘rsatishning samaradorligini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash”
masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish natijasida
mamlakatda fuqarolik jamiyati va uning institutlarini rivojlantirishga oid huquqiy
asoslar takomillashtirildi va demokratlashtirildi. 2017-yil 15-avgustgacha
Harakatlar strategiyasining ijrosi yuzasidan davlat va jamiyat hayotining barcha
74
sohalarini rivojlantirishga qaratilgan 15 ta qonun va 700 dan ortiq boshqa
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, davlat va jamiyat qurilishi
tizimini
takomillashtirish
sohasida
zamonaviy
talablar
hamda
ustuvor
yo‘nalishlarni inobatga olgan holda 16 ta vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning
tuzilmasi, vazifa va funksiyalari qayta ko‘rib chiqildi, 20 ta davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar qayta tashkil etildi.
Bu kabi saʼy-harakatlar tizimli ravishda olib borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: