65
tashkilotlar, mansabdor shaxs va fuqarolar uchun majburiy ekanligi qonunlashtirib
qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining
huquqiy maqomi, O‘zbekiston bilan o‘zaro munosabatlarning
huquqiy asoslari
belgilab berilgan.
Shuni tan olish kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul
qilinishi mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U mamlakatimizda
qonunchilikning rivojlanishi uchun, huquqiy islohotlar uchun asos bo‘lib qoldi.
Yuzlab qonunlar, kodekslar, milliy
dasturlar ishlab chiqildi, umumxalq
muhokamasidan o‘tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal
qilinmoqda. O‘zbekiston Konstitutsiyasi davlatimiz suverenitetini ro‘yobga
chiqardi. O‘zbekistonni dunyodagi barcha nufuzli davlatlar tan oldi, ular bilan
siyosiy,
diplomatik, iqtisodiy, madaniy, aloqalar o‘rnatildi va rivojlantirib
borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: