Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


 O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

4. O‘zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar.
Maʼlumki, qonunchilik hokimiyatining yaqin tarixi, yaʼni ikki palatali davri 
haqida to‘хtalib o‘tadigan bo‘lsak, 2002-yilgi umumxalq referendumidan so‘ng 
mamlakat tarixida birinchi marta Qonunchilik palatasi (quyi palata) hamda 
Senatdan (yuqori palata) iborat bo‘lgan ikki palatali parlament tizimiga o‘tildi. 
Besh yil o‘tib parlament siyosiy partiyalar rolini kuchaytirishga qaratilgan 
konstitutsiyaviy qonunlarini qabul qildi. Birinchi marta siyosiy partiya fraksiyalari 
parlamentda muxolifatni shakllantirish va muqobil qonun loyihalarini hamda 
milliy taraqqiyot dasturlarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 2008-yilda 
Qonunchilik palatasi aʼzolari soni 120 dan 150 taga oshirildi va nomzodlar faqat 
siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilishi mumkinligi belgilab qo‘yildi.
2008-2014-yillarda demokratik islohotlarni yanada kuchaytirish va davlat 
hokimiyatining uch bo‘g‘ini o‘rtasidagi muvozanatni yaxshilash maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bir qator o‘zgartishlar kiritildi. 
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda 
Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi 
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif 
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo‘shma majlisi 
muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi 


81 
masala kiritiladi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari 
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan 
hisoblanadi. 
Bunday holatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni 
lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga 
isteʼfoga chiqadi.
2014-2016-yillarda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari 
faoliyatini takomillashtirish hamda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati 
institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar 
amalga oshirildi. Masalan, 2016-yil aprelida qabul qilingan “Parlament nazorati 
to‘g‘risida”gi qonunda parlament tomonidan nafaqat ijro etuvchi, balki huquqni 
muhofaza qiluvchi organlar faoliyati ustidan nazorat shakllari va tartiblari belgilab 
berildi. Unga ko‘ra, parlament eshituvlarini o‘tkazish, parlament va deputatlar 
tomonidan so‘rovlar yuborish, qonunlar qabul qilinganidan so‘ng ularning amalga 
oshirilishini monitoring qilish amaliyoti kiritildi. Qonunchilik palatasida Oila va 
ayollar masalalari bo‘yicha, Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiyalar, 
Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi tuzildi; Senat tarkibida esa 
Prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi tuzildi hamda 
Vazirlar Mahkamasining parlamentdagi vakolatli vakili lavozimi joriy etildi. 
Davlat boshqaruvi sohasidagi keng ko‘lamli islohotlar mavzusi dastlab 
Prezident Sh.Mirziyoyevning 2017-yil parlamentga qilgan murojaatida ko‘tarilgan. 
Ilgari surilgan islohotlarning ko‘pi aynan parlament roliga aloqador bo‘lib, bu 
borada u shunday degan edi: 
Mamlakatimiz parlamenti haqiqiy demokratiya maktabiga, islohotlarning 
tashabbuskori va asosiy ijrochisiga aylanishi zarur. 
Prezident, shuningdek, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari 
institutining (QMPTI) tashkil etilishiga alohida to‘xtalib o‘tdi: “Biz yaqinda Oliy 
Majlis huzurida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutini 
tashkil etdik”. Ushbu institut Oliy Majlisga kelayotgan turli takliflarni chuqur tahlil 
qiladigan, taʼbir joiz bo‘lsa, elakdan o‘tkazadigan ilmiy markaz bo‘lishi lozim. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin