Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad va vazifalari. (2-soat) Reja


Tikuv mashinalarining detallari va ularning struktura tasviri



Yüklə 343,43 Kb.
səhifə6/60
tarix02.12.2023
ölçüsü343,43 Kb.
#171306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad -fayllar.org

Tikuv mashinalarining detallari va ularning struktura tasviri
Hamma tikuv mashinalari detallardan yig’iladigan o’zellar va mexanizmlardan tashkil topgan. Detallarni to’g’ri birlashtirish, ularni bir-biriga to’g’ri keltirish, baxyaqator hosil qilish va boshqa bir qancha vazifalar jarayonida mexanizmlarning bir-biriga mos harakatlanishini ta’minlash uchun tikuv mashinalarida yig’ish o’zellari qismlarini biriktiradigan, aylanma harakat o’zatadigan va harakatni o’zgartiradigan detallar ishlatiladi (1-jadval).
Mashinaning ayrim qismlarini biriktiradigan detalllar
Mashinaning qismlari ajraladigan yoki ajralmaydigan qilib biriktirilishi mumkin. Ajralmaydigan bikr biriktirishda bir detal ikkinchisiga nisbatan hyech qanaqasiga siljiy olmaydi.
Payvandlangan va parchnnlangan birikmalar ajralmaydigan birikmalarga kiradi.
Ajraladigan bikr birikmalar ancha keng tarqalgan bo’lib, ular vintlar, boltlar, shplintlar, shponkalar va boshqa detallar bilan biriktnriladi. Masalan, 97-A kl. OZLM mashinasi ignasining igna yuritkichi o’q teshigiga vint bilan mahkamlanishi ajraladigan bikr birikmaga kiradi (1-jadvaldagi 2-ustunning 1-qatori).
Vintlar kallakli yoki kallaksiz bo’lishi mumkin. Ularning sterjenida rezba, yuqorisida esa otvyortkaga mo’ljallangan kesimi bo’ladi. Boltlarning tegishli gayka kalitlariga mo’ljallangan olti qirrali yoki to’rt qirrali kallagi bo’ladi (1-jadvaldagi 2- ustunning 2- qatori).
Tikuv mashinalarida sharnirli birikmalarga mo’ljallangan sapfali vintlar keng qo’llaniladi. Sharnirli birikmalarda bir detal ikkinchisiga nisbatan siljiy oladi. Sapfali vintlar silindrik va konussimon sharnirli bo’ladi (1-jadvaldagi 2-ustunning 3-qatori). Vint 3 bilan mahkamlangan markaziy barmoq 2 ni (1-jadvaldagi 2-ustunning 4- qatori) sharnirli vintlar qatoriga qo’shish mumkin. Markaziy barmoq uchi silliqlangan konussimon bo’lib, u boshqa vint yoki boshqa barmoq bilan birgalikda val 1 ni tutib turishga xizmat qiladi.
Aylanma harakatni o’zatuvchi detallar
Aylanib turadigan val yoki o’qlarni tutib turish uchun tikuv mashinalarida sirpanish podshipniklari (vtulkalar, 1-jadvaldagi 2-ustunning 5-qatori) va dumalash podshipniklari (sharikli podshipniklar va ignali podshipniklar, 1-jadvaldagi 2-ustunning 6-qatori) ishlatiladi.
Bir-biridan o’zoqda joylashgap parallel vallarga aylanma harakat o’zatish uchun tasmali va tishli tasmali o’zatkich ishlatiladi (1-jadvaldagi 2-ustunning 7-qatori). Parallel vallar 1, 5 ga tishli barabanlar 2, 4 maxkamlangan bo’lib, bu barabanlarga tishli tasma 3 kiydiriladi. Parallel vallarga aylanma harakat o’zatish uchun tashqi va ichki ilashmali qiya tishli (1-jadvaldagi 2-ustunning 8- qatori) va to’g’ri tishli silindrik o’zatmalar (1-jadvaldagi 2-ustunning 9-qatori) ishlatiladi. Ichki tishli o’zatma o’zel gabaritini kattalashtirmaydi, ya’ni ixcham
Aylanma harakatni ilgarilama harakatga aylantirish uchun tikuv mashinalarida krivoship-shatunli mexanizm ishlatiladi. Bunday mexanizm val 3 ning uchiga maxkamlangan va u bilan birga aylanadigan krivoship 2 dan (1-jadvaldagi 2, 3 va 4-ustunning 10-qatori) iborat. Krivoship 2 ning barmog’i 1 ga shatun (1-jadvaldagi 2-ustunning 11-qatori) kiydirilgan. Shatunning ikkita kallagi va tanasi bo’lib, bir xil harakatni ikkinchi xil harakatga aylantiradigan asosiy element shu bo’ladi. Shatunning pastki kallagi teshigiga igna yuritkich povodogining barmog’i (1-jadvaldagi 2-ustunning 12-qatori) kiritilgan.

Yüklə 343,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin