Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad va vazifalari. (2-soat) Reja


Amaliy mashg‘ulot. Mashinada ishlash qoidalari. Mashinada ipsiz tikish. Mashinaga ip o‘tkazish. Biriktiruvchi, ziy va bezak choklarini tikish



Yüklə 343,43 Kb.
səhifə7/60
tarix02.12.2023
ölçüsü343,43 Kb.
#171306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
Maxsus materialshunoslik, tikuvchilik jihozlari fanining maqsad -fayllar.org

Amaliy mashg‘ulot. Mashinada ishlash qoidalari. Mashinada ipsiz tikish. Mashinaga ip o‘tkazish. Biriktiruvchi, ziy va bezak choklarini tikish
Tikuv mashinasida ishlash qoidalari.
1. Mashinani ishga tayyorlash. Mashinaning moylarini artib, tepkisini ko‘tarib, ustki va ostki iplarini o‘tkazib, baxya uzunligi to‘g‘rilab qo‘yiladi.
2. Ishni boshlash. Gazlamani tepki tagiga qo‘yib, igna tushiriladi. Ipning oxirini ushlab, tepki tushiriladi va ish boshlanadi.
3. Ishni bajarish. Belgilangan joydan baxyaqator tikish (gazlamani tortish yoki surish mumkin emas).
4. Ishni tugatish. Ignani, tepkini ko‘tarib, gazlamani chap qo‘l bilan tortib, ipni 10–15 sm qoldirib uziladi. Tepkining tagiga bir bo‘lak gazlama qo‘yib, tepki tushirib qo‘yiladi.
Mashina ignasi ham pastki holatga tushirib qo‘yiladi.Mashinada ipsiz tikish. Asbob va materiallar: tikuv mashinasi, ipsiz tikish uchun gazlama bo‘lagi yoki qog‘oz, chizg‘ich, qalam.
1. Gazlama bo‘lagi yoki qog‘ozga chizg‘ich yordamida orasi 2 sm ga teng bo‘lgan parallel chiziqlar o‘tkaziladi.
2 . Mashinaning moylarini artib, tepkisi ko‘t arib qo‘yiladi.3. Gazlamani yoki qog‘ozni tepki tagiga qo‘yib, igna so‘ngra tepki tushiriladi va tikish boshlanadi.
4. Parallel chiziqlar bo‘ylab baxyaqator tikiladi. Bunda choklarning to‘g‘ri bo‘lishiga e’tibor beriladi.
5. Ignani, tepkini ko‘tarib, gazlamani yoki qog‘ozni 6-rasm Ustki
ipni o‘tkazish
chap qo‘l bilan tortib, tepki va igna tu shirib qo‘yiladi.
Mashinaga ip o‘tkazish. Kerakli ish jihozlari: tikuv mashinasi, g‘altak ip.
1. Mashinani ish holatiga keltirib, ignasi yuqoriga ko‘tariladi (ignaning ariqchasi ichkari o‘ng tomonda turishi kerak).
2. Ipli g‘altak maxsus ustunchaga o‘rnatiladi va ip yo‘naltirgich – 1 orqali o‘tka-
ziladi.
7-rasm. Ostki ipni o‘tkazish.

3. Ustki ipni rostlovchi ikki tarelkacha – 2 orasidan va moslovchi prujina – 3 orqali o‘tkaziladi.


4. Ip tortkich teshikchasi – 4 orqali o‘tkazilib, yon qopqoqdagi ip yo‘li – 5 bilan, igna ustunidagi ip yo‘liga – 6 (ilgakdan) o‘tkaziladi.
5. Ip igna teshigiga ip yo‘li orqali – 7 ignaning ariqchasi tomonidan o‘tkaziladi, ipning ortiqcha uchi 10–15 sm bo‘ladi. Ostki ipni o‘tkazish (7-rasm):
1. Ip o‘ralgan naycha mokiga o‘rnat iladi (7-rasm, a).
2. Naychadagi ipni mokidagi ip chiqaruvchi prujina orasidan o‘t kaziladi, ipning ortiqcha qismi 10–15 sm bo‘ladi (7-rasm, b).
3. Moki o‘zining uyasiga o‘rnatiladi (33-rasm, d).
4. Ustki surilma plastinkani yopib, mokidagi ip igna plastinkasining teshikchasidan chiqariladi (7-rasm, e).
5. Har ikkala ipni tepkining orqasiga o‘tkazish kerak.



Yüklə 343,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin