Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/40
tarix10.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95813
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
TA’lim vazirligi

 
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa 
65-71 
 
Xulosa 
72-71 
 
Tavsiya 
75-75 
 
Foydalanilgan adabiyotlar
76-78 
 
Ilovalar 
79-84 



KIRISH. 
Mavzuning dolzarbligi. 
Hozirgi kunda juda ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi dunyo xaritasida o’zining munosib 
o’rniga ega bo’lgan mustaqil O’zbekistonda ham barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu 
islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan ham yuqori saviyaga ko’tarib, uning 
kuchi, idroki, salohiyati, ruxiy hamda ma’naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish 
va sivilizatsiya bilan uzviy bog’ladi. Bundan inson va uning mukammalligi, o’z ustida ishlashi, 
o’z mukammalligi xususida qayg’urish muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga 
aylandi.
“Har bir insonda muayyan intellektual salohiyat mavjud. Agar shu ichki quvvatning to‘liq 
yuzaga chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoit yaratilsa, har qaysi inson Ollox taolo ato etgan 
noyob qobiliyat iste’dodini, avvalo o‘zi uchun, oilasi, millati, xalqining va davlatining 
farovonligi, baxt-saodati, manfaati uchun to‘liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli 
taraqqiyotga erishadiki, uning sur’at va samarasini xatto tasavvur qilish ham oson emas» 
(I.Karimov. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: “O’zbekiston”, 1999 yil.)
Bugungi kunda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirish jarayonida 
yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash muhim muammo sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda. 
Binobarin, jamiyat taraqqiyotida ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham ijtimoiy soha mutahasisslarini 
samarali faoliyat ko‘rsatishi, eng avvalo, malakali kadrlar faoliyatiga bog‘liqdir. Shu bois
amalga oshirilayotgan islohatlar kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy 
va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va 
texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurishni nazarda tutadi. 
Shunday ekan ushbu talablardan kelib chiqqan holda bilimdon, mustaqil fikrlovchi, ijodiy 
izlanuvchi, yuqori malakali, madaniyatli, turli soha egalarini tayyorlash dolzarb muammolardan 
hisoblanadi.
Bo‘lg‘usi kasbga tayyorlash, kasb-hunar oldiga qo‘yiladigan talablarga mutanosib insonlar 
qilib shakllantirish ular shaxsiga yangicha yondashish hozirgi ijtimoiy taraqqiyotning zaruriy 
talabidir. Shundan kelib chiqib, har bir mutaxassis kasbiy mahoratini oshirishni tashkil etish, har 
bir jamoada shart-sharoit yaratish hamda mustaqil o‘z ustida ishlaydigan raqobat bardosh 
kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda. Bu esa o‘z navbatida har bir mutaxassis 
mahoratini, umumiy saviyasini muttasil takomillashtirish uchun sharoit yaratishni talab qiladi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, barcha soha mutaxassislarining kasbiy bilimlarini 
oshirishning tashkiliy-pedagogik va ijtimoiy psixologik muammolarini nazariy va amaliy 
jihatdan o‘rganish dolzarb masaladir. Shu nuqtai nazardan biz o‘z tadqiqot mavzuimizni 
Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning psixologik jihatlari (KHK 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin