Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари


 Xorij va sobiq sovet psixologlarining tadqiqotlarida kasbiy bilimlar talqini



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/40
tarix10.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95813
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
TA’lim vazirligi

1.3. Xorij va sobiq sovet psixologlarining tadqiqotlarida kasbiy bilimlar talqini. 
Kasb tanlashga yo’llash ishlarining tarixi 1908 yildan boshlanadi deb kabul qilingan. Bu 
yili Boston shahrida birinchi kasb haqida maslahat beruvchi qo’mitasi ochilgan. Biroq kasbga 
yaroqlik elementlarini qadim jamiyatlarida qo’llanilishi ma’lumdir. Milloddan avvalgi 3 ming 
yillikda qadimgi Vavilonda, Misrda, Gretsiyada, Xitoyda, Spartada, Rumda, Xindistonda har-xil 
kasbdagi kishilarni tayyorlaydigan maktablar va sistemalar mavjud bo‘lgan. Rossiyada 1918 
yilda yagona mehnat maktabi to’grisidagi xujjatlarni tayyorlash munosabati bilan ro’y bergan 
munozaralar yaxshi ma’lum. Maktab kommunalari yaratilgan edi. 
I bosqich: 1918 yil - 1930 yilning boshlarigacha;
II bosqich: 1931 yil - 1940 yilgacha; 
III bosqich: 1941 yil - 1960 yilgacha; 
IV bosqch: 1960 yil - 1970 yil o’rtalarigacha; 
V bosqich: 1991 yil - hozirgi davrgacha. 
O’zbekistondagi kasbga yo‘naltirish tizimining ayrim bug’inlari loyihalarini, shuningdek, 
kasbga yo‘naltirish, kasbiy maslahat hamda kasb tanlashning umum davlat tizimi loyihasini 
ishlab chiqish. Oldimizdagi vazifalarni mutlaqo yangi vazifalar deb hisoblash hamda kasbga 
yo‘naltirish masalalarini psixologik pedagogik, tibbiy-biologik, ijtimoiy-iqtisodiy va texnika 
fanlarining “eski” muammolari darajasidan ajratib tahlil qilish noto’g’ridir. Yoshlarni mehnatga 
tayyorlash yangi masala emas, hozir bu masalani ta’lim-tarbiya nazariyasi bilan uzviy birlikda 
ko’rib chiqish lozim, kasbga yo‘naltirish muammosiga ko’ra tarkib topgan, ilmiy yo‘nalishlarni 
rivojlantirish - eng muhim vazifalardan biridir. 
Ma’lumki, qator mamlakatlarda kasbga yo‘naltirish, kasb tanlashning amaliy jihatlari 
yaxshi rivojlangan. Ana shuning o’zi mazkur mamlakatlar tajribasidan ham foydalanish 
zarurligini ko’rsatadi. Mustaqil davlatimizda kasbga yo‘naltirishning jahon tajribasida hisobga 
olinadigan va yangi demokratik jamiyatning asosiy prinsiplariga mos tizimini tashkil etish va 
takomillashtirish kerak. O’tgan yillar mobaynida kasbga yo‘naltirish va kasbiy maslahatlar ilmiy 
tadqiqotlarning davlat rejasida ko’zda tutilgan edi. Ilmiy izlanishlar va ishlanmalarni davlat yo’li 
bilan rejalashtirish, olimlarning eng muhim muammolar ustida jamoa bo’lib, ish olib borishlari, 
nazariya bilan amaliyotning birligi muhim ahamiyatga egadir. 
Shu munosabat bilan 1964 yilda boshlangan va hozirgacha o’z faoliyatini saqlab qolgan 
kasbga yo‘naltirish sohasidagi ishlarning axvoli va rivojlanishini ifodalovchi ba’zi 
ko’rsatkichlarni ko’rib chiqaylik. 
1964 yildan buyon ko’rsatkichlarni ko’rib chiqadigan bo’lsak, nashr etilgan kitob va 
risolalarning ko‘pi kasbga yo‘naltirishning maktab-pedagogik jihatlariga bag’ishlangan. Ikkinchi 
o’rinda iqtisodiyot masalalariga oid adabiyotlar (kitob va risolalarning chorak qismi), uchinchi 
o’rinda - metodik gigienaga doir kitob va risolalar (beshdan bir qismi) va to’rtinchi o’rinda - 
maktab o‘quvchilariga yordam tariqasidagi adabiyotlar turadi. Kasb tanlashda oilaning roli va 
vazifalari yoritilgan kitob hamda risolalar deyarli yuk edi va jozir ham juda kam. Ommaviy 
tarbiya vositalari muammolariga, qobiliyatlarni aniqlash, kasblarning psixofiziologik masalalari 
hamda hunar-texnika ta’lim tizimida kasbga yo‘naltirish va kasbiy maslahatlarga doir yirik 
iilmiy ishlar hamon yetarli emas. Kasbga yo‘naltirish sohasida ishlaydigan maxsus kadrlar 
tayyorlash masalasiga oid tadqiqotlarga juda ham kam e’tibor berilmoqda. Doktorlik 
dissertatsiyalariga loyiq ishlar kam bajarilmoqda. Buning sababi kasbga yo‘naltirishni amaliy 
soha sifatida e’tirof etilayotganidir, uni amaliy soha sifatida tushunilayotganidir, Bu gaplardan 
ana shu sohadagi tadqiqotlarning umumiy ilmiy saviyasini oshirish zarurligi ayondir. 


15 
Bizni qiziqtirayotgan sohada ishlayotgan kadrlar soni 1969 yildan boshlab uzluksiz 
ko‘paydi, tadqiqot ishlari olib borilayotganlar soni ancha ortdi, amaliy tashkilotchilik ishlari 
kamroq, amaliy ijrochilik ishlari juda kam o’sdi, Kasbga yo‘naltirishning turli masalalari bilan 
shug’ullanayotgan xodimlar sonining tez o’sganligi ishlarni nazariy va tashkiliy jihatdan 
muvofiqlashtirishni taqozo etmoqda. Shu sababli muammoning har bir jihati bo’yicha 
muvofiqlashtirish markazlarini tashkil qilish zarur. 
Muammoning kompleks xarakterda bo‘lishi ayrim tadqiqot ishlarida qo’llanilayotgan 
metodlarni xilma-xillashtirishni takozo etmoqda. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish 
zarur: 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin