Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/40
tarix10.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95813
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
TA’lim vazirligi

Amaliy ahamiyati: kasbiy qiziqishlarni shakllantirish va rivojlantirish orqali ularga ta’sir 
etuvchi ijtimoiy psixologik omillarini qaror toptirish, shaxs faoliyati va faolligini oshirishga 
ko‘maklashuvchi psixologik xizmat tizimining asosiy yo‘nalishlarini va bugungi dolzarb 
vazifalarni aniqlashga imkon beradi. O‘quvchilarni kasb tanlash va kasbiy qiziqishlari asosida 
o‘z layoqati va qobiliyati bo‘yicha kasbga yo‘naltirish tizimi shakllanadi. 
Himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar: 
1. Kasbiy bilimlarning nazariy va amaliy asoslarini tahlil qilish. 
2. Kasbiy bilimlar asosida kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish omillari nazariy va amaliy 
tahlil qilish. 
3. Kasbiy qiziqishlarning tashkiliy-metodik asoslari (samarali shakl, metod va vositalari). 
4. Kasbga yo‘naltirish ishlarini tashkil etishda hamkorlik ishlarini takomillashtirish va 
kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirishning yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlovchi ilmiy-
metodik tavsiyalar. 
Natijalarning joriy qilinishi: tadqiqotning asosiy natijalari Andijon viloyati o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi KHK lari amaliyotchi psixologlar faoliyatida, 
Andijon davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi metodologik birlashmasi yig‘ilishlari, 
umumiy o’rta ta’lim maktab amaliyotchi-psixologlari malakasini oshirish kurslarida va ilmiy-
amaliy anjumanlarda ishtirok etish va ma’ruzalar o‘qish asosida ommalashtirilgan. 
Ishning sinovdan o‘tishi (aprobatsiyasi): tadqiqotning asosiy g‘oya va natijalari Andijon 
viloyati o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi KHKlarida tashkil etilgan 
seminar treninglarda sinovdan o‘tkazilgan. (Andijon maishiy xizmat KHK, Andion axborot 
texnologiyalari KHK, Andijon pedagogika kolleji) 
I BOB: Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning nazariy asoslari 




Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin