Mavzu: depressiya va suitsid. Suitsid turlari


Yangi his-tuyg’ularni sezing, vijudingizda adrinalinni his qiling



Yüklə 25,67 Kb.
səhifə9/9
tarix05.05.2023
ölçüsü25,67 Kb.
#108181
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-mavzu depressiya va suitsid. Suitsid turlari. Reja

13. Yangi his-tuyg’ularni sezing, vijudingizda adrinalinni his qiling
Ba’zan odamlar faqat bitta hissiy holatda o’tirishadi va uni hech qanday tarzda o’zgartira olmaydi. Bu bir xillik necha haftalab davom etadi, kishi esa bir xil va kulrang hayotdan nafratlana boshlaydi. Bunday holatda yangi emotsiyalarni his qilish kerak, bir xillikda qolmang. O’zingizni qo’rqitadigan narsalarni qilishingiz yoki sizga adrenalin va yaxshi hissiyotlarni beradigan vaziyatni yaratishingiz mumkin. Misollar:
Parashyutdan sakrash.
Har xil attraktsionlar, karting.
Do’stlaringiz bilan peyntbolga boring, bunda yaxshi fikrlash kerak bo’ladi va albatta adrenalinsiz o’tmaydi.
Chet tillarni bilsangiz, sayyohlar bor joyga boring va ular bilan suhbatlashib ko’rishga harakat qiling.
14. Sog’lom ovqatlaning
Uyda tayyorlangan sog’lom va mazali taomlar ochlikdan qutulishga yordam beradi, «Biz — iste’mol qilayotgan taomimiz» iborasi mavjud.
Hamma narsani yeb ketavermang, yog’li taomlardan yiroq bo’ling. Go’sht ko’p miqdorda inson uchun zararlidir. Bundan tashqari, u hazm qilish uchun juda ko’p energiya sarflaydi. Ba’zi kishilar ko’p go’sht yeb yuborishsa, kamida ikki kun bezovta uxlashadi, qo’rqinchli tushlar ko’rishadi. Uyg’ongach esa, energiya yetishmasdek tuyuladi.
Tushkun bo’lganingizda o’zingizni sevimli taomingiz bilan mexmon qilishingiz mumkin. Kimdir shirinlikni, kimdir shokoladni, kimdir esa shashlikni yoqtiradi. O’zingiz haqingizda qayg’uring.
15. Tabiatga chiqing va o’zingiz bilan yolg’iz qoling
Shahardan chetda bo’lgan go’zal tabiat manzarasini tomosha qilgani boring, iloji bo’lsa o’zingiz bilan chodir oling. Ko’lga borib, baliq ovi uyushtirishingiz mumkin. Sokinlikda fikrlaringizni jamlab, hayot, ota-ona, aka-uka, yaqinlar, do’stlar haqida o’ylang, siz yolg’iz emassiz. Depressiyadan butun umr aziyat chekib bo’lmaydi, shuni yodda tuting. Tabiat, toza havo va sukunat esa hayotning mazmunini anglab yetishga yordam beradi.
Chodirga kirib, uzoqlarga qarang, siz nimanidir ko’rayapsizmi, yengil shamolni, toza havo hidini sezayapsizmi, tabiat shovqinlarini eshitayapsizmi, ovozingiz chiqayaptimi? Ana endi tasavvur qiling, ko’rmay qolsangiz nima bo’ladi, umuman ovozlarni eshitmasangizchi? Vaziyat bundan ham yomonroq bo’lishi mumkin edi, lekin unday emas, bo’lar-bo’lmasga tushkunlikka tushish yaramaydi. Shuni anglab yeting.


Tavsiyalarni o’qib chiqgach, telefoningizda eslatma qoldiring, hozirgi kundan bir necha oy keyingi sanani tanlang va barcha qiyinchiliklar haqida «kelajakdagi o’zingizga» xabar qoldiring. Ishonavering, shu vaqt keblib, qanday qilib shunaqa ahvolda bo’lishim mumkin edi deya ajablanasiz.
Yüklə 25,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin