Mavzu: depressiya va suitsid. Suitsid turlari


Ruhiy tushkunlikni nima keltirib chiqaradi?



Yüklə 25,67 Kb.
səhifə2/9
tarix05.05.2023
ölçüsü25,67 Kb.
#108181
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-mavzu depressiya va suitsid. Suitsid turlari. Reja

Ruhiy tushkunlikni nima keltirib chiqaradi?
Ruhiy tushkunlik, depressiyani aynan nima keltirib chiqarishi noma‘lum. Ammo jismoniy, psixologik va atrof-yaqindagi holatlar birgalikda omil bo‘lishi aytiladi. Ko‘plab ruhiy kasalliklar avlodlar osha qaytalagani uchun irsiy bog‘liqlik bor degan taxminlar ham bor. Mutaxassilarning ishonishlaricha, aksar ruhiy kasalliklar bir qator genlardagi o‘zgarishlarga bog‘liqdir va bu kabi genga ega bo‘lganlar ruhiy kasallikka chalinishga moyil bo‘ladilar. Ammo bu genning o‘zi kasallikni keltirib chiqarmaydi. Demak, inson bu kabi irsiy merosga ega bo‘lishi mumkin lekin bu degani albatta kasallik rivojlanadi deganini anglatmaydi. Bu kabi genga ega bo‘lgan insonlar qayg‘u-azob, birovdan ajrab qolish, o‘zlariga nisbatan haqorat va tazyiq kabi omillar, yo-da "turtkilar"ga beriluvchanroq bo‘ladilar. Hayotdagi og‘riqli hodisalar bu kabi beriluvchan shaxslarda kasalikka turtki berishi mumkin. Bu omillarga kasallik, ajrashish, yaqinlardan ajrab qolish, ish joyini yo‘qotish va hokazolar kiradi. Ruhiy kasallikni qon tekshiruvi yoki shunga o‘xshash tekshiruv bilan aniqlab bo‘lmaydi. Faqatgina mutaxassis barcha alomatlarni o‘rganib chiqib, uzoq vaqt kuzatuvlardan keyingina tashxis qo‘yishi mumkin. Ko‘plab ruhiy kasalliklarning alomatlari esa bir-biriga o‘xshash, shu sababli aniq tashxis qo‘yish mushkul ish. Ba‘zi mutaxassilarga ko‘ra, ruhiy kasalliklarni aniqlashning joriy mavjud usullari o‘ta tibbiy yondoshuvga asoslangan. Ya‘ni ruhiy tushkunlikni inson tanasidagi bezlar tomonidan ishlab chiqariladigan serotonin moddasining miyadagi yetishmovchiligi keltirib chiqaradi, degan g‘oya bor. Bu yondoshuv ruhiy kasalliklarni asosan miyadagi kimyoviy o‘zgarishlarga bog‘laydi. Tanqidchilarga ko‘ra, bu yondoshuv ruhiy kasallikning hissiy omillarini nazardan qochiradi.
Bu yondoshuvdan kelib chiqib hozirda ruhiy tushunlikka uchraganlarga anti-depressant dori-darmonlarni belgilash keng tarqalgan. Bu dorilar esa talaygina noxush oqibatlarni keltirib chiqarishi ma‘lum. Ijobiy natijasi esa ko‘pda savol ostida.
Quyida Gulshoda Oster va boshqa ruhshunos mutaxassislarning tushkunlik va unga qarshi kurashish xususidagi maslahatlarini tinglang.

Yüklə 25,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin