Mavzu: depressiya va suitsid. Suitsid turlari


Ongli va dono odamlar bilan muloqot qiling, yolg’izlikni uniting



Yüklə 25,67 Kb.
səhifə8/9
tarix05.05.2023
ölçüsü25,67 Kb.
#108181
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-mavzu depressiya va suitsid. Suitsid turlari. Reja

11. Ongli va dono odamlar bilan muloqot qiling, yolg’izlikni uniting
Odamlar bilan muloqotda bo’lgandan keyin, ichingizda o’ziga xos tozalash jarayoni sodir bo’ladi.
Dono va aqlli kishilar — bu faqatgina ko’pni ko’rgan keksa kishilar degani emas, ular jamiyatda shundaygina ajralib turadi, og’ir-bosiq, turli emotsiyalarga berilmaydigan, boshqalarga qaram emas va baxtli kishilardir. Ular sizga qiziq narsalar aytib berishi, depressiyani davolash uchun qanday yo’l tutish mumkinligini ko’rsatishi mumkin. Hayotda o’zlarini topa olmagan va o’zlari yordamga muhtoj bo’lgan o’smirlar bilan muloqot qilishning hojati yo’q. Biz o’zimizni shunday kishilar bilan to’la ifoda etamiz, fikrlarimizni baham ko’ramiz va buning o’rniga biz ham qiziqarli tajriba va bilimlarga ega bo’lamiz.
Kishi kun davomida turli odamlar bilan ko’p muloqot qilganda, u kun oxiriga borib, o’ziga xos yengillik holatini oladi. U o’zini xuddiki og’ir qulflar va yuklardan qutulgan kishidek his qiladi. Shuning uchun uyda qolmang, yangi sarguzashtlar yarating va odamlar bilan tez-tez muloqot qiling.
12. O’zingiz yoqtirgan narsani qiling, sevimli mshg’ulotingiz bilan shug’ullaning
Har birimiz sevimli mashg’ulotlarga egamiz. Agar chindan hayotning ma’nosini yo’qotib qo’ysangiz, sizga befarqlik yoki apatiya yopirilgan bo’lsa, sevimli mashg’ulotingiz bilan band bo’ling.
Masalan, ko’plab sevimli va qiziqarli mashg’ulotlar bor:
Chizish. Bir keksa odam cho’tkacha va qog’oz olib, chizishni juda yaxshi ko’radi. Bu oddiy mashg’ulotlar unga juda ko’p zavq bag’ishlar edi.
Xorijiy tillar. Chet elliklarni tushuna boshlaganingizda va filmlarni asl tilda, hatto subtitrlar bilan tomosha qilishni boshlaganingizda, o’zingizga yangi dunyoni kashf etasiz.
Musiqa: gitara, pianino yoki boshqa asboblar. Ijodkor kishilar o’z qalblarini musiqa orqali ifoda etishni, gitara yoki boshqa sevimli asbobni chalishni yoqtirishadi.
Sevimli mashg’ulotlaringizni aniqlang. Shunda siz yana hayotdan quvonch olishni va jarayondan lazzatlanishni boshlaysiz, natijada uyda tushkunlikni davolay olasiz.

Yüklə 25,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin