Mavzu: depressiya va suitsid. Suitsid turlari


O’zingizga savol bering: «Yana hayotdan zavq olishni boshlashim uchun hayotimga nimalar kiritishim kerak?»



Yüklə 25,67 Kb.
səhifə6/9
tarix05.05.2023
ölçüsü25,67 Kb.
#108181
1   2   3   4   5   6   7   8   9
3-mavzu depressiya va suitsid. Suitsid turlari. Reja

6. O’zingizga savol bering: «Yana hayotdan zavq olishni boshlashim uchun hayotimga nimalar kiritishim kerak?»
Hayotingizga nimalar qo’shish kerakligi haqida o’ylab ko’ring. Masalan:
Oddiy sokin ishga joylashish.
Toza havoda ko’proq vaqt o’tkazish.
Kun tartibini o’zgartirish va barvaqtroq yotishga harakat qilish.
Siz juda ko’p narsa qo’shishingiz mumkin, har kim o’z xohishlariga ega. Bularning barchasini qog’ozga yozing.


7. O’tmishdagi hafagarchilik va hotiralaringizni qoldiring, hammasini o’zingiz bilan olib yurmang
Ba’zi odamlarda o’tgan salbiy vaziyatlarni, yomon lahzalarni, turli kelishmovchiliklarni yodda saqlab yurish odati mavjud. Ularni qo’yib yuborish kerak, salbiy o’y-fikrlar kundalik hayotingizga ta’sir o’tkazmasin.
Muvaffaqiyatli va band bo’lgan odamlar deyarli har kuni qiyinchiliklar va noqulay vaziyatlarga duch kelishadi. Ular bunday salbiylikni o’zlariga olmasliklari tufayli yo’llarida davom etib, muvaffaqqiyatga erishgan.
Aynan mag’rur shaxsiyatiga juda yopishgan, o’zlarini oddiyroq his qila olmaydigan va hammadan ustun deb biladigan odamlar — eng zaif odamlardir.
Ana shunday xudbin kishilarni hafa qilish juda oson, ular osonlikcha ruhiy jarohat oladilar. Dimog’dor kishi depressiya va tashvishlardan xalos bo’lish haqida tez-tez savollar berib turadi va unga javob topishi qiyin bo’ladi. O’zingiz va hayotga nisbatan osonroq bo’ling, EGO ni chetga suring.
8. Tez-tez dam olish uchun meditatsiya qilishni boshlang
Odamlar ichki muloqot tufayli ba’zan aqldan ozishadi.
Psixologlar tajribasida o’z-o’zi bilan gaplashadigan va ko’rinmas kishiga g’azablanadigan odamlar uchragan, ular o’z g’azablarini ovoz chiqarib gapirishgan. Ular depressiyani qanday davolash va qanday ishlarni bajarish kerakligi haqida hech narsa bilishmaydi.
Erta tongdan aniq fikrli va yengil bo’lish uchun 15-20 daqiqa davomida meditatsiya qilish kerak. Kechasi esa yotishdan oldin.
Kuniga ikki marta bunday meditatsiya qilish bir hafta yoki bir oyda natijaga erishish uchun yetarli bo’ladi. O’zingizdagi o’zgarishlarni sezasiz. Albatta to’g’ri mediatsiya qilish ham bir san’at, uni qanday bajarish alohida maqolani talab qiladi.

Yüklə 25,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin