Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə7/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

2-asosiy savol bayoni: Istiqlol sharofati bilan Mustaqil Respublikalar tarixiy aloqalarni qayta tiklashga o’tdilar. Ona zamini, tabiiy sharoiti, uzoq tarixi, kelib chiqishi, dini, urf-odatlari, an’analari, maqsadlari rivojlanish imkoniyatlari, muommolari bir bo’lgan qozoq, o’zbek, qirg’iz, tojik, turkman, qaraqalpoq va boshqa xalqlar yangi hayot qurishda va o’zaro hamkorlik qilishga kirishdilar.
Respublika rahbarlarining 1993-yil Toshkent va Ashxabotda bo’lib o’tgan yig’ilishida Prezidentimiz I.A.Karimov Respublika nomlarini e’tirof etgan holda ularni umumlashtirib, “Markaziy Osiyo Davlatlari” deb yuritilishini taklif etdi va bunga barcha rahbarlar rozilik bildirdilar. Haqiqatdan ham ushbu zamindagi davlatlarni Markaziy Osiyo davlatlari deb nomlanishi ham iqtisodiy va ijtimoiy, ham tarixiy va siyosiy-ma’muriy jihatdan to’g’ri va asoslidir.
(Biroq Markaziy Osiyo deganda Osiyodagi tabiiy-geografik O’lkani tushunmaslik kerak). Shu jihatdan olgan holda, Markaziy Osiyo davlatlari atamasi hozirgi kunga kelib ko’pchilik tomonidan qo’llab quvvatlandi va ushbu nom ham fanga va siyosatga kirib bormoqda. Shuni e’tiborga olganda o’quv rejasiga kiritilgan. Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy va siyosiy geografiyasi kursining nomini “Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy va siyosiy geografiyasi” deb atalishini maqsadga muvofiq va asosli deb o’ylaymiz.
3-asosiy savol bayoni: Markaziy Osiyo hududida 5 ta Mustaqil Respublikalar joylashgan bo’lib, ular quyidagilardir:
Qozog’iston Respublikasi Markaziy Osiyoning shimolida joylashgan bo’lib, shimolda Rossiya Federatsiyasi, janub va janubi–g’arbdan Qirg’iziston, O’zbekiston Respublikalari va Turkmaniston bilan sharq va janubi-sharqda Xitoy Xalq Respublikasi bilan chegaradosh. Uning maydoni 2,724 902 kv.km. Jahonda 9 o’rinda turadi. Qozog’istonda 131 millat va elat istiqomat qiladi. Qozog’istonning aholisi 17 207 594 kishi. Jahonda 62-o’rinda turadi. Markaziy Osiyo davlatlaridan 2-o’rinda (O’zbekistondan keyin) turadi. Qozog’iston ko’p millatli davlat hisoblanadi. Aholi zichligi 1 km2 ga 6,3 kishidan to’g’ri keladi. YaIM-AQSh$ 233,764 mlrd. Jon boshiga-AQSh$ 13917. Pul birligi-tengi. Prezident-Nazarbaev Nursultan Abishevich. Bosh vazir-Karim Masimov.
Tojikiston Respublikasi Markaziy Osiyoning janubi-sharqida joylashgan bo’lib, u shimol va g’arbda O’zbekiston, shimol va shimoli-sharqda Qirg’iziston, sharqda Xitoy, janubda Afg’oniston bilan chegaradosh. Tojikiston Respublikasi-poytaxti Dushanbe, rasmiy tillar-tojik va rus, maydoni-142 ming kv.km. Dunyoda 93 o’rinda turadi. Aholisi-8.160.000 (2013 yil ma’lumoti) Dunyoda 96 o’rinda. Zichlik-56,3G’km². YaIM-$17,6 mlrd. jon boshiga-2,229$. Pul birligi-somoni. Prezident-Imomali Rahmon. Bosh Vazir-Kohir Rasulzoda. Mustaqillik kuni-9-sentyabr 1991-yil.
Qirg’iziston Respublikasi Markaziy Osiyoning sharqida joylashgan bo’lib u shimol va shimoli-g’arbdan Qozog’iston, g’arb va janubiy g’arbdan O’zbekiston, janubdan Tojikiston, sharqdan-Xitoy Xalq Respublikasi bilan chegaradosh. Qirg’iziston Respublikasi Prezidenti-Almazbek Atambaev. Bosh Vazir-Janto’ra Sotiboldiev. Mustaqillik kuni-31 avgust 1991. Rasmiy tilllar-qirg’iz va rus. Poytaxti-Bishkek. Maydoni-198,500 km². Jahonda 86 o’rinda turadi. Aholisi-5,777,000 (2013 yil). Jahonda 110 o’rinda turadi. Zichlik-29G’km². YaIM-AQSh$ 13,231 mlrd. Jon boshiga-AQSh$ 2,409. Pul birligi-so’m.
Turkmaniston Markaziy Osiyoning janubi, janubi-g’arbida joylashgan. Mamlakat shimol, shimoli sharq va sharqdan O’zbekiston, shimoldan Qozog’iston, janubdan Afg’oniston va Eron bilan chegaradosh. Turkmanistonning g’arbiy chegarasi Kaspiy dengizi bilan tutash. Hududi 488,1 ming kv, km. Dunyoda 53 o’rinda, aholisi 5,169660 kishi. Dunyoda 94 o’rinda turadi. Zichlik 10 kishi har bir kvadrat km ga. (2012) Markaziy Osiyo Respublikalari ichida maydoni bo’yicha 2-, aholisi bo’yicha 5- o’rinda turadi. YaIM-AQSh$ 54,746 mlrd. Jon boshiga-AQSh$ 15,583. Pul birligi-manat.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin