Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi-



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə4/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi-Mazkur fan 5110500- geografiya o’qitish metodikasi yo’nalishida 6-semestrda o’qitiladi va quyidagi fanlari bilan bog’iq iqtisodiyot nazariyasi, umumiy er bilimi, tabiiy geografiya, shaharlar va qishloqlar geografiyasi, tuproqshunoslik asoslari, statistika, iqtisodiy ta’limotlar tarixi, topografiya va kartografiya asoslari, noishlab chiqarish tarmoqlari va boshqalar.
Fanning ta’limdagi o’rni-“Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” o’quv fani asosiy umumkasbiy fanlaridan biri hisoblanadi. Chunki, Geografiya o’qitish metodikasi yo’nalishida Markaziy Osiyo mamlakatlari xo’jaligining rivojlanishi to’g’risida ma’lumotlar beriladi. Maktab, akademik litsey va kasb hunar kollejlarida o’quvchilarga ijtimoiy-iqtisodiy geografiya fanlaridan bilimlar berishda asos bo’ladi.
MA’RUZALAR MAVZULARI:


1-mavzu: Markaziy Osiyo iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi faniga kirish
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1.Markaziy Osiyo iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasining predmeti, mazmuni, vazifalari.
2.IIGning asosiy ilmiy-nazariy va amaliy asoslari, tushunchalari va ularning mohiyati.


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya, Markaziy Osiyo iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi, umumgeografik qonuniyatlar, ishlab chiqarish kuchlari, fanning predmeti va ob’ekti, tamoyillari, tadqiqot usullari, zamon, makon, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari, nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari.


1-asosiy savol bayoni: Markaziy Osiyo iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi (MOIIG) ijtimoiy fanlar tizimiga kiradi. MOIIG ning asosiy predmeti bo’lib ma’lum hududlar doirasida mavjud “tabiat-aholi-xo’jalik” tizimi ichida amalga oshayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlar hisoblanadi. Bunda asosiy e’tibor iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy munosabatlarni hududiy tarkibini shakllanish qonuniyatlari va rivojlanish sharoitlari, ishlab chiqarish kuchlarining turli xil hududiy tizimlari, ularning rivojlanishi, faoliyat yuritishi hamda boshqarilishi masalalari ham fanning tadqiqot predmetini tashkil etadi.
MOIIG ning asosiy mazmunini ishlab chiqarish kuchlarini tarmoqlar va tarmoqlararo miqyoslarda (vertikal va gorizontal yo’nalishdagi), zamon va makon doirasida o’zaro aloqador komponentlardan iborat kompleks sifatida o’rganish tashkil qiladi. Bunda hudud aholisi, sanoati, qishloq xo’jaligi va trasport majmualari, hududiy ishlab chiqarish komplekslari va iqtisodiy rayonlar asosiy sub’ektlar hisoblanadi.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya boshqa fanlar bilan aloqador. Aloqadorlik xususan tabiiy geografiya, geologiya, gidrologiya, topografiya va kartografiya, falsafa, iqtisodiyot nazariyasi, tarix, matematika kabilar bilan nihoyatda yaqinligi bilan ajralib to’radi. Munosabatlar yutuqlar va ma’lumotlardan o’zaro foydalanish borasida va boshqa yo’nalishlarda o’zining ifodasini topadi.
MOIIG o’z predmetini tadqiq qilishda dunyoni o’rganishning falsafiy asoslariga suyanadi, kartografik, tizimli-taqqoslash, statistik, tarixiy, ekspeditsiya, matematik analitik uslublardan foydalanadi. IIG joylardagi aniq (konkret) holatni birlamchi ma’lumotlar asosida o’rganish, sotsiologik-so’rov uslublaridan foydalanish ham muhimdir.
MOIIG fan holida shakllanishi va rivojlanishning tarixiy bosqichlarini hisobga olish muhimdir. Bunda turli tarixiy davrlarda ilm-fan, qolaversa jamiyat taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan Markaziy Osiyolik olim va mutaffakirlardan Muhammad Xorazmiy (“Aljabr”, “Ziji al-Xorazmiy” asarlari), Ahmad Farg’oniy (“Astranomiyaga kirish”, “Asturlobdan foydalanish haqida”, “Etti iqlimni aniqlash” asarlari), Beruniy (“Hindiston”, “Mineralogiya”, “Ma’sud qonuni” asarlari) kabilarning mintaqa iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini umumbashariy, fanlar silsilasi rivojlanishidagi o’rnini baholash bo’yicha qo’shgan hissalari bebahodir.
Hozirgi davr iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasining nazariy asoslari va tushunchalari, tamoyillarini ishlab chiqarishning hududiy tarkibini shakllanishini tadqiq etishga G’arb, Rossiya va O’zbekistonlik va qo’shni davlatlar geograflari ham katta hissa qo’shganlar.
Mustaqil O’zbekistonning ilmiy-ma’naviy jihatdan har tomonlama kamol topgan iymonli, e’tiqodli fuqarolarini tarbiyalashda Markaziy Osiyo iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasining o’rni betakrordir. Fanni o’rganish orqali Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy-ijtimoiy salohiyati, uning dunyo hamjamiyatida tutgan o’rni va ahamiyati, turli xil hududiy-ishlab chiqarish imkoniyatlari kabilar haqida yoshlarimizga bilim beriladi.
Tayanch tushunchalar: Zamon–tabiiy va iqtisodiy geografik jarayonlarning o’tayotgan vaqt (yil) lar davomida kechishi. Makon – tabiiy va iqtisodiy geografik jarayonlarning ma’lum geografik muhit (jami gidrosfera, litosferaning ustki qismi va atmosferaning qo’yi qatlamlari) doirasida kechishi.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin