Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə5/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

2-asosiy savol bayoni: IIGning asosiy tadqiqot predmeti hisoblanadigan ishlab chiqarish kuchlari hududiy tarkibining (makon va zamon doirasida) rivojlanishida bir qator omillar faol qatnashadilar. Ular tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, texnika kabi omillar bo’lishi mumkin. Omillar jamiyatda ijtimoiy hayot rivojlanishi jarayonida turli sharoitlarda turlicha amaliy ta’sirga egadirlar. Albatta, jamiyat ishlab chiqarishi rivojlanishi o’ziga xos ob’ektiv ijtimoiy tarakqiyot konuniyatlari, tamoyillari asosida amalga oshadi va turli hududiy ishlab chiqarish tizimlari, tarmoqlararo majmualari, o’ziga xos moddiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish tarmoqlari shakllanishi va rivojlanishiga olib keladi.
IIG aslida ijtimoiy fanlar qatoridan o’rin oladi. U bir-birlari bilan o’zaro bog’liq bo’lgan 1) tarixiy, 2) regional, 3) sotsial. 4) ekologik va 5) antropologik yunalishlarga ega. IIGning asosiy tadqiqot uslubi bo’lib turli ob’ektlar, jarayonlar va hodisalarni sintetik (majmuali) o’rganish hisoblanadi. Unda mamlakat va uning region (rayon) larning ijtimoiy-iqtisodiy, geografik, ekologik rivojlanishi jarayonlarini makon va zamon doirasida o’rganiladi.
IIGning asosiy metodologik negizi bo’lib, jamiyatning hududiy tashkil etilishi haqidagi ta’limot hisoblanadi. Jamiyat ijtimoiy hayotini hududiy tashkil etilishi keng qamrovli tushuncha bo’lib, u hududiy (geografik) mehnat taqsimoti natijasida shakllangan ishlab chiqarish majmualari va tizimlari, ularning hududiy joylashishi, regional iqtisodiy-ijtimoiy tafovutlari, shuningdex jamiyat va tabiat o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik kabi masalalarni qamrab oladi. Boshqacha aytganda, insonning ko’p qirrali hayotiy faoliyatini uni o’rab turgan tabiat bilan o’zaro aloqadorlikda o’rganadi.
Bozor iqtisodiyotiga xos yangi ijtimoiy munosabatlar IIGning nazariy asoslari masalalariga ham ta’sir etadi, albatta. Sobiq ittifoq davrida uning nazariy asoslarida ishlab chiqarishni tashkil etishda planlilik va markazdan boshqarish bosh masala hisoblangan bo’lsa, yangi bozor munosabatlari shakllanayotgan davrda ishlab chiqarishda erkin tadbirkorlik va raqobat asosiy jihat hisoblanadi.
Markaziy Osiyo davlatlarining muvaffaqiyatli ravishda bozor munosabatlariga o’tish bosqichini o’z boshidan kechirayotganligiga 23 yil bo’ldi. Ularning iqtisodiy hayotida mulkchilikning turli shakllari asosida ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning yangi davri boshlandi. Ishlab chiqarish kuchlari faoliyatini boshqarishning huquqiy-me’yoriy xo’jjatlari barpo etilmoqda.
Barcha ishlab chiqarish tarmoqlari va ularning korxonalari joylarda o’ziga xos tamoyillar va omillar (IGO’, xom ashyo, elektroenergiya, ishchi kuchi kabi) ta’siri natijasida joylashtirilmoqda. Geografik mehnat taqsimoti aslida jahon miqyosida (yirik regionlar va davlatlararo), davlat ichida (rayonlararo) mavjud bo’ladi. Geografik mehnat taqsimoti ayrim mamlakatlar, ularni hududlarining muayyan mahsulot turlarini ishlab chiqarishga, muayyan xizmatlarni bajarishga ixtisoslashishi va ularni bozorlarga chiqarishga olib keladi.
Markaziy Osiyo mintaqasi malum darajada tarixiy davrlar davomida u yoki bu turdagi tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash borasida o’ziga xos geografik mehnat taqsimoti qatnashchisi bo’lib kelgan. Bozor iqtisodiyotiga o’tgan hozirgi davrda bu jarayon yanada rivojlanmoqda, takomillashmoqda.
Tayanch tushunchalar: Moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari – mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bevosita aloqador xo’jalik tarmoqlari–sanoat, qishloq xo’jaligi, hududlararo aloqalarni amalga oshirishda qatnashadigan transport hamda qurilish, aloqa va boshqalar. Nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlar–jamiyatning ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishda xizmat qiladigan (maorif, fan, sog’liqni saqlash, san’at, sport, turizm va turli xizmat doirasi) tarmoqlaridir.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin