Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi


-mavzu: Markaziy Osiyoning geografik o’rni



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə9/93
tarix07.01.2024
ölçüsü1,33 Mb.
#210206
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFYA (Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi) fanidan o’quv-uslubiy majmua

3-mavzu: Markaziy Osiyoning geografik o’rni
Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar:
1. Markaziy Osiyoning tabiiy va iqtisodiy geografik o’rni, chegaralari.
2.Markaziy Osiyoning tabiiy sharoiti va resurslariga baho.
3.Dunyo siyosiy kartasida Markaziy Osiyo mamlakatlarining o’rni.


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Geografik o’rni (tabiiy va iqtisodiy geografik) tabiiy sharoit, tabiiy resurslari, tabiiy-geografik o’lka, siyosiy–ma’muriy chegara, chegara uzunligi, tabiiy sharoitiga va tabiiy resurslariga baho berish, berk havza, hudud, region, tektonik harakat, geologik tuzilish, siyosiy karta.


1-asosiy savol bayoni: Markaziy Osiyo mamlakatlari hududining asosiy qismi (Qozog’iston Respublikasining ma’lum qismidan tashqari) O’rat Osiyo tabiiy–geografik o’lkasida joylashgan. Yuqorida aytilganidek, Markaziy Osiyo siyosiy- ma’muriy tushunchasi tabiiy – geografik tushuncha emas. Uning maydoni 3994.4 ming kv km. O’rta Osiyo tabiiy geografik o’lkasining umumiy maydoni esa -3300,0 ming kv. km atrofida (Hasanov I.A., G’ulomov P.N.T-2002) Markaziy Osiyo 5 ta Mustaqil Respublikalarni o’z ichiga olgan bo’lib , shimolda Rossiya Federatsiyasi, sharqda Xitoy, janubda Afg’oniston va Eron, g’arbda Kasbiy dengizi bilan chegaradosh.
Respublikalarning umumiy o’xshashligi tabiiy geografik joylashuvida, tabiiy sharoit va resursllardan foydalanishda, tarixiy kelib chiqishda, aksariyat turkiy xalqlarning tarqalganligi, xo’jalikni tashkil qilish, joylashtirish va rivojlantirish xususiyatlarida va boshqalarda o’z mazmunini topgan. Markaziy Osiyo hududining shimoliy, sharqiy, janubiy va g’arbiy chegaralari iqtisodiy geografik jihatdan Mustaqil Respublikalarning ma’muriy chegaralari doirasida ko’riladi. G’arbda chegarani umumiy uzunligi 2600 km bo’lsa, shundan 900 km, Kaspiy dengizi qirg’oqlariga to’g’ri keladi.
O’rta Osiyo tabiiy – geografik o’lkasi nuqtai nazardan qaralganda o’lkaning shimoliy chegarasi Orol-Irtish suvayrg’ichidan o’tadi. Chegara g’arbda Ozerney qishlog’idan (510 shimoliy kenglik, 610 sharqiy uzunligi ) sharqda Tarbog’atay tizmasining sharqiy qismiga Joyir tog’iga (470 shimoliy kenglik, 850 sharqiy uzunlik) borib taqaladi. O’lkaning sharqiy chegarasi Pomir, Tyanshan, Jung’oriya Olatovi va Torbog’atay tizmalari suvayrg’ichlari orqali o’tadi. Bu chegara Kaspiy Orol– Balxash berk havzasi chegaralariga to’g’ri keladi. Tabiiy geografik jihatidan O’lkaning sharqiy chegarasi Savr, Sharqiy Jung’oriya, Jung’oriya, Boroxoro, Iren-Xabirga, Qarat, Xoliqtog’ tizmalari suvayrg’ichi, Xontangri tog’ tuguni, Ko’kshag’al, Otboshi tizmalari suvayrg’ichi orqali o’tib , Farg’ona tizmasiga tutashadi, so’ngra Oloyning sharqiy qismi va Sariko’l tizmasi suvayrg’ichi bo’ylab o’tib Hindiqush tog’lariga tutashadi. O’lkaning janubiy chegarasi Mustog’dan (Shing-Shal dovonidan 4832 metrdan) boshlanib, sharqdan g’arbga Hindiqush, Safetko’x, Nishopur tizmalari suvayrg’ichlari bo’ylab o’tib Elburus tog’i orqali Kaspiy dengizining janubiy- sharqiy chekka sohiliga kelib tutashadi. (Hasanov I.A, G’ulomov P.N T-2002- yil).
Geografik o’rning o’ziga xos xususiyatlariga: uning ulkan Evrosiyo materigining o’rtasida joylashganligi uzoq geologik rivojlanish davomida tabiiy hududiy hosila tarzida shakllanganligi, dunyo okeanidan ancha uzoqda ekanligi Evrosiyodagi eng katta hududni egallagan berk xavzaning bir qismi bo’lganligi er yuzasi tuzulishining o’ziga xosligi, o’lkada gorizontal tabiat zonalari va vertikal balandlik mintaqalarining aniq shakllanganligi qadimgi va yosh tog’larning bo’lishligi tabiiy va ijtimoiy geografik hodisa va jarayonlarning murakkabligi berk havzaga xos bo’lgan xususiyat va ijtimoiy ekologik muommolarining yuzaga kelganligini misol tariqasida ko’rsatish mumkin. Bu o’lka shuningdek jahon ma’daniyati va manaviyatini rivojlantirishda asosiy o’rinni egallagan buyuk alloma mutaffakirlar vatani hisoblanadi.
Bu hudud vatanparvar millatparvar, mehnatsevar, mehmondo’st, iymonli, e’tiqodli xalqlar o’lkasidir. Shuning uchun ham istiqlol tufayli mustaqillikni qo’lga kiritgan davlatlar dastlabki yillardayoq jahon bozoriga olib chiqadigan transport yo’llarini ochishga harakat qilmoqdalar. Eron orqali Fors qo’ltig’iiga va Hind okeaniga Kaspiy dengizi va Kavkaz orqali Evropaga, Xitoy orqali Tinch okean qirg’oqlaridagi davlatlarga etkazuvchi temir va avtomobil yo’llarini qurishda va yana tashkil qilishda qatnashdilar. Har bir mustaqil Respublika havo yo’llari orqali xorijiy davlatlar bilan bog’landi.
Markaziy Osiyo regionida tog’lar va tekisliklar bir tekisda joylashmagan. Janubiy, shimoliy-sharqini tog’lar egallagan. Ular o’lka umumiy maydonining 20% ni tashkil etadi. Ulardan g’arbda, shimoliy- g’arbda va shimolda o’lka umumiy maydonining 80% ni ishg’ol etgan past tekislik, plato va qirlar mavjud. O’lkaning asosiy qismi mo’’tadil subtropik iqlim mintaqalarida joylashgan. Shuningdek o’lkada asosan cho’l, chala cho’l, voha va tog’ landshaftlari ko’pchilikni tashkil etadi. Qisman dasht landshafti mavjud.
O’lkaning geologik tuzilishi murakkab bo’lib, bu hududda proterozoy erasidan to to’rtlamchi davrgacha hosil bo’lgan cho’kindi magmatik va metomorfik tog’ jinslari tarqalgan. O’lkaning tektonik tuzulishi ham o’ziga xos bo’lib, er qobig’ining qalinligi va er yuzasining tuzulishiga qarab Markaziy Osiyo hududida ikkita tektonik o’lka ajratilgan. Bular: Tyanshan orogen o’lkasi va Turon plitasidir.
Tektonik harakatlar natijasi kuchli zilzilalar bo’lib turadi. 8-10 balli (Rixter shkalasi bo’yicha ) zilzilalar zonasi janubiy Tyanshan, Pomir, Hindiqush, Kopetdog’ hududlaridir. 9-10, balli zilzilalar 1911- yil. Olmaota (Verniy), 1984-yil. Ashgabatda, 1902-yil Andijonda Qashqarda, 1825- yil Krasnavodskda, 1992yil To’xtagulda kuzatilgan. 7-8 balli zilzilalar Toshkentda 1966-yil, Tovoqsoyda 1977- yil , Nazarbekda 1988-yil va boshqa joylarda ham bo’lgan.
Markaziy Osiyo regioning hozirgi rel’efi davom etgan tashqi va ichki jarayonlar bilan bog’liq. Neogen va to’rtlamchi davrlarda tog’ va tekisliklarning hozirgi rel’efi shakllanib bo’lgan. Tog’lar asosan denudatsiya, tekisliklar esa akkumuliatsiya jarayonlari natijasida hozirgi ko’rinishni olgan.

Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin