Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob


ILM-FAN HAMDA DIN: XUDONI TANISHNING IKKI XIL YOLI



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

ILM-FAN HAMDA DIN: XUDONI TANISHNING IKKI XIL YOLI 
Maks Plank butun umri davomida chuqur diniy e‟tiqodli, Xudoga ishongan shaxs 
sifatida yashab o„tdi. Umrining so„nggi yillarida uning e‟tiqodi yanda kuchaygan. Olim 
o„zining ilm-fan hamda dinga nisbatan qarashlarini, 1937 yilda chop etilgan «
Din va 
fan
» nomli risolasida bayon qilgan edi. Bu risola Plankning o„sha yil may oyida 
o„qigan ma‟ruzalarining nashr varianti bo„lib, omma orasida katta shuhrat qozondi.
Plankning tasavvuricha, ilm-fan hamda din aslida ko„pchilik tushunadiganidek – 
bir-biridan alohida, boshqa-boshqa tushunchalar emas: Aksariyat ateist kishilar da‟vo 
qiladigandek, ilm-fan hamda din o„zaro teskari, zid narsalar ham emas. Balki din va fan 
bir-birini to„ldiradigan, uyg„un ne‟matlardir. Olim shunday e‟tiqodni bayon qiladi: 
Din 
- ateistlar aytgandek, uydirma, to„qib chiqarilgan narsa emas, balki, haqiqatan ham 
Oliy ilohiy tushunchadir; ayrim dindor peshvolar da‟vo qilganidek – fan ham uydirma, 
dindan yiroq narsa emas. Ilm-fan ham insonni Yaratganga yaqinlashtiradi: ilm, aqliy 
tajriba hamda tafakkur mahsuli o„laroq, inson qarshisida borgan sari olam sirlari
tabiat qonunlari ochila boradi. Inson borgan sari Yaratganning kuch-qudratini anglab, 
fahmlab yetadi. Davrimiz ilm-fani tabiatning ko„plab ajoyib sir-asrorlarini kashf qilib 
bergan bir zamonda, bunday fikrlash johillikdan o„zga narsa emas
.
DIN VA AXLOQ AYRO BO‘LA OLADIMI?
 
 
Plankning fikricha, ateizm, ya'ni, dinsizilik yanada xatarliroqdir. Bu o„rinda Plank 
dinni insoniy axloq me‟yorlari bilan uzviylikda tasavvur qiladi: «
Dinsiz odamning 
axloqan sog„lom bo„lishi ham mumkin emas»
. U shunday yozadi: «
Ateizmning 
g„alabasi, nafaqat insoniyat tamaddunining eng nodir javohirlarini barbod qiladi
undan ham battari, ateizm – yorqin kelajakka bo„lgan umidni ham o„ldiradi. Turli xil 
dinlarga e‟tiqod qiluvchi odamlarning Xudolari ham boshqa-boshqa emas. Yaratgan 
Xudo bitta. Faqat uni barcha millat va madaniyatlar o„z holatidan kelib chiqib idrok 
etishadi. Farq shunga ko„ra xolos. Din – insonni kamolotga eltuvchi omildir va u ham 
tarixan rivojlanib, mukammallashib boradi. Lekin bu degani dinga nisbatan bepisand 
munosabatda bo„lish mumkin degani emas. Chunki qachonlardir mavjud bo„lgan din, 
o„sha zamon jamiyatining ahvoliga mos bo„lgan. Bugungi din bugungi jamiyat uchun 
mosdir. Ko„pchilikni miyasiga bir marta bo„lsa ham keladigan an‟anaviy savol bor: 
«Xudo haqiqatan ham bormi yoki, u odam tasavvuridagi narsa xolosmi? Barcha 
tafakkur, aql va e‟tiqod o„limdan keyin intiho topadimi?» – bunday savolning yagona 
javobini faqat din bera oladi
».

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin