Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob


IXTIYOR ERKI BILAN TAJRIBALAR



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

 
IXTIYOR ERKI BILAN TAJRIBALAR 
San-Fransiskodagi Kaliforniya institutining nufuzli neyrofiziolog olim Benjamin 
Libet (1916-2007) o„tkazgan mashhur tajribada shunday hatti-harakat tekshiriladi: 
tajriba obyekti bo„lishga rozilik bergan ko„ngilli shaxsga o„zi istagan vaqtda biror qo„l 
harakatini bajarishni, masalan tugmani bosishni so„raydi va aynan o„sha onda, ya'ni, 
ko„ngilli odam, o„zi istab tugmani bosayotgan lahzadagi ensefalogrammani oladi. Libet 
va uning ilmiy jamoasi tajriba davomida shuni aniqlashdiki, qo„l harakatini amalga 
oshirishga buyruq beruvchi siganl – miyaning motorika po„stlog„iga neyron 
signallarining uzatilishi, kishining ongli ravishda hatti-harakat boshlashidan oldinroq 
sodir bo„lar ekan. Boshqacha aytganda, Libet tajriba o„tkazgan kishida, tugmani bosish 
haqidagi qaror avvaliga ongli ravishda qabul qilinmagan, aksincha, tugma bosib 
bo„lingach, yoki u bosilayotgan vaqtdagina ong qaror qabul qilinganini fahmlab yetgan. 
Libet tajribasi turli texnik vositalarni qo„llash orqali, hamda boshlang„ich shartlarni 
keskin o„zgartirishlar bilan qayta-qayta turli talqinlarda takrorlab ko„rilgan. Masalan, 
ko„ngillilarga, qo„l harakati bilan ikkita buyumdan birini tanlash, ko„z harakati, ya'ni, 
nigoh bilan ekrandagi obyektga nazar tashlahs kabilar taklif etilgan. Natijada Libet 
boshliq olimlar guruhi shu xulosaga kelishdiki – ixtiyor erki degan narsa aslida o„z-
o„zini aldashdan, ya'ni, illyuziyadan boshqa narsa emas. Biz harakatlarni ongli ravishda 
bajaramiz deb o„ylaymiz xolos, aslida harakatlarimiz o„z ongimiz ilg„amaydigan, lekin 
uni o„zini ham boshqaradigan jarayonlar tomonidan boshqariladi. 
Ayrim neyrofiziologik tajribalar shunga ishora bermoqdaki, ixtiyor erki aslida puch 
tushuncha bo„lib, illyuziyadan o„zga narsa emas. Agar bu nuqtai-nazarga ishonadigan 
bo„lsak, demak odam juda murakkab avtomatlar turiga mansub ekan, taasuki, 
avtomat... Lekin, neyronlar faoliyatidagi fizik va kimyoviy fluktuatsiyalar juda turli 
tuman elementlar yuzaga keltirishini e‟tiborga olsak, hamda, deterministika 
dinamikasining o„zi ham xaotik bo„lishi mumkinligiga diqqat qilsak, bizning hatti-


139 
harakatlarimizni va qabul qilayotgan qarorlarimizni avvaldan tayin qilingan deb 
aytish mushkul bo„lib qoladi. Agar bunday masalalar dengizini har tomonga kezib 
chiqsak, oqibatda shunday xulosa yuzaga chiqib qoladiki, insonda na ixtiyor ham yoq 
va na hech narsa oldindan belgilanmagan ham.
Bunday xulosalar Plankni quvontirmagan bo„lardi. Fizikaning mumtoz 
determinizmdan zamonaviy indeterminizmgacha bosib o„tgan paradoksal yo„li 
timsolida tanganing tarigi tarafini ham qarash joiz: unda bilogiya va psixologiyada 
keng rivojlanayotgan va ajoyib natijalar berayotgan determinizmni ko„ramiz. Balki 
biz yaqin yoki uzoq kelajakda mazkur ikki tendensiyaning o„zaro birlashishini 
ko„rarmiz. Shubhasizki, yaqin yillar ichida ilm-fan bu borada ham yangida-yangi 
qiziq kashfiyotlar bilan bizni xursand etadi. 
II-jahon urushi yillari Plank va uning oilasi uchun juda qiyin kechdi. Biz uning o„g„li 
Ervin Plankni natsistlar qatl etishgani haqida yuqorida ham yozdik. Bunga qadar, 
aniqrog„i 1944 yilning 15-fevral sanasida Maks Plankning Berlindagi uyi 
bombardimon qilingan b o„lib, natijada olim boshpanasiz qoldi. Bu shunchaki 
yashash joyidan mosuvo bo„lishgina emas, balki ulkan ilmiy musibat ham edi. 
Chunki o„sha bombardimon natijasida Maks Plankning barcha kitoblari, qo„lyozma 
ilmiy ishlari, yozishmalari, qaydlari, tajriba natijalari bayon qilingan shaxsiy arxivi, 
qo„yingki, olim uchun qadrli bo„lgan ulkan xazinaning ham kuli ko„kka sovurildi. 
Plank sal avvalroq, 1943 yil bahorida Berlindan g„arbda joylashgan kichikkina 
Rogets shaharchasidan ham boshpana topib qo„ygandi. Lekin sharqdan tobora 
yaqinlashib kelayotgan sovet armiyasi hamda, gardbdan kelayotgan ittifoqchi 
qo„shinlarning jdala harbiy harakatlari natijasida Rogets ham tinch shaharcha 
maqomidan bir zumda mosuvo bo„ldi va jang maydoniga aylandi. Plank xotini Marga 
bilan o„rmonga qochib yashirinishga va bostirma chaylada jon saqlashga majbur 
bo„ldi. Ustiga ustak, ancha qarib, yoshi bir joyga borib qolgan olim, bel sohasidagi 
chidab bo„lmas og„riqlardan azob chekardi. Ittifoqchi qo„shinlar Rogets hududini va 
Plank yashiringan o„rmonni ham egallashgach, Gyottingen universiteti eksperimental 
fizika professori Robert Pol (1884-1976) bir amallab Plank bilan aloqa o„rnatadi va 
uni Gyottingenga, o„z jiyanining xonadoniga ko„chib o„tishiga ko„maklashadi.
1946 yil iyulida Maks Plank Qirollik Jamiyatining taklifi bilan Londonda 
mehmon bo„ladi va Isaak Nyuton tavalludining 300 yillik tantanalarida ishtirok etadi. 
Plankning mazkur tantanada juda iliq kutib olishadi va hurmat-izzatini joy-joyiga 
qo„yishadi. Aynan ushbu marosim vaqtida, urushda g„olib chiqqan davlatlar 
tomonidan qabul qilinishi kerak bo„lgan muhim qaror muhokama qilinadi: 
Kayzer Vilgelm Jamiyati taqdiri nima bo„ladi? 


140 
Maks Plank ikkinchi 
xotini Marga fon 
Xyosslin bilan birga. 
1946 yilga taaluqli 
fotosurat.
Qonli va fojiali urush 
tugagach, Maks Plank 
olmon ilm-fanini 
qaytadan oyoqqa 
turg‘azish uchun 
jiddi-jahd qilib, 
harakat qila boshladi. 
Uning sa’y-
harakatlari evaziga 
Kayzer Vilgelm 
Jamiyati urushdan 
keyin tubdan isloh 
qilindi qayta 
tashkillanib, yangi 
ilmiy jamiyatga 
aylantirildi. Bugungi 
kunda ham jahonning 
eng nufuzli ilmiy 
jamiyatlaridan biri 
sanaluvchi ushbu 
ilmiy muassasa 
kitobimiz qahramoni 
nomi bilan, ya'ni, 
Maks Plank Jamiyati 
deb nomlanadi! 


141 
Kazyer Vilgelm Jamiyati 1911 yilda tuzilgan bo„lib, bir necha ilmiy 
muassasalarni davlat rahnamoligi ostida birlashtirishni maqsad qilgan edi. 
Jamiyatning ilk raisi Adolf fon Garnak bo„lib, uning o„rniga keyinchalik 
qahramonimiz Maks Plank tayinlangan edi. Plank ham iste‟fod bergandan so„ng, 
jamiyat raisligi Karl Bosh qo„l ostiga o„tgan. Urush yillaridan esa mazkur jamiyatga 
Albert Volger ismli olim rahbarlik qilgan bo„lib, lekin u 1945 yil aprelida, ya'ni 
fashistlar Germaniyasining taqdiri uzil-kesil hal bo„lib, Germaniyaning so„zsiz 
kapitulyatsiyasi tez orada albatta sodir bo„ladigan qochib qutilib bo„lmas haqiqat 
sifatida oydilnalshib qolgach, o„z joniga qasd qildi. U shunchaki asrga tushishni 
istamagan bo„lsa kerak. Shu tarzda, urush yakuniga ko„ra, Kayzer Vilgelm 
Jamiyatining aksar a‟zolari halok bo„lishgan, institut binolari vayron qilingan va 
avvalgi ilmiy salohiyatdan asar ham qolmagan edi. Ittifoqchi qo„shinlar nazorati 
ostida bo„lgan hududlarda, masalan, fransuz va ingliz armiyalari nazorati ostidagi 
yerlarda Jamiyat a‟zolariga ilmiy faoliyatni davom ettirishga ruxsat berishdi. Lekin 
amerikaliklar bunday imtiyoz berishga konishmadi. Chunki AQSH mansabdorlari 
nemis olimlariga natsistlarning ta‟siri allaqachon singib ketgan va ularda millatchilik 
o„chog„i mavjud deb qarashardi. Shunday bir parokanda sharoitda, 1945 yilning may 
oyida, allaqachon 87 yoshni urib qo„ygan Maks Plank yana mazkur jamiyat raisligini 
o„z zimmasiga olsihga majbur bo„ldi. Qayta tiklash va bunyodkorlik ishlarining tamal 
toshini qo„yib, kelajak taraqqiyot uchun izchil ilmiy yo„nalishlarni belgilab bergan 
Plank, 1946 yil aprelida o„z lavozimini ishongan shogirdlaridan biriga – uranning 
parchalanishini kashf etgan olimlardan bo„lmish Otto Ganga bo„shatib berdi. 
Plankning o„z vatani ilm-fani taraqqiyoti uchun ko„rsatgan so„nggi va ehtimolki eng 
katta xizmati shu bo„ldiki, u ittifoqchi qo„shinlar, ya'ni, Germaniyani g„arbdan 
ishg„ol qilib kelgan davlatlar – Angliya, Fransiya hamda AQSH hukumatlari bilan 
muzokaralar olib borib, ular ixtiyoridagi egallangan hududlarda sobiq Kayzer 
Vilgelm Jamiyatining avvalgidek, yaxlit bir-butun muassasa tarzida faoliyat 
ko„rsatishi, boshlangan va rejalashtirilgan ilmiy tadqiqotlarning davom ettirilishi 
uchun ruxsat olib berdi. Bu muzokara oson bo„lmagani aniq. Zero, egallangan 
hududlarda o„z hokimiyatini o„rnatgan g„olib taraflar odatda yengilgan taraf so„ragan 
har qanday shartlarni inkor etishadi, yoki, hatto muzokara ham o„tkazishmaydi. 
Ayniqsa, harbiy amaldorlar ichida ilm-fan bilan bog„liq qadriyatlarni unchalik ham 
pisand qilmaslik holati mavjud va bu narsa ishg„ol qilingan mamlakat kishilariga 
nisbatan ikki karra terslik bilan namoyon bo„ladi. Bu o„rinda shubhasizki, Maks 
Plankning nafaqat olmon xalqi, yoki Germaniya davlati, balki butun dunyo ilm-fani 
oldidagi ko„rsatgan buyuk xizmatlari, beqiyos ilmiy nufizi katta o„rin tutgan bo„lsa 
ehtimol. Har holda Plank, falokatga uchragan va tiklab bo„lmas talofotlar ko„rgan 
olmon ilmiy jamiyati va akademik muhitini qayta oyoqqa turg„azish uchun, qo„lidan 
kelgan va kelmagan hamma narsaga tayyor edi va u butun vujudi bilan shunga qattiq 
urindi... 


142 
Germaniyaning taslim bo„lishi yana bir jiddiy o„zgarishni keltirib chiqardi. 
Maks Plank raislik qilgan va endilikda Otto Gan rahbarligida faoliyat ko„rsatayotgan 
Kayzer Vilgelm Jamiyatiga yangi nom berish zarur edi. Chunki bu nom 
Germaniyaning istilochilik siyosati debochasi bo„lmish Kayzer nomi bilan bog„liq 
bo„lib, g„olib davlatlar hukumatlarnini bu narsa umuman qanoatlantirmas edi.
Bunday sharoitda hamma uchun eng maqbul va to„g„ri variant aynan Maks Plank 
nomi bo„lib chiqdi. Harholda Maks Plank butun urush davomida Germaniyada qolib 
yashagan bo„lsa hamki, lekin bu uning natsistlar rejimini ma‟qullaganini anglatmasdi. 
Harholda uning fashistlar bilan hamkorlik qilgani, yoki, hech bo„lmasa ularga 
xayrixoh bo„lgani haqida ham biror tayinli ma‟lumot bo„lmagan. Qolaversa, uning 
suyukli o„g„lini fashistlar qatl etishgani, olimni o„zi esa bir necha yil ta‟qibda 
bo„lgani ma‟lum. Shu tarzda, 1946 yilning 11-sentaybr sanasida, buyuk olim, tengsiz 
ustoz-fizik, sahiy homiy, kuchli rahbar, bir so„z bilan aytganda, XX asr olmon ilm-
fanining haqiqiy rahnamosi Maks Plank nomi bilan, tubdan isloh qilingan, mutlaqo 
yangi taribdagi ilmiy jamiyat – Maks Plank Jamiyati qaror topdi. Avvaliga uning 
faoliyati G„arbiy Germaniyadagi faqat ingliz hududida yuritilishiga ruxsat berishdi. 
Lekin 1949 iyiliga kelib, g„arbiy hududning har uchala qismida Maks Plank Jamiyati 
faoliyati qonuniylashtirildi va to„liq ko„lamda ishlay boshladi. Maks Plank 
Jamiyatining raisi sifatida, aytib o„tganimizdek Otto Gan ish boshladi. Plankning bir 
umrlik yaqin do„sti va iste‟dodli shogirdi Maks fon Laue, ustozi nomi bilan ataluvchi 
mazkur nufuzli ilmiy muassasaning bosh ilmiy kotibi lavozimini egalladi. Verner 
Gezyenberg esa Maks Plank nomli Fizika Institutiga rahbarlikka tayinlandi. Shu 
tarzda aytish mumkinki, buyuk olim Karl Lyudvig Maks Plank olmon xalqining eng 
qora kunlarida ham unig eng nodir javohirlari bo„lmish ilmiy yutuqlarini va olimlarini 
asrab qolishga ko„rsatgan jonbozligi uchun ikki karra mukofotlandi. U o„zi orzu 
qilgan barcha ilmiy faoliyatni joy-joyiga qo„yib, ko„ngli tinchigach, 1947 yilning 4-
oktyabr sanasida insultga duchor bo„ldi va Gyottingen kasalxonasida vafot etdi... 
XI-asr oxirida Sid Kampeador nomi bilan mashhur bo„lgan Kastiliyalik ritsar Rodrigo 
Dias de Vivar arablardan Valensiyani tortib oldi va bu hududning hukmdoriga 
aylandi. Lekin Sidning o„limidan keyin al-Moraviy qo„shinlari Valensiyani yana 
qaytarib olishdi. Afsonalarga ko„ra, yengilayotgan Valensiya qo„shinlari, endilikda 
marhum ritsar Sidning jasadini otga o„tqazib jang maydoni yaqinida choptirib 
yetaklashgan ekan. Bu o„ziga xos harbiy hiyla bo„lib, arablar o„zlarini bir necha bor 
yenggan shavkatli ritsarning otga mingan jasadini uzoqdan o„lik ekanligini ham 
bilmasdan uni trik deb o„ylashgan va o„z armiyasini boshqarmoqda deb gumon qilib, 
undan qo„rqib qocha boshlagan ekanlar.


143 
Maks Plank hayoti va ijodini o„rganish bo„yicha yetuk mutaxassis bo„lgan 
olmon tarixchisi Diter Xoffmanning qayd etishicha, olimning o„limidan so„ng, sovuq 
urush yillarida u bilan ham shunga o„xshash hodisa ro„y bergan ekan. Plank vafot 
etganidan 10 yil o„tib, u o„z umri davimida qattiq turib himoya qiligan va rivoji 
uchun mislsiz fidokorlik bilan xizmat ko„rsatgan jabha – olmon ilm-fani uchun yana 
bir bora kurashga kirishishida to„g„ri keldi. 1958 yilning aprelida Plank tavalludiga 
yuz yil to„ldi. Lekin bu paytda uning vatani Germaniya ikkiga bo„linib ketgan edi. 
Ta‟bir joiz bo„lsa bu ikki Germaniya dunyoning geosiyosiy manfaatlari to„qnashgan 
ikkita qo„shni va qarama-qarshi davlatga aylandi. G„arbda, urushda Germaniyani 
mag„lub etgan ittifoqchi qo„shinlar (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya) ta‟siri 
ostidagi Germaniya Federativ Respublikasi bo„lib, uning hududida AQSh davlatiga 
tegishli ko„p sonli harbiy bazalar joylashtirilgan. Sharqda esa, urushda fashistlar 
Germaniyansini yenggan asosiy davlat Sovet Ittifoqi ta‟siri ostidagi Germaniya 
Demokratik Respublikasi bo„lib, bu davlat hududida SSSRning ko„p sonli harbiy 
bazalari mavjud bo'lgan. G„arbiy Germaniyada kapitalistik tuzum, Sharqiy 
Germaniyada esa kommunistik tuzum qaror topdi. 1958 yilda Brlin devori hali barpo 
qilinmagan bo„lib, lekin kommunistik Germaniyadagi Birlashgan sotsialistik partiya 
korchalonlari, sharqda yashayotgan olmon xalqini taqdirini allaqachon hal qilib 
bo„lishgandi. Bu partiya o„zi hukmronlik qilayotgan nemis yerlarida hamma narsani, 
mutlaq idora qilishni iddao qilardi.
Olmon ilm-fani ham ikki qismga bo„lindi. XX asr birinchi yarmida nafaqat 
Germaniya yoki, Yevropada, balki butun dunyoda eng yetakchi sanalgan olimlar 
aynan Germaniyada istiqomat qilishardi. Aytish mumkinki, XX asr birinchi yarmi 
jahon ilm-fanining qonunchilari aynan olmon olimlari bo„lishgan. Davlat ikkiga 
bo„lingach, avval juda yaqin ilmiy hamkorlik olib borgan olimlar ham chegaraning 
ikki tarafida qolib ketishdi. Xususan g„arbiy Germaniyada Verner Geyzenberg, Maks 
fon Laue, Otto Gan kabilar qolib ketishdi. Sharqdan esa masalan Gustav Gers qolgan 
edi. Ularning to„rttalovi ham o„z vaqtida Nobel mukofotiga sazovor bo„lgan kuchli 
mutaxassislar bo„lib, barchasi Maks Plank bilan yaqin do„st va ishonchli hamkasb 
bo„lishgan. Ayniqsa fon Laue Plankni o„z ustozi sifatida qattiq hurmat qilardi. 
1957 yil bahorida Maks fon Laue ustozining 100 yillik tavallud ayyomini 
nishonlash maqsadida tantanalar o„tkazishni rejalashtirdi va sharqda qolib ketgan 
sobiq hamkasblari bilan aloqalar o„rnatishga kirishdi. U har ikkala Germaniya 
olimlari o„rtasida uzviy va mustahkam ilmiy aloqalar o„rnatilishini istardi. Faqat bitta 
xavotirli holat bo„lib – ilmiy tantanalarga siyosat aralashib qolishi, ya'ni, vaziyatga 
siyosiy tus berish orqali undan o„z maqsadi yo„lida foydalanishga urinuvchilar paydo 
bo„lishi ehtimoli katta edi.
Maks fon Laue Sharqiy Germaniya Fizika jamiyati raisi Robert Rompe (1905-
1993) bilan aloqa o„rnatishga erishdi. Rompe ham sotsialistik partiya a‟zosi bo„lib, 


144 
kommunistik partiyaning markaziy ijroiya qo„mitasi tarkibiga kirardi. Ular avvaliga 
tantanalarni faqat ilmiy ruhda, faqat ilmiy anjuman va marosimlar bilan o„tkazishga 
kelishib olishdi. Kelishuvga ko„ra, avvaliga tantanalar sharqiy Berlinda o„tkazilib, 
unda Maks fon Laue nutq bilan chiqish qilishi, keyin esa marosim ertasiga g„arbiy 
Berlinda davom ettirilishi bilan, u yerda Gustav Gers tantanali nutq so„zlashi 
belgilandi. Har ikki tarafdagi tantalarga har ikki Germaniyaning eng nufuzlik fizik 
olimlari taklif etilishdi. Shuhningdek urushdan Germaniya ilm-fani uchun ulkan 
xizmatlar ko„rsatgan va hozirda chet ellarda boshpana topgan olimlarni ham 
chaqirishdi. Xususan Stokogolmdan Liza Meytner yetib kelishi kutilgandi. 
Lekin vaqt o„tib borardi. Sharqiy Germaniya hukumati esa bir qarorga 
kelishga shoshilmasdan, javobni paysalga solib kelaverdi. Vanihoyat partiya 
tantanalarni o„tkazishga ruxsat berdi, lekin baribir mazkur marosimga siyosiy tus 
berishga, undan o„z g„oyalari targ„iboti uchun foydalanishga urina boshladi. Buni 
ilmiy jamiyatlar namoyondalarining nemis kommunistik partiyasi korchalonlari bilan 
o„tkazgan uchrashuvlari qaydnomalaridan ham bilib olishimiz mumkin: 
«

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin