Maks Plank. Kvant nazariyasi. Mikrodunyodagi inqilob



Yüklə 3,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/79
tarix26.12.2023
ölçüsü3,93 Mb.
#197780
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Plank. Mikrodunyodagi inqilob

FANNING AHAMIYATI. 
Plank shunday savolni o„rtaga tashlaydi: 
Din va fan o„zaro uyg„unmi
? Savolga 
olimning o„zi aniq-tiniq javob beradi: - 
Ha uyg„un, ular bir-butun
! Plankning e‟tirof 
etishicha, dinning ham, ilm-fanning ham asl maqsadi aslida bitta – Oliy Haqni tanish. 
O„z mulohazasini olim shunday so„zlar bilan yakunlaydi: «
Din hamda ilm-fan 
birgalikda, bid‟at, hurofot, mutaasiblik, aqidaparastlik, hamda, Xudosizlikka qarshi 
abadiy kurash, tinimsiz jang olib boradi
». 


133 
Xuddi Eynshteyn singari, Maks Plank ham determinizm g„oyalariga sodiq olim 
bo„lib, o„sha kvant mexanikasi, noaniqliklar tamoyili hamda ulardan kelib chiquvchi 
xulosalar orqali yuzaga kelayotgan ikkilanishlarning tezroq bartaraf etilishi, buning 
uchun esa, kvant nazariyasining determinizmni tiklashga xizmat qiluvchi yangi, 
mukammal talqini yuzaga kelishi kerakligini ta‟kidlagan.
Gap shundaki, determinizmni himoya qilish masalasi, inson iztiyor erkinining 
o„z qo„lidami, yoki yo„qmi degan falsafiy savol bilan bog„liq edi. Ushbu masala 
chuqur axloqiy va ma‟rifiy jihatlarni qamrab olib, Maks Plank singari kuchli e‟tiqodli 
kishini tashvishlantirmasligi mumkin emas edi.
Aksariyat fiziklar singari men ham shu narsaga qat‟iy aminmanki, kvant 
nazariyasi oxir-oqibatda o„zining tenglamalar orqali ifodalanadigan aniq 
ta‟rifiga ega bo„ladi va o„z navbatida bu tenglamalar, sababiyat qonunini 
yanada mukammal ta‟riflash uchun xizmat qiladi.
Sababiyat tamoyiliga ko„ra, sodir bo„layotgan barcha hodisalarning o„z sababi 
va oqibati mavjud. Ushbu tamoyilga ishonadigan kishilar uchun indeterministlar 
qarshi chiqishadi. Indeterministlarning fikricha, tabiatda biror narsaning haqiqiy 
sababiyati mavjud emas. Agar ikkita hodisa ketma-ket sodir bo„lsa, (masalan, biz 
fortepiano klavishasini bossak va ketidan uning tovushini eshitsak) bu ularning biri 
ikkinchisinin sababi sifatida qaralishi kerakligini anglatmaydi. Biz faqatgina shuni 
ayta olamizki, bu ikki hodisa real voqe‟likda sodir bo„ldi. Indeterminist odam, ko„z 
o„ngida sodir bo„lgan ikkita ketma-ket hodisa, haiqiqatan ham u necha marta ko„rgan 
bo„lsa, o„shancha martasida ham aynan ketma-ket, bir ikkinchisi ortidan sodir 
bo„lganligini tan oladi. Bunday g„alati yondoshuvning nisbatan tugal ko„rinishi Devid 
Yum g„oyalarida namoyon bo„ladi. U sabab-oqbiat haqida bahs yuritishdan tiyilib, 
ehtimoliylik, tasodifiylik haqida mulohaza qilishni ma‟qul ko„radi. Albatta quloqqa 
g„alati va g„aliz eshitiladi. Lekin o„zining nisbatan tugal shakliga kirib ulgurgan 
bunday g„oyalarni butunlay inkor qila oladigan faktlarni keltirishning o„zi ham olim-
faylasuflar uchun hozircha mushkul bo„lmoqda.
Plankning sababiyat tamoyilini zo„r berib himoya qilishining omili esa, uning 
mazkur tamoyilsiz ilm-fanda ilmiy tadqiqotlarni yuritishda, muhim ilmiy xulosalarni 
yasashda, ushbu tamoyilsiz hech narsaga erishib bo„lmaydi degan qat‟iy ishonch-
e‟tiqodi bo„lgan. Variativlik va sababiyat tamoyilining natijalari, har qanday ilmiy 
tadqiqot uchun asos-poydevor bo„lib xizmat qiladi deydi Plank.


134 
Determinizmning amaliy namunalarini ko„rsatish, tushintirish uchun Plank, 
tashqi olamni ikki qismga: bizga sezgi organlari orqali tanish bo„lgan hissiy olam 
hamda, uni matematik formulalar va nazariyalar orqali ifodalaydigan fizik olamga 
taqsimlaydi. Kelajakdagi biror hodisani bashorat qilish uchun, unga taaluqli 
parametrlarni avval hissiy olamda o„lchab olish, olingan natijalarni fizik olamga olib 
o„tish, fizik olamda tegishli hisob-kitoblarni bajarib, yana hissiy olamga qaytish 
kerak. Masalan, agar gap Quyosh tutilishi haqida ketayotgan bo„lsa, unda berilgan 
vaqt uchun avval Oy va Quyoshning vaziyatini aniqlash, trayektoriyalarini hisoblash 
va ular asosida, ushbu osmon jismlarining bizga Quyosh tutilish sifatida ko„rinadigan 
samoviy holati qachon va qayerda sodir bo„lishini aytish mumkin. Hissiy olamdan 
fizik olamga va aksincha o„tishda muayyan noaniqlik kelib chiqadi, chuki, aytilingan 
o„lchash va hisoblashlarni mutlaq aniqlik bilan bajarishning iloji-imkoni yo„q. 
Xossatan biz, Oyning vaziyatini, qo„l ostimizda mavjud o„lchov asboblarining aniqlik 
imkoniyati darajasidagina o„lchay olamiz xolos. Plank ham o„z dalillarini keltirishda, 
xuddi shunga o„xshash misollardan foydalanadi: u minora balandligini, mayatnik 
tebranish davrini, chiroq yorug„ligini misol qilib keltiradi.
Olti tomonli kubikni tashlashda, uning biror tomoni bilan yuqoriga qarab 
tushish ehtimolini oltidan bir deb baholaymiz. Odatda biz tashlashdan keyingi natijani 
tasodif deb hisoblaymiz. Lekin, agar biz, kubikning boshlang„ich vaziyatini, 
tashlaganimizdagi boshlang„ich tezligini, tashlash onidagi uning orientatsiyasini, 
kubik yasalgan moddaning kimyoviy-fizik xossalarini, hamda u borib tushadgina stol 
(taxta)ning xossalarini oldindan aniq bilsak va ular asosida tegishli murakkab 
hisoblashlarni bajara olsak, kubikning qaysi tomoni bilan tushishini oldindan aniq 
aytib bera olgan bo„lar edik. Chunki kubik – mumtoz determinizmga bo„ysunadi.
Determinizmning asl mohiyatini ochib berish uchun Maks Plank issiqlikning 
kinetik nazariyasiga murojaat qiladi. U entropiya tushunchasi bilan, ya'ni, biror o„ziga 
xos sistemaning turli mexanik holatlarining ehtimoliylik ko„rsatkichi bilan 
chambarchas bog„liq. Sistemalar eng katta entropiya ko„rsatkichi tomon – muvozanat 
sari intiladi, chunki bu – ehtimoliy jihatda eng katta ko„rsatkichga ega (ya'ni 
ehtimolligi eng yuqori holat). Biz ko„rib turgan olam bizga xuddi oldindan birlib 
bo„lmaydigan hodisalarga va tasodiflarga to„ladek ko„rinadi. Lekin agar biz 
mikrodunyoga – molekulalar olamiga nazar solsak, ularning bir-biri bilan 
mexanikaning mutlaq deterministik qonuniyatlar asosida to„qnashayotganligini 
ko„ramiz. Berilgan sistemaning entropiyasini aniqlash uchun, har bir alohida olingan 
to„qnashuvning o„rta statistik qiymarti olinadi. Plank bundan shunday xulosa qiladi: 
makroskopik kattaliklar ham orta statistik qiymat bo„lib, ular ham tasodifiy 
fluktuatsiyalar orqali ifodalanishi mumkin. Lekin, biz makrodinyodagi vaziyatni ham 
mikroskopik miqiyosdam batafsil ko„rib chiqsak, har qanday sistemaning o„zini 
tutishi aslida deterministik qonunlarning mahsuli ekanini ilg„aymiz.


135 
Unda kvant mexanikasichi? Maks Plank o„zining sababiyat tamoyili haqidagi 
qarashlari bayon etilgan «Fan qayoqqa qarab ketyapti» nomli risolasini nashr 
ettirganida, kvant mexanikasi amalda deyarli shakllantirib bo„lingan edi. Olimlar 
tomonidan qizg„in qarshi olingan doktrinaning asosiy qismlari – Geyzenbergning 
noaniqliklar tamoyili hamda Shryodingerning to„lqin funskiyasining ehtimoliylik 
izohini o„z ichiga olgan. Bu ikki tamoyilga binoan, biz elektronning qayerda turganini 
aniq bila olmaymiz, lekin, joriy vaqt davomida uning muayyan joyda paydo bo„lishini 
oldindan aniq hisoblashimiz mumkin. Plank ushbu jihatni kvant doktrinasining 
taraqqiyoti sari qadam deb qabul qiladi. Lekin Eynshteyn va Shryodinger singari, u 
ham bu boradagi so„nggi so„z hali aytilgani yo„q deb hisoblaydi.
Maks Plank oxir-oqibatda fizika qonunlari va taoyilalri borasida sababiyat 
tamoyiliga va undan kelib chiquvchi determinizmga qat‟iy ishonch bildiradi. Lekin 
odam, inson haqidachi? Shaxs haqida nima deyish mumkin? Olimning fikricha, 
sababiyat tamoyili ixtiyor erki tushunchasi bilan o„zaro mos keladi. Tashqi tarafdan 
qaraganda, xuddi ziddiyat singari ko„rinadigan ushbu fikrni ravshanlashtirish uchun, 
Plank inson-obyekt va inson-subyekt orasidagi tafovutni yaxshilab angalb olishni 
taklif etadi. Ya'ni, u «boshqalar» va «o„zim» orasidagi farqni tushunib yetish 
kerakligini ta‟kidlaydi. Masalan, ruhshunos o„z mijozlarining hatti-harakatini 
o„rganib chiqayotganida, u odamlarning muayyan harakati sababiyat qonuniga 
asoslanadi deb qaraydi. Ya'ni, u odamning hatti-harakati sabab-oqibat zanjiridan 
iborat bo„lib, odamning har bir hatti-harakati albatt o„zining tag zamirida yotgan 
chuqur sababiga ega bo„ladi. Odam shaxsiyatini tubdan chuqur organish, uning 
muayyan vaziyatda qanday hatti-harakat qilishini, qanday yo„l tutishini oldindan aytib 
berish imkonini tug„diradi. Maks Plank shunday qayd qiladiki, agar odamlarning 
hatti-harakatlarini oldindan payqash, taxmin qilish imkoni bo„lmaganida, ya'ni, 
odamzot tabiati oldindan aytib bo„lmas darajada tasodifiylikka ega bo„lanida, biz 
yashayatgan olam allaqachon o„ta tartibsiz va xaotik ko„rinishga kelib qolardi. 
Chunki bunday holda biz nafaqat boshqalarning, balki o„zimizning ham nima harakat 
qilishimizni o„zimiz ham bilolmasdan (anglolmasdan), keyingi lahzada nima 
qilishimiga aqlimiz yetmaydigan bo„lib qolardik.
Ammo, lekin, biroq... biz o„zimiz haqimizda o„zimiz kuzatayotganimizda 
vaziyat o„zgaradi. Chunki obyekt bir vaqtning o„zida subyekt ham bo„lolmaydi. 
Masalan, ko„z o„zini-o„zi ko„ra olmaydi. Biz o„tmishda qabul qilgan qarorlarimiz 
yuzasidan sabab-oqibat ketma-ketligi zanjirini o„rganib chiqa olamiz. Lekin o„sha 
lahzadagi o„zimizning hatti-harakatimizni o„zimiz avvaldan bila olmaymiz chunki, 
o„zimiz kelajagimizni belgilab beruvchi shartlarning birimiz, omillarning eng 
asosiysimiz. Odam o„zini-o„zi avvaldan bashorat qilishi mumkinligi mantiqqa 
sig„maydi va imkonsizdir: Plankning fikricha bu narsa – yumaloq kvadratni tasavvur 
qilish bilan barobardir. Bizning ixtiyorimiz o„zimizda. Qabul qilayotgan 


136 
qarorlarimizni mustaqil ravishda qabul qilamiz va ular uchun mas‟ulmiz. Ilmda ham 
avvalo axloq ustun bo„lmog„o lozim.
Maks Plankning ushbu maslaklariga nisbatan, undan keyingi o„tgan yillar
nuqtai nazaridan nima deyish mumkin. Kvant mexanikasi borasida shuni qayt etmoq 
o„rinliki, Eynshteyn, Shryodinger hamda Maks Plank orzu qilgan deterministik kvant 
nazariyasi hali-hanuz bo„y ko„rsatgani yo„q. Ehtimoliykik tamoyili esa o„zining 
fundamental ahamiyatini faqat mustahkamladi. Radioaktiv yadroning parchalanish 
lahzasini oldindan aniq belgilashning imkoni yo„q. Biz uning u yoki bu lahzada sodir 
bo„lishi ehtimolini hisoblab chiqarishimiz mumkin; shuningdek biz, berilgan 
namunada soniyasiga parchalanayotgan atomlarning o„rtacha kattaligini mutlaq 
aniqlik bilan hisoblab chiqara olamiz; tabiiyki biz muayyan kimyoviy elementning 
qaysi izotoplari beqaror bo„lib, ertami-kechmi baribir parchalanishini, hamda qaysi 
izotoplari barqarorligini aniqlay olamiz. Lekin, shuncha narsani aniqlab, bilib 
olishimiz badali bizga yadroviy parchalanishning o„zi qachon sodir bo„lishi haqida 
aniq gap aytish imkonini bermaydi. Bu ehtimoliylik, yuqorida yodga olib o„tilgan 
holat – kubik misolida tubdan farq qiladi. Bundagi tasodifiylik, ehtumoliylik modda 
tabiati bilan chambarchas uyg„unlikka ega bo„lib, usiz hecham iloji yo„q. So„nggi 
yillardagi erishilgan ilm-fan va texnika yutuqlari ham ushbu tasdiqni inkor etish 
uchun zarracha ham dalil keltira olmadi va aksincha uning haq ekani borasida 
yangidan yangi isbotlar taqdim qilmoqda. Vaziyat amalda issiqlik nazariyasi bilan 
bo„ladigan holatga juda o„xshab ketadi. Biz issiqlik bilan bo„lgan holatda ham bitta 
emas, balki trillionlarb atomlarining hatti-harakatini baholaymiz va shu sababli ham 
o„rtacha qiymat ham juda, o„ta aniq natija beradi. Shunga ko„ra, qancahlik paradoksal 
tuyulmasin, aynan kvant mexanikasining bashoratlari, ilm-fandagi eng aniq 
bashoratlar sanaladi.
Yana bir inqilobiy hodisalardan biri shu bo„ldiki, indeterminizm barcha fizik 
qonunlarda va har yerda ko„zga tashlana boshladi. 1960-yillar oxirida amerikalik 
meteorolog Edvard Lorents, atmosfera konveksiyasi sodda sistemasining 
boshlang„ich shartlaridagi sezilarsiz o„zgarishlar ham, ko„lami jihatdan turlicha 
oqibalarga olib kelishi mumkinligi haqida xulosa chiqardi. Ushbu xulosani ilm-fanda 

Yüklə 3,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin