M. T. Gulamova analitik kimyo fanidan ma’ruza matni buxoro-2011 Taqrizchilar


Cho’kmalarning hosil bo’lishi va ularga ta`sir qiluvchi omillar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə14/66
tarix15.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#143866
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
ANALITIK KIMYO МАЪРУЗА МАТН

3.3 Cho’kmalarning hosil bo’lishi va ularga ta`sir qiluvchi omillar.
Agar qiyin eruvchan elektrolitning ionlar koncentraciyasining ko’paytmasi uning eruvchanlik ko’paytmasidan kam bo’lsa, eritma to’yinmagandir. EK - qoidasiga muvofiq berilgan, qiyin eriydigan elektrolit ionlari (aktivliklarining) koncentraciyalarining ko’paytmasi berilgan haroratda eruvchanlik ko’paytmasiga teng bo’lgan vaqtdagina eritma shu elektrolitga nisbatan to’yingan bo’ladi, ya`ni
[Ag+][Cl-] < ЭКAgCl – to’yinmagan eritma
[Ag+][Cl-] = ЭКAgCl – to’yingan eritma
[Ag+][Cl-] > ЭКAgCl – o’ta to’yingan eritma
Kam eruvchan elektrolitning ionlar koncentraciyasining ko’paytmasi berilgan haroratdagi eruvchanlik ko’paytmasi qiymatidan ortiq bo’lgan hollarda cho’kma hosil bo’ladi.
To’la cho’kishga ta`sir qiluvchi omillar:
1. Eritma koncentraciyasining ta`siri
2.Cho’ktiruvchi miqdorining ta`siri. To’la cho’ktirish uchun cho’ktiruvchining miqdori bir yarim barobardan ortiqcha olinadi. Cho’ktiruvchining ortiqcha qo’shilishidan eritmadagi cho’ktiriladigan ionlarning koncentraciyalarini mos ravishda kamayishiga, ya`ni cho’kmaning to’la cho’kishiga olib boradi.
3.Bir ismli ionning ta`siri. To’yinmagan elektrolit eritmasiga bir ismli ioni bo’lgan elektrolit qo’shib, to’yingan va o’ta to’yingan eritma hosil qilish mumkin.
Haqiqatan agar AgCI ning to’yingan eritmasiga oz-ozdan HCI yoki KCI qo’shsak, dastlab AgCI ning EK qiymati (ya`ni 25оС da 1,78*10-10) dan kam bo’lgan ionlar ko’paytmasi asta-sekin unga tenglashadi va nihoyat, undan ortib ketadi. Shunga muvofiq to’yingan eritmaga va bundan keyin esa o’ta to’yingan eritmaga aylanadi.
Demak, qiyin eriydigan elektrolitlarning eruvchanligi, ularning eritmasiga tarkibida shu eritmadagi ionlarning biri bilan bir ismli ioni bor birorta kuchli elektrolit kiritilishi bilan kamayadi.
4.Tuz effekti. Tajriba natijalari shuni ko’rsatadiki, bir ismli ionga ega bo’lmagan tuzlar ham elektrolitlarning eruvchanligiga ta`sir etadi. Ammo bunday hollarda, odatda eruvchanlik ortadi. Bu hodisa «tuz effekti” deb ataladi. Masalan K2SO4 va Na2SO4 shunga o’hshash tuzlar qo’shilganda AgCI ning eruvchanligi ortadi. Qo’shilayotgan tuzlarning koncentraciyasi qancha yuqori bo’lsa, erish shuncha ko’p bo’ladi.
Qiyin eruvchan elektrolitga bir ismli ionga ega bo’lmagan tuzlarni kiritganda eritmaning ion kuchi ortishi sababli qiyin eruvchan elektrolit ionlarining aktivlik koefficientlari kamayadi. Bunda eritma to’yinmagan bo’lib, elektrolitning eruvchanligi ortadi.

  1. Haroratning ta`siri. O’zgarmas haroratda EK o’zgarmas miqdordir. haroratning oshishi bilan EK qiymati ortib boradi. Cho’kmani harakteriga (amorf, kristall) qarab turli haroratda cho’ktiriladi.




Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin