M. T. Gulamova analitik kimyo fanidan ma’ruza matni buxoro-2011 Taqrizchilar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə1/66
tarix15.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#143866
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
ANALITIK KIMYO МАЪРУЗА МАТН

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISh

M.T. Gulamova
ANALITIK KIMYO
Fanidan

MA’RUZA MATNI


Buxoro-2011

Taqrizchilar:


Muxammadiev B.T. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoati
texnologiya institutu “Umumiy
kimyo” kafedrasi dost.


Мavlyanov B.A. Buxoro Davlat Universiteti
«Ekologiya va umumiy kimyo»
kafedrasi, dotsenti
M.T.G’ulomova, Sh.Q.Norov, R.T.Turabov
Analitik kimyo oziq-ovqat texnologiyasi yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar uchun o’quv qo’llanma.


Buxoro shahar. Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyaci instituti, 2005 y, 207 bet


O’quv qo’llanma. Buxoro oziq-ovqat va engil sanoat texnologiyasi instituti «Umumiy kimyo» kafedrasi (18.05.2005 y. №14) majlis bayoni va institut uslubiy ko’rsatma kengashi (6.06.2005y. № 8) yig’ilishlarida tasdiqlangan va chop etishga tavsiya etilgan.


KIRISh


Analitik kimyo - moddalapHing sifat va miqdoriy tarkibini analiz qilishning nazariy asoslari va usullarini o’rganadigan fandir. Analitik kimyo sifat va miqdor analizidan iborat. Sifat analizining vazifasi tarkibi noma`lum modda yoki aralashmaning tarkibiy qismlarini, ya`ni u qanday element yoki ionlardan tarkib topganligini aniqlashdir. Miqdoriy analizning vazifasi esa moddadagi yoki aralashmadagi bir yoki bir necha tarkibiy qismlar miqdorini aniqlashdan iboratdir.


Sifat analizi odatda miqdoriy analizdan oldin o’rganiladi, chunki tekshiriladigan moddaning oldindan, ma`lum bo’lgan birorta tarkibiy qismining foiz miqdorini aniqlash zarur bo’lganda ham, sifat tarkibini o’rganmay aniqlab bo’lmaydi. Shuning uchun moddalapHi analiz qilishga doir muammolapHi kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullapHi qo’llash bilan hal etish mumkin.
Kimyoviy usul bilan ish ko’rilganda aniqlanishi lozim bo’lgan element yoki ion o’ziga hos hususiyatli biror birikmaga aylantiriladi va ayni birikma hosil bo’lganligi asosida hulosa qilinadi. Analizning fizikaviy usullari moddaning kimyoviy tarkibi bilan uning ayrim fizikaviy hossalari o’rtasidagi bog’lanishdan foydalanishga asoslangan (spektral, lyuminescent, rengenostruktura va hokazo.).
Analizning fizik-kimyoviy usullari moddaning kimyoviy reakciyalar jarayonida fizikaviy hossalarining o’zgarishini aniqlashga asoslangan. Bu uchchala analiz usullari orasiga hamma vaqt keskin chegara qo’yib bo’lmaydi. Ba`zan fizikaviy va fizik-kimyoviy analiz usullari instrumental analiz usullari deyiladi. (spektral, elektrokimyoviy, hromatografik, ekstrakciya va boshqalar).

I QISM
I Mavzu: SIFAT ANALIZI ASOSLARI


Tayanch iboralari:
- kimyoviy analiz;
- sifat analizi;
- miqdoriy analiz;
- analitik reakciya;
- umumiy va hususi reakciya;
- reakciyalapHing sezgirligi va o’ziga hosligi;
- kationlapHing analitik guruhlari;
- guruh reagenti;
- sistemali analiz;
- bo’lib - bo’lib analiz;



    1. Sifat analizining usullari

Analitik reakciyalapHi bajarishda ishlatiladigan moddaning miqdoriga qarab, sifat analizining usullari 1955 yildan boshlab, quyidagilarga bo’linadi.





Oldingi nomlanish



Yangi nomlanish



Olingan modda miqdori

g

Ml

Makroanaliz

Gramm – usul

1 – 10

10 – 100

Yarimmikroanaliz

Santi.gramm-usul

0,05 – 0,5

1 – 10-2

Mikroanaliz

Milligramm-usul

10-3 – 10-6

0,1 – 10-4

Ulьtromikroanaliz

Mikrogramm-usul

10-6 – 10-9

10-4 – 10-6

Submikroanaliz

Nonogramm-usul

10-9 – 10-12

10-7 – 10-10

Subulьtromikroanaliz

Pikogramm-usul

10-12

10-10

Kimyoviy analiz ko’pincha yarim mikro usulida bajariladi, bunda reaktivlar kam sarflanadi, kichik hajmli idishlardan foydalanish ham mumkin. Agar analiz to’g’ri bajarilgan bo’lsa, yarim mikro usul juda aniq natijalar beradi. Shuning uchun moddalapHi sifat jihatdan kimyoviy analiz qilishga asosan yarim mikroanaliz (santigramm)usuldan foydalaniladi.


1.2. Analitik reakciyalapHing bajarilish usullari.


Analitik reakciya "quruq" va "ho’l" usullar bilan o’tkazilishi mumkin. Quruq usulda tekshiriladigan modda va reaktivlar qattiq holatda olinadi va reakciya qizdirish yo’li bilan amalga oshiriladi:


Masalan: Metall tuzlarining alangani bo’yashi, natriy tetraborat (bura) Na2B4O7*10H2O yoki natriy ammoniy gidrofasfat NaNH4HPO4 *4H2O lar ba`zi metallapHing tuzlari bilan qorishtirganda rangli marvarid (shisha) hosil bo’ladigan reakciyalar quruq usul bilan o’tkaziladigan reakciyalar qatoriga kiradi.
Rangli shisha hosil qilish va alangani bo’yash usullari pirokimyoviy usullar deb ataladi.
Eritmalarda o’tkaziladigan moddaning analizi ho’l usul bilan analiz deyiladi. Bunda tekshiriladigan modda oldindan eritilgan bo’lishi kerak. Odatda erituvchi sifatida suv ishlatiladi. Agarda modda suvda erimasa, kislotalarda eritiladi. Kislotada eritilgan modda kimyoviy o’zgarishga uchrab suvda oson eriydigan birorta tuzga aylanadi.
Masalan:

Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin