CuO+H2SO4 CuSO4+H2O
Fe(OH)3+3HCl FeCl3+H2O
CaCO3+2HNO3 Ca(NO3)2+H2O+CO2
Ni(OH)2+2HNO3 Ni(NO3)2+2H2O
Sifat analizda faqat biror tashqi effekt, ya`ni reakciyaning haqiqatda borayotganligini ko’rsatuvchi har hil o’zgarishlar bilan boradigan reakciyalardangina foydalaniladi.
Bunday kimyoviy reakciyalarga analitik reakciyalar deyiladi:
“Odatda bunday tashqi effektlar :
1) Gaz ajralib chiqishi
2) Eritma rangining o’zgarishi
3) Cho’kma tushishi (yoki erib ketishi) dan iborat bo’ladi»
Anorganik moddalapHi analiz qilishda ko’pincha tuzlar, kislotalar, asoslapHing suvdagi eritmalari bilan ish ko’riladi. Ma`lumki, bu moddalar elektrolitlardir, ya`ni ular suvdagi eritmalarida ionlarga dissocilangan bo’ladi. Shu sababli "ho’l" usul bilan o’tkaziladigan reakciyalar odatda, oddiy yoki murakkab ionlar o’rtasida boradi, binobarin bu reakciyadan foydalanib, to’g’ridan-to’g’ri elementlapHi emas, balki ular hosil qilgan ionlari topiladi, topilgan ionlarga qarab tekshiriladigan moddada tegishli elementlar borligi haqida hulosa chiqariladi.
Masalan: HCl yoki hloridlapHing eritmasidan hlopHi topish uchun AgNO3 ta`sir ettiriladi. Bunda suzmasimon oq cho’kma AgCl hosil bo’ladi. Cho’kmaga qarab hlor borligi aniqlanadi.
HCl + AgNO3 AgCl + HNO3
CaCl2 + 2AgNO3 2AgCl + Ca(NO3)2
BaCl2 + 2AgNO3 2AgCl + Ba(NO3)2 (1)
va hokazo.
Cho’kmadan tashqari tuzlapHing hammasi eritmalarda tegishli ionlarga ajralgan holda bo’ladi, ya`ni:
Ba2+ + 2Cl- +2Ag+ + 2NO3- = 2AgCl + Ba2+ + 2NO3- (2)
Bir hil ionlapHi reakciya tenglamasidan tushirib qoldirilsa, unda reakciya tenglamasi quyidagi ko’rinishda yoziladi:
2Cl- + 2Ag+ = 2AgCl
Tenglamaning ikkala tomonini bir hil songa qisqartirish mumkin bo’lgan hollarda qisqartiriladi, masalan, yuqoridagi reakciya tenglamasini ikkiga qisqartirib yoziladi:
Cl- + Ag+ = AgCl ( 3)
(1)-reakciyaning molekulyar tenglamasi, (2)-reakciyaning molekulyar ionli tenglamasi, (3)-reakciyaning molekulyar-ionli qisqartirilgan tenglamasi.
1.3. Analitik reakciyalapHi amalga oshirishning shart-sharoitlari, reakciyalapHing sezgirligi, o’ziga hosligi.
Analitik reakciyalapHi o’tkazish uchun ma`lum bir shart-sharoit bo’lishi kerak. Masalan, kislotalarda eriydigan cho’kmalar, eritmada erkin holatdagi kislota ortiqcha bo’lganda ajralib chiqmaydi, xuddi shuningdek, ishqorda eriydigan cho’kmalar ishqoriy muhitda cho’kmaydi. Agar cho’kma kislotada ham, ishqorda ham erisa, uni faqat neytral muhitda hosil qilish mumkin va hokazo. Bu misollardan ko’rinib turibdiki reakciyalapHi amalga oshirishning eng muhim shart - sharoitlaridan biri, shu reakciya uchun zarur muhit bo’lib, uni kerak bo’lgan taqdirda, eritmaga kislota, ishqor yoki boshqa biror reaktivlardan qo’shib vujudga keltirish mumkin. Masalan:
K2Cч2O7+2BaCl2+H2O=2BaCчO4+2KCl+2HCl
Cч2O72-+2Ba2++H2O=2BaCчO4+2H+
hosil bo’lgan BaCrO4 kuchli kislotalarda eriydi, sirka kislotada esa erimaydi. Bu erda reakciyaning o’zida kuchli kislota hosil bo’lishi sababli reakciya ohirigacha bormaydi. Ammo eritmaga K2Cr2O7 dan tashqari CH3COONa ham qo’shilsa, Ba2+ ni to’la cho’ktirish mumkin, shunda kuchli kislota o’pHiga kuchsiz kislota CH3COOH hosil bo’ladi
CH3COONa CH3COO- + Na+
CH3COO-+ H+ CH3COOH
Ikkinchi bir muhim sharoit eritmaning haroratidir. Haroratning ko’tarilishi bilan eruvchanligi ortib ketadigan cho’kmani issiq holatdagi eritmalardan hosil qilish yaramaydi, bunday reakciyalapHi "uy haroratida» ba`zan esa sovitib o’tkazish kerak bo’ladi. Ba`zi reakciyalar faqat, qizdirilganda boradi. Reakciya borishining muhim shart-sharoitlaridan yana biri, eritmada topiladigan ionning koncentraciyasi etarli darajada katta bo’lishidir; uning koncentraciyasi juda oz bo’lsa, reakciya chiqmay qoladi. Buning sababi shundaki, har qanday moddaning eritmadagi koncentraciyasi uning ayni sharoitdagi eruvchanligidan ortiq bo’lgandagina, shu modda cho’kmaga tushadi. Agar modda qiyin eriydigan bo’lsa, topiladigan ionning koncentraciyasi nihoyatda oz bo’lganda ham cho’kma tushsa, bunday reakciyalar seziluvchan reakciyalar deyiladi.
Reakciyaning seziluvchanligi miqdoriy jihatdan bir-biriga bog’langan ikkita ko’rsatkich – topilish minimumi va suyultirish chegarasi bilan harakterlanadi. Topilish minimumi modda yoki ionning reakciyaga muayyan shart-sharoitlarda o’tkazilganida topilishi mumkin bo’lgan eng kam miqdoridir. Modda (ion) ning shu reakciya yordamida topilishi mumkin bo’lgan eng kam koncentraciyasi suyultirish chegarasi deyiladi.
ReakciyalapHing seziluvchanligi bilan bir qatorda ulapHing o’ziga hosligi ham juda katta ahamiyatga ega.
Bir ion boshqa ionlar bilan aralashgan holatda bo’lganda ham uni tajriba sharoitida ajratmasdan turib to’g’ridan- to’g’ri aniqlashga imkon beradigan reakciya, o’sha ion uchun xos (specifik) reakciya deyiladi. Bunga ishqor ta`sirida qizdirilganda, hidi va boshqa hossalaridan ammiak ajralib chiqayotganligi osongina bilinadigan NH4+ ni aniqlash reakciyasini misol keltirish mumkin.
NH4+ + OH- NH3 + H2O
Ammoniy tuzlarigina bunday sharoitda ammiak hosil qiladi. Shuning uchun ishqor bilan olib borilgan reakciya NH4+ ionini topish uchun hos reakciyadir.
Analitik kimyoda tekshirilayotgan ion bir necha ionlar bilan o’hshash natija beradigan reakciyalar ham uchraydi. Bunday reakciyalarga tanlab ta`sir etuvchi yoki selektiv reakciyalar deyiladi.
Reakciya ijobiy natija beradigan ionlar soni qancha kam bo’lsa, reakciyaning selektivlik darajasi shuncha yuqori bo’ladi
Dostları ilə paylaş: |