M. T. Gulamova analitik kimyo fanidan ma’ruza matni buxoro-2011 Taqrizchilar



Yüklə 2,37 Mb.
səhifə13/66
tarix15.09.2023
ölçüsü2,37 Mb.
#143866
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66
ANALITIK KIMYO МАЪРУЗА МАТН

3.2.Eruvchanlik ko’paytmasi
Tabiatda mutloq erimaydigan modda bo’lmaydi. Cho’kma hosil bo’lishi bilan qaytar erish jarayoni boradi. Cho’kma va to’yingan eritma har hil faza, ya`ni geterogen sistemadan iborat. Geterogen sistemaning bir-biridan chegara sirtlar bilan ajraladigan ayrim qismlari (cho’kma va to’yingan eritma), faza deb ataladi.
Agar qiyin eriydigan tuzni Masalan: AgCI olib distillangan -suv qo’shsak, cho’kmani hosil qilgan Ag+ va CI- ionlari yaqin turgan suv dipollari tomonidan tortiladi va ajralib ionlar gidrati holida eritmaga o’ta boshlaydi. Erish jarayoniga teskari Ag+ va CI- ionlari eritmada to’qnashib AgCI molekulalarini hosil qiladi va cho’kmada ikkita bir biriga qarama-qarshi jarayon sodir bo’lib, ma`lum vaqtdan keyin dinamik muvozanatga olib keladi. Cho’kma bilan dinamik muvozanatda bo’lgan eritmaga to’yingan eritma deyiladi.
AgCI↓ ↔ Ag+ + CI-
qattiq faza cho’kma suyuq faza eritma
Massalar ta`siri qonuniga muvofiq:

[Ag+] va [CI-] – muvozanatdagi kumush va hlor ionlarining koncentraciyasi
[AgCI-] – qattiq fazadagi moddaning koncentraciyasi
Geterogen sistemada erigan va qattiq moda zarrachalarining to’qnashishi fazalar sirtida bo’lib, qattiq modda miqdoriga bog’liq bo’lmaydi va uning koncentraciyasi doimiy qolib reakciya tezligiga ta`sir qilmaydi.
Qiyin eruvchan elektrolitning to’yingan eritmasidagi ionlar koncentraciyalarining ko’paytmasi o’zgarmas haroratda o’zgarmas miqdordir. Bu miqdor eruvchanlik ko’paytmasi deb ataladi (EK).
Yuqoridagi misol uchun EКAgCI = [Ag+][CI-] . Umumiy holda MmAn ko’rinishdagi elektrolit uchun eruvchanlik ko’paytmasining ifodasi:

To’yingan eritmada ionlararo ta`sir kuchni hisobga olish, uchun ionlar koncentraciyasini ularning aktivligiga almashtirishga to’g’ri keladi. Ionlar aktivligining qiymati dissocilanish jarayonida ishtirok etayotgan ionlar soniga teng miqdor darajaga ko’tarilib eruvchanlik ko’paytmasi ifodasiga kiradi.

Ionlar aktivligi ularning koncentraciyalari bilan aktivlik koefficientlari ko’paytmasiga teng bo’lgani uchun eruvchanlik ko’paytmasini shunday yozish mumkin.

Lekin, kam eruvchan birikmaning ionlar koncentraciyasi uning to’yingan eritmasida juda kam bo’lgani uchun ionlar orasidagi o’zaro ta`sir kuchi u qadar ahamiyatli emas. Shuning uchun hisoblashlarda ni birga teng deb olinsa, hato bo’lmaydi. Bundan odatda, amalda qo’llaniladigan tahminiy tenglamani hosil qilamiz:

Oson eriydigan elektrolitlarda f ning qiymati birga teng emas. Shuning uchun ulardagi ionlar aktivligini koncentraciya bilan almashtirib bo’lmaydi. Agar berilgan qiyin eruvchan birikmaning eruvchanlik ko’paytmasi EК < n * 10-7 bo’lsa, aktivlik koefficientini hisobga olmasa ham bo’ladi. Agar EК > n * 10-7 bo’lsa, aktivlik koefficientini kiritish kerak. Biroq eruvchanlik ko’paytmasi qoidasiga asoslangan hisoblashlarda katta aniqlik talab qilinmaydi, shuning uchun ko’p hollarda aktivliklar koncentraciyalar bilan almashtiriladi.
Qiyin eruvchan birikmalarning eruvchanlik ko’paytmasi qiymati ma`lumotnomalarda (5 jadval, 281 bet) keltirilgan.
Qiyin eruvchan elektrolitlarning eruvchanlik ko’paytmasini hisoblash uchun, uning berilgan haroratdagi eruvchanligi aniqlanadi. Eruvchanlikni bila turib, eruvchanlik ko’paytmasini hisoblab topish oson.
Masalan: СаСО3 ning eruvchanligi 0,0069 g/l. Eruvchanlik ko’paytmasi hisoblansin.
Echish: Eruvchanlikni mollarda ifodalaymiz:

Har bir СаСО3 molekulasi eritilganda bittadan Са2+ va CO32 ioni hosil bo’lgani uchun Са2+ = СО32 = 6,85 * 10-5 molь/l.
Demak,

Moddalarning EK qiymatini bilgan holda kam eruvchan moddaning eruvchanligini hisoblash mumkin.

Mаsаlан: CaCO3 suvdagi eruvchanligini g/l hisoblang. Eruvchanlik ko’paytmasining qiymati 2 jadvaldan olinadi.
СаСО3 ↔Ca2+ + CO32-
[Ca2+] = [CO32-] = X


Eruvchanlikni g/l da hisoblash uchun molyar koncentraciyani moddaning molekulyar massasiga ko’paytirish kerak.
Э = 6,16  10-5  100,69 = 6,20  10-3 г/л
Cho’kma quyidagi hollarda qisman yoki to’liq erishi mumkin:
a) kompleks birikma hosil bo’lishi yoki gaz ajralib chiqishi;
b) yonaki jarayonlar borishi ;
v) oksidlanish darajasining o’zgarishi ;
g) [H+] ionlari koncentraciyasining oshishi ;
d) cho’kmaga ionlari bo’lgan biror kuchli elektrolitni qo’shish va hokazo.



Yüklə 2,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin