Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari


Qonni morfologik tekshirish



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/94
tarix14.07.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#136541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

Qonni morfologik tekshirish
Bemorni umumiy tekshirganda odatda umumiy qon taxlili 
tekshiruvi qo‘llaniladi. Bu taxlil orqali qon shaklli elementlarining 
miqdorini va sifat qo‘rsatkichi o‘rganiladi:
• gemoglobin miqdorini aniqlash;
• eritrotsitlar sonini aniqlash;
• rang ko‘rsatkichini xisoblash;
• leykotsitlaming soni va aloxida shakllarining nisbati;
• eritrotsitlar cho‘kish tezligini aniqlash (EChT).
Ba'zi 
bemorlarda 
kasallik 
xarakteriga 
qarab 
qo‘shimcha 
tekshiruvlar: retikulotsitlar, trombotsitlarni xisoblash, qon ivish vaqtini 
aniqlash.
Klinik taxlil uchun periferik qon olinadi. Qonni iloji boricha 
ertalab ovqatdan oldin olish zarur, chunki ovqat, dori preparatlarini 
qabul qilish, vena ichiga in'eksiya, temperatura reaksiyalari va boshqa 
faktorlar qon taxlilida turli morfologik va bioximik o‘zgarishlarga olib 
keladi.
Qon olish texnikasi
• qonni maxsus rezinkali qo‘lqoplarda, aseptika qoidalarga rioya 
qilib olish kerak;
• qon chap qo‘lning 4-barmoq oxirgi falangasidan olinadi (ayrim 
xollarda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va emizikli bolalarda quloq 
yumshog‘idan yoki tovondan olish);
• igna bilan teshishidan oldin o‘sha soxa 70° spirtda xo‘llangan 
paxtali tampon bilan artiladi; teri qurishi kerak. Bo‘lmasa qon yoyilib 
ketishi mumkin;
• terini teshish uchun bir martalik steril igna-skarifikatordan 
foydalaniladi;
barmoqni yon yuzasidan, 2-3 mm chuqurlikda teshish kerak, 
chunki yon yuzada kapillyar to‘r ko‘p joylashgan; barmoqning 
daktiloskopik chiziqlariga ko‘ndalang teshilsa, qon oson va ko‘p 
miqdorda keladi;
• birinchi qon tomchisi artib tashlanadi, chunki unda katta 
miqdorda to‘qima suyuqligi bor; qon xar safar olinganidan so‘ng 
qoldiqlar artib tashlanadi, keyingi qon yangi tomchidan olinadi.
7


• qon olib bo‘lgandan so‘ng jaroxatlangan joyga, 70° li spirt bilan 
xo‘llangan spirtda steril tampon qo‘yiladi;
Gemoglobin (haemoglobinum)
erkaklardar- 130-160 g/1
ayollarda- 120-140 g/1
Gemoglobinni tekshirish eng muxim va asosiy laborator 
tekshiruvlardan biri xisoblanadi. Eritrotsitlar soni bilan birga 
aniqlanganda, 
anemik 
xolatlarni 
baxolashda 
muxim 
laborator 
qo‘rsatkich xisoblanadi.
Gemoglobin
- xromoproteidlarga kirib, qonning asosiy nafas 
oqsili xisoblanadi. Oqsilli (globin) va oqsilsiz (gem) qismlardan tashkil 
topgan. To'rttalik oqsil bo‘lib, to‘rtta subbirlikdan tashkil topgan, 
ularning xar biri gem bilan bog‘langan polipeptid zanjimi xosil qiladi. 
Polipeptid zanjirlar juftli bir xil: 4 molekula gem bilan bog‘langan, 2 ta 
a globin tipli zanjir va 2 ta boshqa tipli (P, у i 6) zanjir. Gem - temir 
atomi bilan bog‘langan, protoporfirin IX molekulasi. Xar bir 
gemoglobin tetrameri 4 tagacha kislorod molekulasini qayta bog‘lashi va 
transportirovka qilishi mumkin. 65 % gemoglobin, eritrotsitning yadro 
saqlovchi yetilish bosqichida, 35 % esa — retikulotsit bosqichida xosil 
boiadi. yetilgan normotsit bosqichida gemoglobin sintezi to‘xtaydi.
Xozirgi kunda gemoglobinning 3 ta asosiy turi ma'lum: Hb A, Hb 
F va Hb A2. Asosiy turi A bo‘lib, normada umumiy gemoglabinning 
96-98 % ini tashkil etadi, Hb A2 esa atigi 2 - 3 
%
ni tashkil etadi. Yangi 
tug‘ilgan chaqaloqda asosiy o‘rinni egallovchi fetal gemoglobin (Hb F), 
katta odam qonida 1—1,5 %ni tashkil etadi.

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin