Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari


Eritrotsitlami Goryaev kamerasiyordamida xisoblash



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/94
tarix14.07.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#136541
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

Eritrotsitlami Goryaev kamerasiyordamida xisoblash
Goryaev xisoblash kamerasi 225 ta katta kvadratlardan tashkil 
topgan. Bu kvadratlarning bir qismi 16 ta kichik kvadratlarga ajratilgan. 
Kichik kvadratlar tomon 1/20 mm ga teng, yuzasi - 1/400 mm2, kamera 
balandligi - 1/10 mm, shuning uchun bu kvadrat ustidagi maydon xajmi 
- 1/4000 mm3.
Xozirgi kunda shaklli elementlarni xisoblash uchun yanada 
yengilroq, oddiy, qon olishning probirka usuli keng tarqalgan:
• toza quruq prbirkalarga oldindan eritrotsitlami ajratuvchi 
suyuqlik - 4 ml 2% li natriya xlor eritmasi quyiladi;
• qon Sali gemometrining kapillyar pipetkasiga, 20 mkldan sal 
yuqoriroq belgigacha olinadi,keyin, kapillyar uchi quruq paxta bilan 
artilib, belgigacha olib boriladi;
• qonni puflab probirka tubiga tushiriladi; pipetkani suyuqlikning 
yuqori 
qatlamida 
yaxshilab 
yuviladi. 
Probirkadagi 
aralashma 
aralashtiriladi. 20 mkl qonga 4 ml NaCl eritmasi qo‘shilganda, 200 
marta aralashtiriladi, bu eritrotsitlami xisoblash uchun muhim;
• endi eritrotsitlami xisoblash Goryaevning xisoblash kamerasida 
olib boriladi. Toza va quruq qoplagich oynani, kameraga, ular tegishgan 
joyda rang-barang xalqalar xosil bo‘ladigan qilib joylashtiriladi;
13


• kamerani to‘ldirishdan oldin probirkadagi aralashma bir necha 
martta aralashtiriladi, keyin yumaloq shisha tayoqcha oxiri bilan, 
probirkani egiltirib, qon tomchisi olinadi va kameraning silliqlangan 
oynasi chetiga qo‘yiladi. Agar kamerani to‘liq to‘lishi uchun bir tomchi 
qon kamlik qilsa, boshqa tomchi bilan to‘ldiriladi;
• kamera to'ldirilgandan so‘ng shaklli elementlar cho‘kishi uchun 
1-2 minut ga qoldiriladi, keyin mikroskop ostiga qo‘yiladi;
• shaklli elementlar mikroskopni kichik kattalashtirgichida 
xisoblanadi
• eritrotsitlar 80 ta kichik kvadratlarda xisoblanadi, bu diagonal 
joylashgan 5 ta katta kvadratga to‘g‘ri keladi.
• Qoida bo‘yicha, kichik kvadrat ichidagi, uning yuqori va chap 
chegaralarida yotuvchi eritrotsitlar xisoblashga yaroqli xisoblanadi.
Eritrotsitlar sonini 80 ta kichik kvadratlarda sanab, formula 
bo'yicha 1 mm3 qondagi va 1 litr qondagi eritrotsitlar xisoblanadi.

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin