Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari


Eritrotsitlar (erytrocytus)



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/94
tarix14.07.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#136541
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

Eritrotsitlar (erytrocytus)
erkaklar - 4,0-5,0 x 1012/1
ayollar - 3,7-4,7 x 1012/1
Gemoglobinni aniqlash bilan birga, qizil qon tanachalari 
(eritrotsitlar)ni xisoblash, anemik xolatlarni baxolashda muxim ahamiyat 
kasb etadi.
Eritrotsitlar morfologiyasi
Eritrotsit diametri 6-8 mkm, yumaloq yoki oval shakldagi, 2 
tomonlama bukilgan xujayra - diskotsit - bo‘lib, Romanovskiy usuli 
bilan bo‘yalganda pushti rangga bo‘yaladi. Eritrotsitlar xajmi - 90 
mkm3, yuzasi -140 mkm2, qalinligi -2,4 mkm (minimal - 1 mkm)
Eritrotsit plazmolemma va stromadan iborat. Plazmolemma qator 
dori moddalarga, asosan gazlarga nisbatan tanlab o‘tkazuvchan, bundan 
tashqari turli xil antigenlar tutadi. Stromada xam qon antigenlari 
mavjud, bu ma'lum darajada qon guruxini belgilaydi. Bundan tashqari
eritrotsitlar stromasida kislorodning birikishini va to‘qimalarga 
yetkazilishini ta’minlovchi nafas pigmenti gemoglobin joylashgan. 
Eitrotsitlaming quruq qismi 95 % ga yaqin gemoglobindan va atigi 5 
%
boshqa moddalardan iborat, ya'ni nogemoglobin oqsil va lipidlar.
Eritrotsitlar 
organizmning 
kislota-ishqor 
muvozanatini 
boshqarishda, 
antitela 
va 
toksinlar adsorbsiyasida, 
qon 
ivish 
jarayonlarida, hamda qator fermentativ jarayonlarda faol ishtirok etadi.
Eritrotsitlarni sifatiy aniqlash
Eritrotsitlar miqdorini xisoblashning quyidagi usullari mavjud: 
Eritrotsitlarni xisoblashni kamerali usuli. Qon xujayralarini xisoblash
12


uchun ko‘plab kameralar taklif qilinagan(Byurkera, Goryaeva, Toma, 
Predtechenskogo, Neybauera kameralari va x.k.). Ish sharoitida ko‘proq, 
Goryaev setkasi qollaniladi;
• fotometrik usullar (asboblar yordamida: eritrogemometr va 
elektrofotokolorimetr). Bu asboblaming ishlash prinsipi eritrotsitlar 
sonini, eritrotsitlardan fotoelement yordamida o‘tgan yorug‘likni 
xisoblashga asoslangan;
• xisoblashning elektron-avtomatik usullari. Ishlash prinsipi tor 
kapillyarlardan elektrik zanjir qarshiligi o‘tganda, qon xujayralarining 
o‘zgarishiga asoslangan. Bu elektromagnit xisoblagich yordamida qayd 
qilinadi.
Xar bir xujayra ossilloskopik ekranda qo‘rinadi va avtomatik 
xisoblagich yordamida registratsiya qilinadi.
Klinikada asosan eritrotsitlami kamerali va fotometrik usul 
yordamida xisoblash qo‘llaniladi.

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin