Klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari


Leykotsitlarning miqdoriy tarkibi



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/94
tarix14.07.2023
ölçüsü3,04 Mb.
#136541
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94
klinik laborator tashxislash va tekshiruv usullari

Leykotsitlarning miqdoriy tarkibi
Norma: 4,0-9,0 x l0 9/l
Leykotsitlar sonining 9,0 x 109/1 dan ortishi leykotsitoz, 4,0 x 109/1 
dan kamayishi esa - leykopeniya deyiladi. Biroq 1 1 da 3,5 x 109 
miqdordagi leykotsitlar miqdori ham, ba'zi insonlar uchun norma 
xisoblanadi.
Adabiyot ma'lumotlariga ko‘ra, bunday insonlarda immun 
qarshilik kuchli va ular kam kasallanishadi.
Shunisi aniqki, aynan periferik qonida leykotsitlar soni kam 
sog‘lom odamlarda, ulaming to‘qimadagi rezerv miqdori yuqori. Bu 
fenomen nasliy-oilaviy xarakter yoki parasimpatik nerv tizimining ta'siri 
yuqori bo‘lishi bilan tushuntiriladi.
Leykopeniyafunksional va organik bo ‘lishi mumkin.
Funksional leykopeniya
qon yaratish regulyasiyasining buzilishi 
bilan bog‘liq bo‘lib, quyidagi xolatlarda kuzatiladi:
• ba'zi bakterial va virusli infeksiyalarda (qorin tifi, gripp, 
suvchechak, qizilcha, Botkina kasalligi, qizamiq);
• dori vositalari ta'sirida (sulfanilamidlar, analgetiklar, talvasaga 
qarshi, antitireoid, sitostatik va boshqa preparatlar);
mushaklar ishida, begona oqsil kiritilganda, nerv va temperatura 
ta'sirida, och qolganda, gipotonik qolatlarda;
• yolg‘on leykotsitopeniya qon uzoq vaqt xona temperaturasida 
saqlanganda, leykotsitlar agregatsiyasi natijasida kuzatiladi (4 soatdan 
ortiq).
Organik leykopeniya,
suyak ko‘migi aplaziyasi va uning yog‘ 
to‘qimasi bilan almashinishi natijasida, quyidagi xolatlarda:
19


• aplastik anemiyalar;
• agranulotsitozda;
leykozning leykopenik shaklida;
• limfogranulematozning ba'zi shakllarida;
• ionizirlovchi nurlanishda;
• gipersplenizmda (birlamchi va ikkkilamchi;
• kollagenozlarda.
Levkotsitoz-
bu qon yaratish tizimining ekzogen va endogen 
faktorlarga reaksiyasi. Fiziologik va patologik leykotsitoz farqlanadi.
Fiziolopik levkotsitoz kuzatiladi:
• ovqat xazm qilish bilan bog‘liq - asosan oqsilga boy ovqat 
maxsulotlari iste'mol qilinganda;
• leykotsitlar soni 10,0-12,0 x 109/1 dan oshmaydi va 
3-4
soatdan 
keyin normaga qaytadi;
• emotsional zo‘riqishlarda (adrenalin ajralishi), og‘ir jismoniy 
zo‘riqishda, sovuq qotishda, qo‘p muddat quyoshda ostida bo‘lganda 
(quyoshdan kuyish), qator gormonlar qabul qilinganda (katexolaminlar, 
glyukokortikosteroidlar va x.k), xomiladorlikning ikkinchi yarmida, 
menstruatsiya vaqtida va leykotsitlarni qonda notekis tarqalishi bilan 
bog‘liq.
Patolozik levkotsitoz
absolyut va nisbiy boiadi.
Absolvut
- qonda leykotsitlar sonining bir necha yuz minggacha 
ortishi (100,0-600,0 x 109/1 va undan yuqori). Ko‘proq leykozlarda 
kuzatiladi: surunkali leykozda - 98-100 % xollarda, o ‘tkir leykozlarda 
esa - 50-60 %. Suyak ko‘migi punktatida va qonda leykotsitar qator 
nisbatining buzilishi, leykozlaming asosiy diagnostik omili xisoblanadi.
Nisbiv
levkotsitoz kuzatiladi:
• o‘tkir yallig‘lanish va infeksion jarayonlarda, qorin tifi, gripp, 
suvchechak, qizilcha, Botkina kasalligi, qizamiqda kuzatilmaydi. Eng 
yuqori leykotsitoz (do 70,0-80,0 xD 109/1) sepsisda aniqlanadi;
• toksik moddalar ta'sirida (xasharotlar zaxari, endotoksinlar), 
ionizirlovchi radiatsiya (nurlangan zaxoti);
• kortikosteroidlar, 
adrenalin, 
gistamin, 
atsetilxolin 
ta'siri 
natijasida;
• to‘qimalar yemirilishida (nekrozda), 
miokard 
infarktida, 
periferik 
arteriyalar trombozida gangrenalar rivojlanishi 
bilan,
20


kuyishlarda, ekssudativ plevritda, perikarditda, uremiyada, buyrak 
komasida;
• shikastlanishlar oqibatida qon yuqotilganda, ichki, ginekologik 
va boshqa qon ketishlarda.
Infeksion kasalliklarda leykotsitlar sonining ortishi, qo‘p xollarda 
leykotsitar formulani chapga siljishi bilan birga kuzatiladi.

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin