Kataliz. Turlari. Umumiy tamoyillar. Kattalitik reaksiya mexanizmlari. Fermentativ kataliz



Yüklə 108,11 Kb.
səhifə1/8
tarix15.10.2023
ölçüsü108,11 Kb.
#155690
  1   2   3   4   5   6   7   8
portal.guldu.uz-KATALIZ. TURLARI. UMUMIY TAMOYILLAR. KATTALITIK REAKSIYA MEXANIZMLARI. FERMENTATIV KATALIZ

KATALIZ. TURLARI. UMUMIY TAMOYILLAR. KATTALITIK REAKSIYA MEXANIZMLARI. FERMENTATIV KATALIZ.

REJA:

REJA:

1.Asosiy tushunchalar.

2.Gomogen kataliz.

3.Geterogen kataliz.

4.Kataliz nazariyalari.

5.Fermentativ kataliz haqida tushunchalar

Asosiy tushunchalar.

Asosiy tushunchalar.

Kataliz-katalizatorlar ishtiroqida boruvchi reakstiyalarni o’rganuvchi fizik kimyo fanining bo’limidir. Hozirgi kunda kimyoviy va oziq-ovqat sanoatining korxonalaridagi mahsulotlarni 90% idan ortig’i kattalitik reaksiyalar hisobiga olinadi. Ammiak, nitrad kislota, azot o’g’itlarini olish, neftni qayta ishlash (kreking, riforming, izomerlash gidrotozalash) neftkimyo jarayonlari suniy kauchuk, elestomerlar, sun’iy tolalar olish va shunga o’xshash jarayonlar–katalitik jarayonlarda misol bo’la oladi.

Kataliz xodisasi tabiatda juda ko’p uchraydi. O’simlik va hayvon organizmida ko’pgina jarayonlar biokatalizatorlar (fermentlar) ta’sirida boradi. Yaqingacha, asosan kataliz jarayoning amaliyotigagina ahamiyat berib kelingan edi, faqat so’nggi yillardagina uning nazariyasiga alohida ahamiyat berila boshlandi. Tadqiqotlar katalizatorlar reaksiyalarning aktivlanish energiyasni kamaytirish orqali reaksiyalar tezligini oshirishni ko’rsatdi, ya’ni katalizatorlarning reaksiyalar tezligini oshirishga asosiy sabab, katalizator ishtirokida reaksiya aktivlanish energiyasining kamayishidir (yoki uning maydalanishidir).

Kataliz reaksiya bergan sohaga ko’ra gomogen va geterogen katalizlarga bo’linadi. Gomogen katalizda reaksiya kirishuvchi moddalar va katalizator bir xil fazoda bo’lsa; geterogen katalizda katalizatorboshqa fazoda bo’ladi va kimyoviy reaksiya fazolar chegarasida boradi. qattiq holdagi katalizator va reagentlar suyuq yoki gazsimon holiga amaliyotda ko’p uchraydi.

Katalizatorlar saqlovchanlik (selektivlik) xossasiga ega. Ya’ni hamma kimyoviy reaksiyalarning tezlashtiradigan umumiy katalizator bo’lmaydi.


Yüklə 108,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin