Mavzu: Boshlang'ich sinf o`quvchilarida oʻquv-biluv motivlarini shakllantirish. Reja



Yüklə 21,37 Kb.
səhifə1/2
tarix13.03.2023
ölçüsü21,37 Kb.
#87626
  1   2
Boshlang\'ich sinf o`quvchilarida oʻquv-biluv motivlarini shakllantirish.




Mavzu: Boshlang'ich sinf o`quvchilarida oʻquv-biluv motivlarini shakllantirish.
Reja:



  1. Boshlang’ich sinflarda yuqori bilim, ko’nikma va malakalarni shaklllantirish.

  2. Pedagog olimlar tomonidan olib borilgan qator didaktik tadqiqotlar.

  3. Xulosa.



Boshlang’ich sinf o’quvchilari motivlari sohasini o’rganishga oid anchagina ilmiy tadqiqot ishlari olib borilishiga qaramay, motivlar sohasining korellyasiyasi muammolari hali ham yetarli darajada o’rganilmaganligi sezilmoqda. Keyingi yillarda o’zbek pedagog olimlari tomonidan ham o’quvchilar o’quvbiluv faoliyatini tadqiq etishga oid qator keng qamrovli didaktik tadqiqotlar olib borildi. Shunday ishlar qatoriga O.Roziqov, K.Zaripov, N.Ortiqov, B.Adizov, R.Safarova, R.Asadova, U.Musayev, H.Nazarova, G.Najmiddinova, A.Hamroyev kabi olimlarning izlanishlarini kiritish mumkin. Garchand, bu ishlarda o’quv-biluv faoliyatining turli qirralari yoritilgan bo’lsada, ularda o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirishning ayrim masalalari bayon qilingan, xolos. Chunonchi, R.Safarova o’quvchilarning amaliy faoliyati til materiallarini o’zlashtirish ehtiyojiga ko’ra boshqarilishi zarurligi xususida fikr yuritgan. U o’quvchilarning qiziqishi, faolligi oshirilgan sari amaliy faoliyati ham rivojlana borishini ta’kidlagan. K.Zaripov esa o’qituvchilar malakasini oshirish tizimida o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish komponentlarini ajratib ko’rsatadi. N.Ortiqov o’quvchilar faoliyatida qiziqish, intilish, maqsad, ishonch kabi qator xarakterli xususiyatlarni ajratadi. Bular faoliyatning mahsuldorligi va yo’nalishini belgilaydi. O.Roziqov o’quv topshiriqlarida mazmun, maqsad, vazifa, usulni ularning invariantlari sifatida ajratgan. U o’quv topshiriqlari invariantlarini o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini tashkil etish, boshqarish vositasi sifatida asoslagan edi. B.Adizov boshlang’ich ta’limni ijodiy tashkil etish orqali, A.Hamroyev esa boshlang’ich sinf ona tili ta’limi sharoitida o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini kuzatib, uni an’anaviy ta’lim metodikasidan farqli o’laroq, ijodiy tashkil etish natijasida o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatiga rag’bati, layoqati va qiziqishi oshirilishi mumkinligini asoslab beradilar. G.Najmiddinova tadqiqotlarida o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini shakllantirish masalalariga alohida yondashilib, o’quv materiali va uning ustida ishlash orqali o’quvchilarda. o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirish mumkinligi asoslab beriladi. O’quv-biluv faoliyatiga oid psixologik tadqiqotlar ilmiy izlanishlarning katta qismini tashkil etadi. L.S.Vigotskiy inson faoliyati va psixikasi – ruhiyatining uzviy bog’liqligi tamoyilini asoslagan edi: psixika faoliyatsiz, faoliyat psixikasiz amal qilmaydi. L.S.Vigotskiyning qarashlarini S.L.Rubinshteyn o’z tadqiqotlarida yanada rivojlantirdi. S.L.Rubinshteynning ta’kidlashicha, hissiyotlar faoliyat dinamikasi, sur’ati va tonusini belgilaydi. Shuning uchun ham har bir yosh davri uchun xos bo’lgan motivlar sohasining belgilangan rivojlanish qonuniyatlari ta’limning yangi dasturlarini ishlab chiqish hamda unda maxsus vazifalarni belgilash orqali o’quvbiluv motivlarini faollashtirish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. A.N.Leontyev esa motivlar insonga faoliyati uchun, shuningdek, o’quv faoliyati uchun ham turtki bo’ladi va uni yo’naltiradi deb hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, faoliyat – bu subyektning borliqqa faol munosabatidir. Motiv va maqsadning bir-biriga mos kelishi faoliyatning eng muhim xususiyatidir. O’tkazilgan psixologik tadqiqotlar natijasida o’quvchilar faoliyati taraqqiyot darajasini o’rganish, ta’lining psixologik asoslarini bayon qilish, ularda aqliy faoliyat usullarini shakllantirish, qobiliyat va layoqatni tahlil qilish, o’zlashtirish, o’quvchilarning psixik rivojlanishini bayon qilish, ijodiy faoliyat muammolarini yoritish kabi psixologik hodisalar tadqiq qilingan. NATIJALAR Pedagog olimlar tomonidan olib borilgan qator didaktik tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradigan o’qitish omillari ichida o’quv-biluv faoliyatiga motivlashtirish omili birinchi o’rinda turar ekan, ya’ni ta’lim samaradorligi 92% o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirishga bog’liq ekan. Inson tabiatini ozgina bo’lsada tushunadigan kishi buning bejiz emasligini e’tirof etadi. Motivlar didaktik jarayonning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Harakatlantiruvchi motivlarni o’rganish, to’g’ri qo’llash va uni to’g’ri yo’naltira olish pedagogik faoliyat mazmunining asosiy mohiyatini belgilaydi. Motivlashtirish – (lotincha moveo – harakatlantiraman, siljitaman degan ma’nolarni anglatadi) bu o’quvchilarni samarali o’quv-biluv faoliyatiga, o’quv materiali mazmunini faol o’zlashtirishga yo’naltiradigan jarayonlar, metodlar, vositalarning umumiy nomidir. Obrazli qilib aytganda, motivlashtirish tizginlarini o’qituvchi ham, o’quvchilar ham o’z qo’llarida tutib turadilar. O’qitish faoliyati nuqtai nazaridan qarasak, ta’limni motivlashtirish, o’qish faoliyati nuqtai nazaridan qarasak, o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirish haqida gapirish mumkin. Motivlashtirish shaxsning ruhiy holati va munosabatlarining o’zgarish jarayoni sifatida motivlarga asoslanadi. Motiv deganda shaxsni u yoki bu xattiharakatni amalga oshirishga majbur qiladigan muayyan sabab, turtki tushuniladi.
Shuningdek, motiv deganda o’quvchining o’z faoliyati perdmetiga munosabatini ham tushunish mumkin. Motivlar ehtiyoj va qiziqishlar, intilish va hissiyotlar, tayanch tushuncha va ideallar shaklida amal qilishi mumkin. Shuning uchun ham motivlar juda murakkab tuzilma bo’lib, alternativlar, tanlov va qarorlar tahlil qilinadigan, baholanadigan dinamik tizimdir. Motivlashtirishni o’rganish didaktika va pedagogik psixologiyaning markaziy muammolaridan biri bo’lib hisoblanadi. Bu borada muayyan yutuqlar qo’lga kiritilgan, ammo muammoning to’la yechimiga hali erishilgani yo’q. Motivlarning o’zgaruvchanligi, harakatchanligi, xilma-xilligi tufayli ularni muayyan tarkibiy tuzilmasini belgilash, boshqarishning aniq usul va vositalarini belgilash qiyin bo’lib hisoblanadi. MUHOKAMA Ta’lim tizimida mavjud bo’lgan motivlarni turli mezonlarga ko’ra tasnif etish mumkin. Turiga ko’ra ijtimoiy va biluv motivlari farqlanadi. Darajasiga ko’ra esa motivlar quyidagilarga bo’linadi: – Keng ijtimoiy motivlar (burch, mas’uliyat, o’qishning ijtimoiy ahamiyatini tushunish). Eng avvalo, bu shaxsning o’qish orqali o’zining jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini tasdiqlashi bilan belgilanadi. – Tor ijtimoiy (yoki pozisiyali) motivlar (kelajakda muayyan kasb-korni egallashga, atrofdagilarning e’tiboriga tushishga, o’z mehnatiga yarasha munosib taqdirlanishga bo’lgan intilish). – Ijtimoiy hamkorlik motivlari (atrofdagilar bilan turli ko’rinishdagi o’zaro hamkorlik qilishga, sinf jamoasi orasida o’z pozisiyasi va o’rinini belgilashga intilish). – Keng biluv motivlari. Erudisiyaga ko’ra yo’nalish olish, ta’lim jarayoni va uning natijalaridan qoniqish hissi bilan belgilanadi. Kishining o’quv-biluv faoliyati uning hayot faoliyatida yetakchi o’rin egallaydi. – O’quv-biluv motivlari (bilimlarni egallash usullari, muayyan o’quv predmetlarini o’zlashtirishga yo’nalganlik). – Mustaqil ta’lim motivlari (qo’shimcha bilmlarni egallashga yo’nalganlik).
Amaliy pedagogikada bu motivlar yo’nalishi va mazmuniga ko’ra alohida guruhlarga birlashtiriladi:
1) ijtimoiy (ijtimoiy qimmatga ega) motivlar;
2) biluv motivlari;
3) kasbiy ahamiyatga molik motivlar;
4) estetik motivlar;
5) kommunikativ;
6) mavqe-pozisiyali motivlar;
7) tarixiy-an’anaviy motivlar;
8) utilitar-amaliy motivlar.
Aniqlanishicha:
a) jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida o’quvchilar o’quv motivlarining u yoki bu gurhlari yetakchilik qiladi;
b) motivlarning guruhlari o’zaro dinamik bog’liq holda muayyan shart-sharoitlarga ko’ra amal qiladi.
Ana shu bog’lanishga ko’ra o’qishning (o’quv-biluv faoliyatining) harakatlantiruvchi kuchi degan tushuncha paydo bo’ladiki, uning xarakteri, yo’nalganligi va ko’lami motivlarning mujassam ta’siriga ko’ra belgilanadi. Turli xildagi motivlar didaktik jarayonlarning kechishi va natijalariga turlicha ta’sir ko’satadi. Masalan, keng biluv motivlari ko’proq ta’lim mazmunini qamrab olishga intilishda namoyon bo’ladi, amm shunga qaramay bu motivlar o’quv-biluv motivlariga nisbatan kuchsiz bo’ladi. Chunki o’quv-biluv motivlari tor sohada mustaqil faoliyat yuritishga stimullashtiruvchi eng yaxshi vosita bo’lib hisoblanadi. Raqobatchilik muhitida esa ko’proq utilitar-amaliy motivlar hukmronlik qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda maktab o’quvchilari motivlarini maqsadga yo’naltirilgan xatti-harakatlar asosida yotuvchi - qo’zg’otuvchi hamda umumahamiyatga molik bo’lgan qadriyatlarni shaxsiy qadriyatlar darajasiga olib chiqadigan mohiyat kasb etuvchi motivlar singari turlarga ajratish mumkin.

XULOSA

Ta’lim jarayonida o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini motivlashtirishda o’qituvchi juda muhim o’rin egallaydi. Chunki u ta’lim jarayonini tashkil etuvchi va boshqaruvchi subyekt sifatida o’quvchilarning o’quvbiluv faoliyatini ham bevosita boshqarib boradi. Ehtiyojlar, motivlar, stimullar – bir dalaning hosilidir. Ta’lim jarayonida o’quvchilarni stimullashtirish ularda o’quv-biluv motivlarining boshqa motivlardan ko’ra kuchliroq bo’lishiga xizmat qiladi.



Yüklə 21,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin