Kataliz. Turlari. Umumiy tamoyillar. Kattalitik reaksiya mexanizmlari. Fermentativ kataliz



Yüklə 108,11 Kb.
səhifə4/8
tarix15.10.2023
ölçüsü108,11 Kb.
#155690
1   2   3   4   5   6   7   8
portal.guldu.uz-KATALIZ. TURLARI. UMUMIY TAMOYILLAR. KATTALITIK REAKSIYA MEXANIZMLARI. FERMENTATIV KATALIZ

2.Bosimning ta’siri. Umuman olganda, bosim o’zgarishi bilan katalitik reaksiyalarning unumi Le-Shatel’e prinsipiga bo’ysinadi. Lekin geterogen katalitik reaksiyalarda jarayonning birinchi bosqichi adsorbilanish bo’lgani uchun bosim o’zgarishi bilan reaksiyaning tezligi, binobarin, katalizatorning aktivligi ham o’ziga xos ravishda o’zgaradi.

Baezan bosimning o’zgarishi reaksiya yo’nalishini ham o’zgartirish mumkin. Vodorod bilan bo’la oladi. Normal bosimda reaksiyaning asosiy maxsuli metan bo’ladi. Reaksiya oksid katalizatorlar ishtirokida yuqori bosimda olib berilsa, metil spirti, juda yuqori bosimda esa yuqori molekulali spirtlar xosil bo’ladi.

3.Katalizatorning maydalanganlik darajasi (dispersligi).

Katalizator donachalarining o’lchami kichraygan sari uning yuzasi ortib boradi, natijada uning aktivligi ham oshadi. Boshqa tomondan, donachalar kichiklashgan sari reagentlarning diffuziyalanishi qiyinlasha boradi, bu esa katalizator aktivligining kamayishiga sabab bo’ladi. Demak, optimal disperslikni topish zarur.

Umuman katalizatorlarni zaxarlanishini 4ga bo’lishadi;

Umuman katalizatorlarni zaxarlanishini 4ga bo’lishadi;

1.Qaytar zaxarlanishda zaxarlanib aktivligini yo’qotgan katalizatorni turli usullar bilan yana aktiv holga keltirish mumkin.

Masalan, H2O2 ni platina katalizator ishtirokida parchalash reakstiyasida CO zahardir. Bu zaxar ishtirokida reaksiya oldin tez susayib so’ngra asta-sekin o’z-o’zidan yana tezlasha boshlaydi. Buning sababi H2O2 ni parchalanishidan xosil bo’lgan kislarodni CO ni SO2 gacha oksidlashidir. CO2 esa yomon adsorbilanadi va CO2 zaxar emas.

2.Qaytmas zaxarlanishda zaxarlangan katalizatorning aktivligini qaytadan tiklab bo’lmaydi. Masalan H2S, RH3 gazlari ko’p katalizatorni qaytmas zaxarlaydi.

3.Ba’zan reagentdagi oz miqdor zaxar tasirida katalizator progessiv ravishda passivlanadi. Bu xil zaxarlanish kummulativ yoki yig’ilib boradigan zaxarlanish deyiladi. Masalan, H2O2ni platina katalizator ishtirokida parchalanishda katalizatorni yod shunday zaxarlaydi. Vaqt o’tishi bilan reaksiya tegligi kamayib boradi.


Yüklə 108,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin