200
genetik bog‘liqlik yo‘q. tajribalardan ma‘lum bo‘lishicha , qoldiq organdan suyak ,
muskullar olib tashlanganda ham regenerant normal rivojlangan.
Veys maydon tushunchasini embrional rivojlanishda qo’llagan .
tuxum
yagona maydon hisoblanadi. Maydonni bo‘laklarga ajratilsa , ularning
differensiasiyasi va avtonomizasiyasi kuzatiladi.
Embrion qismlari indifferent bo‘lib, butun organizm ta‘sirida rivojlanadi.
Sunday qilib, Veys maydonning hujayra parametrlari
bilan qoniqmasdan
maydonning rivojlanish omili, determinasiya omili degan tushunchalarini qo‘lladi.
Rivojlanayotgan organizmda yangi , yangi maydonlar hosil bo‘ladi. Demak,
organizm organlar yashaydigan maydonlar yig‘indisidan iborat.bu tushuncha ye.
Gienonning regenerasiya maydoni tushunchasiga to‘g‘ri keladi.
Regenerasiyani Veys quyidagicha tushuniladi:regenerasiya maydonidan
undan quyi maydonlar, ya‘ni teri , suyak, muskul maydoni paydo bo‘ladi. Bu
maydonlar determinasiyaga uchrab, yangi organlarni hosil qiladi.
Maydonlar bir
biri bilan bog‘liq bo‘ladi.
Veys gipotezasining kamchiligi hujayra sistemasining passivligidir.
N.K.Kolsov gipotezasi.
N.K.Kolsovning (1934)organizm bir butunligi
haqidagi gipotezasi vitalizmdan holi bo‘lgan gipoteza hisoblanadi. Kolsov bu
muammoni fiziko-kimyoviy yo‘nalish bo‘yicha isbotlashga harakat qilgan.
Oosit va tuxum hujayra ma‘lum tuzilish strukturasiga vapolyarlikka ega.
Oositda rNga bog‘liq holda har xil moddalarga reaksiya beruvchi moddalar
bo‘ladi. Buning ma‘nosi shuki , hujayraning har xil qismi u yoki bu darajada
musbat yoki manfiy zaryadlarga ega bo‘ladi.
Hujayraning ustki qismi manfiy,
yadro va xromasoma musbat zaryadli bo‘ladi. Hujayra hosil bo‘lishida ana shu
zaryadlar maydoni ham unda joylashadi. Maydon kuchi ta‘sirida moddalarning
harakati va potensiallar farqi har xil bo‘lganligi tufayli tok xosil bo‘ladi.
Spermatozoid ta‘siri tufayli tuxumning faollashuvi, nafas olishi rN, membrasining
o‘tkazuvchanligi, va moddalar harakati o‘zgaradi.
Tuxum va spermatozoid yadrosi murakkab harakatdan keyin markazda yoki
animal qutbga yaqin keladi. Kolsov fikricha, bunga
maydon kuchining qayta
zaryadlanishi , potensiallar farqi sabab bo‘ladi. Shundaqy q2ilib, embrion
rivojlanishining boshlanishi maydon kuchi ta‘sirida sodir bo‘ladi. Rivojlanish
davrida maydon kuchi hujayraning har xil joyida har xil potensiallarga ega bo‘ladi.
Hatto nisbatan oddiy bo‘lgan omil –tuxum po'sti o‘tkazuvchanligining
oshishi yoki kamayishi tuxum hujayraning suyuqligidagi tokning o‘zgarishiga olib
keladi bunday o‘zgarish blastomerlar o‘rtasidagi aloqaning ham o‘zgarishiga
olibkelishi mumkin. Har xil potensiallar va ularning o‘zgarishi embrional
rivojlanishining integrasiyaga va blastomerlar joylashuviga ta‘sir etadi.
Rivojlanish davrida embrionning maydon kuchi murakkab lashishi ,
differensiallanishi mumkin, ammo bir butunligicha saqlanib qoladi.
N.K.Kolsov
Chayldning dominant joy , Shpemanning tashkiliy markaz
nazariyalariga qarshi bormasdan, potensiallarningh farqiga oid bosh markaz,
ikkinchi ,uchinchi darajali markazlarhaqida fikr yuritadi. Kolsov fikricha ,Chayld
gipotezasi
analitik, bo;luvchi, maydalovchi gipoteza hisoblanadi. Kolsovning
maydon kuchi gipotezasi esa tuxum rivojlanishining bir butunligini ifodalaydi.
201
Har bir markazdanmaydon kuchi bilan aniqlanadigan gradientlar
tarqaladi.amfibiyalarning blastopor labi gastrullaning shunday maydon kuchi
markaziki, bu kuch rivojlanishning keyingi davri qanday bo‘lishini belgilaydi.
N.K.Kolsovning maydon kuchining fizik xususyatlari haqidagi fikrlarining
oldingi
gipotezalardan farqi shundaki, maydon kuchi embrionga tashqaridan
kiritilmaydi, hujayraning holatidan kelib chiqadi. Biofizikaning XX asrning 30-
yillaridagi holatidan kelib chiqib, Kolsov maydon kuchini bundan ortiq
oydinlashtira olmadi. Embrion har bir qismining holati uning boshlang‘ich
tarkibiga, umumiy maydon kuchiga va atrofdagi markazlarning ta‘siriga bog;liq.
N.K.Kolsov fikrlari induksiya tushunchasini qo‘llashdaShpeman fikrlaridan farq
qiladi. Embrion rivojlangan sari murakkablashib boradi, differensiallashadi.
N.K.Kolsov ―tashqi muhitning maydon kuchi‖tushunchasini qo‘llaydi.
Chunki bu kuch embrionning ichki maydon kuchiga tasir etadi va o‘troq
maydonlarda o‘sish yo‘nalishini belgilaydi. Demak ,Kolsov o‘zining
maydon
kuchi
gipotezasini
yaratishda
embrion
rivojlanishining
fiziko-kimyoviy
xususyatlarini tushuntirishga harakat qiladi.
Endokrinologiya ma‘lumotlariga ko‘ra, rivojlanayotgan embrionning bir- biri
bilan aloqada bo‘lmagan har xil qismlari kimyoviy yo‘l bilan aloqa o‘rnatadi va
biokimyoviy regulyator mexanizm ishga tushadi. XX-asrning 40-yillarida
bezlarning funksional faolligi embrional davrda aniqlandi va ba‘zi embrion
gormonlari embrion rivojlanishining ma‘lum davrida shakl hosil qilish vazifasini
bajarishi oydinlashtirildi.
Qalqonsimon bez gormoni amfibiyalar metamorfozida muhim ahamiyatiga
ega. Jinsiy organlar dastlab hamma embrionlarda bir xil bo‘ladi.embrionlar
dastlabki davrlarda ham urg‘ochilik (myuller), ham erkaklik (volf) kanallariga ega
bo‘ladi.bunday embrionda gonadalarni olib tashlansa volf kanali yo‘qoladi,
myuller kanali saqlanib qoladi. Demak urg‘ochilik jinsiy sistemasi rivojlanishi
uchun jinsiy gormon va tuxumdon kerak emas. Tajribalardan ma‘lum bo‘lishicha ,
erkaklik jinsiy sistemasi rivojlanishi faqat urug‘don jinsiy
gormonlari ishtirokida
sodir bo‘ladi va myuller kanali reduksiyalanib, volf kanali differensiallashadi. Bu
jarayon quyonlar embrionida 19-20 –kunlardasodir bo‘ladi. M.S.Miskevich (1947-
1949)fikricha ,agar qalqonsimon bez faoliyat ko‘rsatmasa, qushlarda suyaklanish
kechikadi, patlar hosil bo‘lmaydi.
N.K.Kolsovfikricha ,gormonlar embrion rivojlanish davrida boshqaruvchilik
vazifasini bajaradi.B.veysberg (1958) har xil morfogenetik jarayonlar haqida
yagona fizik tushuncha ―o‘zgaruvchi maydon ―nazariyasini yaratdi.U
miksomisetlarda elektr pptensial o‘zgaruvchanligini o‘rgandi.Veysberg fikricha ,
hujayralar to‘plami maydonlarga bo‘linib ularning o‘rtasida o‘zgaruvchanlik
kamayadi. Bunday hodisalar keyinchalikmorfogenitik jarayonlarga sabab bo‘lishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: