Reyting savollari
1.
Hujayra differensiasiyasi nima?
2.
Hujayra differensiasiyasining genetik –molekulyar mexanizmini aytib
bering.
3.
Rivojlanish jarayoni uchun
yadroning ahamyatini aniqlashga oid tajribani
ayting.
4.
Hujayra differensiasiyasi va gen muammosi nimalardan iborat?
5.
Hujayra kloni va differensiasiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntring
6.
Ximer hayvonlar yaratishgaoid tajribalar mohiyatini ayting.
7.
Hujayra differensiasiyasining doimiyligi vadedifferensiasiya deganda
nimani tushunasiz?
8.
Malignizasiya nima?
9.
Hujayralar o‘rtasidagi aloqani ayting.
10.
Hujayralar o‘rtasidagi kontakt aloqa va uning turlarini ayting.
11.
Direktiv va bajaruvchi induksiya deganda nimani tushunasiz?
12.
Hujayralar o‘rtasidagi distant aloqani tushuntiring.
13.
Gormonlar va ularning turlarini ayting.
14.
Gormonlar ta‘sirining molekulyar mehanizmini tushuntiring.
15.
Indivudial rivojlanishning gormonal boshqarilishini ayting.
16.
Gametogenez jzarayonlarining gormonal boshqarilishini ayting.
17.
Metamorfoz jarayoning gormonal boshqarilishi qanday amalga oshadi?
18.
O‘sishning gormonal boshqarilishi qanday sodir bo‘ladi?
19.
Orgonogenez va gistogenez jarayonlarining gormonal boshqarilishini
tushuntiring.
20.
To‘qima differensiasiyasining bosqichlarini aytib bering.
21.
To‘qima va hujayra differensiasiyasi genetik jihatdan qanday nazorat
qilinadi?
195
X- BOB. EMBRIONAL MAYDON GIPOTEZASI. FIZIOLOGIK
GRADIENT NAZARIYASI.
ORGANIZM RIVOJLANISHI UNING BIR BUTUNLIGINING
O’ZGARISHI
Rivojlanayotgan organizmning bir butunligi dastlab embrional rivojlanish
davrida namoyon bo‘ladi . Organizm rivojlanish davrida
o‘zgarib ,yangi bir butun
holatga
o‘tadi.
Embrion
hujayralari
inteegrasiya
mexanizmining
―qamog‘ida‖bo‘lib, uning rivojlanishi chegaralangan bo‘ladi. Hujayralarning
biokimyoviy tarkibi, yangi moddalar paydo bo‘lishi yoki yo‘qolishi, shakli va katta
kichikligining o‘zgarishi, bo‘linsh tezligi va boshqa xususyatlari ana shular bilan
bog‘liq bo‘ladi. Bunday holat hamma organizmga hos bo‘lgan xususiyat
hisoblanadi. Rivojlanayotgan organizm rivojlanayotgan belgilaryig‘indisi yoki
oqsillar yig‘indisi bo‘llmay, balki diskret birliklar o‘zoro bog‘lanishi qayta
qurilishining dinamikasi bo‘lib, bu organizm bir butunligi deyiladi.
196
Shakl hosil bo‘lishini ayrim hujayralar misolida tushuntirib bo‘lmaydi.
O.Gertvig (1898) hujayra holati va hujayralarning biologik birlashuvi
tushunchalarini farqlash lozimligini aytgan edi. Embrionni tashkil etadigan
hujayralar turli hil bo‘ladi. Shuning uchun embrion geterogen sistema bo‘lib, uning
har xil qismidagi hujayralar tarkbi, metabolizm intensivligi, bo‘linish tezligi va
differensiallashganligi bilan farq qiladi. Embrional rivojlanishning keyingi
bosqichida va jinsiy voyaga etgan organizmda hujayralarning birikib to‘qima va
organlar hosil qilishi integrasiya deyiladi. Integrasiya tushunchasi ma‘lum organni
yoki organlar sistemasini butun organizm bilan yoki yarim avtonob holatda ishlay
olishini ifodalaydi.
Ko‘plab hodisalar hujayralardan yuqori omillar haqida fikr yuritishga olib
keladi .
1.
oq planariyani o‘rtasidan bo‘lganda, dum qism uchun bosh qism tiklanadi.
Demak, jarohatlangan joyga yaqin bo‘lgan to‘qimalar bosh qism hosil bo‘lishida
ishtirok etadi. Agar oq planariya birinchi tajribaga nisbatan 2-3 mm dumga yaqin
joyidan bo‘laklarga ajratlsa, qandaydir integrasiya mehanizmlari tasirida shu
to‘qimalar bosh qismining tiklanishiga emas, balkin dum hosil bo‘lishiga
sarflanadi. Bu hodisalarni faqat molekulyar va hujayra parametrlari orqali
tushuntirish yetarli emas.
2.
Operasiya yo‘li bilan triton yelka nervining yo‘nalishini orqa oyoq tomonga
o‘zgartiradi. Bu operasiyadan maqsad, shu yo‘l bilan qo‘shimcha oyoq paydo
bo‘ladimi? Degan savolga javob berishdir. Agar bu nervni suzgich qanot yoki
yelka tomonga burilsa, shu organlar shakllanishi mumkin.Quymich nervini ham
normal holatdan oldingi oyoq tomon yo‘naltirish mumkin. Natijada qo‘shimcha
oyoq paydo bo‘ladi. Agar bu nerv dum tomonga yo‘naltirilsa, dumga o‘xshash
o‘simta hosil bo‘ladi. Demak, ma‘lum bir nervga ta‘siri maxsus ta‘sir etish
maydoniga bog‘liq (92- rasm).
92-rasm. Organ maydoniga erkin tugaydigan nerv tolasining joyini
o‘gartirgandan keyingi ta‘siri (E. Gieno, 1927 bo‘yicha). A-nerv tolasini joyini
o‘zgartirish oyoq hosil bo‘lishiga olib kelish; B-elka nervining joyini
o‘zgartirish yelka nervining hosil bo‘lishiga olib kelishi; V-nerv tolasini dum
tomonga olib borish qo‘shimcha dum hosil bo‘lishiga olib kelishi.
3.
To‘qima hujayralari gaploid xromasomali tritonningh oldingi oyog‘ini
diploid xromosomali tritonga ko‘chirib o‘tkaziladi. To‘qima umrining oxirida
uning ma‘lum joyidan qirqib tashlanadi. Bu hujayralar gaploid xromosomali
bo‘ladi. 1927 yilda R. –Gertvig gaploid xromosomali dumli amfibiya lichinkasi
oldingi oyoq kurtagining diploid xromosomali lichinkaning oyoqlarini ta‘sir
maydoniga ko‘chirb o‘tkazdi.Ko‘chirib o‘tkazilgan kurtak yashab ketmasligi va
degenerasiya ga uchrashi mumkin, ammo tushib ketishdan oldin xo‘jayin
to‘qimalarini stimullab, qo‘shimch oyoq paydo bo;lishiga olib keladi. Bu oyoqning
hujayralari diploid xromosomali bo‘ladi. Demak, ontogenetik rivojlanish
qonunyatlarini o‘rganish molekulyar, hujayra ,to‘qima organ organizm darajasidagi
197
har tomonlama tatqiqotlarni talab etadi. Shuning uchun bu muammo bo‘yicha har
xil yo‘nalishdagitatqiqotlar natijalarining mazmuni bir-biriga zid emas.
V.A.Engelgardt (1971) ―molekulyar biologiya tirik tabiatga asoslanib, hayot
hodisalarini o‘rganadi…reduksionizm murakkablikni bilishning yo‘li uni oddiy
bo‘laklarga bo‘lib, tarkibini va tabiatini ishonchli tadqiqot prinsiplari asosida
o‘rganishni bildiradi‖, degan edi.
G.Sele: ‖hujayra hayoti- uning bo‘linmagan moddalarida. Siz bu tirik
kompleksni qancha ko‘p bo‘laklarga bo‘laversangiz, siz shuncha biologiyadan
uzoqlashaverasiz, sizga doimiy o‘lik tabiatga xos bo‘lgan fizik qonunlar qoladi‖,
degan edi. XX –asrning 20- yillarigacha rivojlanayotgan organizmning bir
butunligi muammosi vitalizmning monopolyasi edi. Bu ilmiy bo‘lmagan filosofiya
tarafdorlari tirik tabiatning bir bununligini isbotlashga chuqur ilmiy tahlillarga
asoslanmadilar. Ashaddiy vitalistlardan G.Drish o‘zining indivudial rivojlanish
nazaryasini yaratdi. U Gertvigning blastomer taqdiri uning vazifasi bilan
belgilanadi, degavn g‘oyaga vitalistik yo‘nalish berdi.
G.Drish embrionning hamma hujayralarini ekvipotensial deb hisoblaydi. Uning
fikricha organizmning hamma qismidagi hujayralar bir hil rivojlanish imkoniyatiga
ega. Vitalizmningeksprimwntal isboti sifatida regenerasiya hodisasi va
izolyasiyalangan blastodermdan alohida organizm paydo bo‘lishini keltiradi.
G.Drish
biologiyaga
vitalistik
filosofiyani
olib
kirdi.
Buni
B.P.Tokin(1933)idialistik
epigenez
deb
ataladi.
U
Aristoteldan
―entelexiya‖tushunchasini qabul qildi.
Blastomerlar izolyasiyasiga oid tajribalarga asoslanib, Drish organizmlarning
bir butunligi uning qismlaridabo‘ladi deydi. Yangi bir butun organizm
rivojlanishini materiya tarkibi bilan isbotlab bo‘lmaydi. Agar, deydi u, avtomobilni
ikki qismga bo‘linsa , uning har bir bo‘lagidan yangi avtomobil paydo bo‘lmaydi.
Embrion shunday mashinaki, uning har bir bo‘lagidan yangi avtomobil paydo
bo‘lmaydi. Embrion shundan mashinaki , uning har bir qismi yangi mashinaga
aylanishi mumkin.
Organizm rivojlanishiga oid idealistik qarashlardan yana biri 1931 yilda
V.Brandt tomonidan yaratilgan. Uning fikricha , ontogenezda asosiy hodisa‖tip‖,
―shakl‖ hosil bo‘lishidir. Shakl hosil bo‘lishidir. Shakl hosil bo‘lishi
differensiasiyaga qarama qarshi qo‘yiladi. ―Rivojlanish tipi ―determinasiya
jarayoni orqali amalga oshadi. Determinasiya differensiasiyaga bog‘liq emas.
Differensiasiya pasiv hodisa bo‘lib, unga har xil shaklning determinasiyasi orqali
erishiladi. Shakl ichki intilish tufayli hosil bo‘ladi. Bu vitalistik g‘oyalar ikkita
mulohazaga asoslanadi: rivojlanayotgan materiallarning passivligi, rivojlanishni
belgilaydigan tashqi muhit omillari.
Biologiyada vitalistik g‘oyalar paydo bo‘lishining asosiy sababi tirik
materiyaning
bir
butunligini
o‘sha
davrlarda
mexanik
ravishda
tushuntirilganligidadir.ammo
Drish
tajribalari
determinasiya,
regenerasiya
muammolarini
oydinlashtirishga
katta
hissa
qo‘shdi.
Ba‘zi
embriologlar(YU.Shaksel)organizm
bir
butunligi
muammosini
yolg‘on,
embriologiyaga xos bo‘lmagan muammo deb atadilar. Ammo embrion
integrasiyasini isbotlaydigan ko‘plab ma‘lumotlar to‘plandi. Embrion integrasiyasi
198
va organizm bir butunligi muammosining individual rivojlanish nazaryasi bilan hal
etilmasligi embrional maydon gipotezasining yaratilishiga sabab bo‘ldi.
Organizmning har bir qismini alohida o‘rganib , butun organizm rivojlanishi
haqida xulosa chiqarib bo‘ladimi?
Rivojlanish jarayonini boshqarishga oid bir necha xildagi ma‘lumotlar
to‘plangan . ularning eng muhimlari quyidagilar:
1.butun organzm yoki uning tirik qismlarining rivojlanishi ma‘lum tartib asosida
boradi. Faqat ayrim hayvonlarning ayrim organlari ma‘kum sondagi hujayralardan
iborat. Bunday holatlarda ma‘lum nazorat bo‘lishi kerak .
2. Solishtirma embriologiya ma‘lumotlariga ko‘ra, bir tipga kiradigan , ammo bir
–biridan uzoq turlar ham rivojlanish davrida ma‘lum o‘xshashliklarni namoyon
qiladi. Bu ham rivojlanish jarayoning bir butun boshqarilishidir.
3.organizm bir butunligi va uning boshqarilishining ishonchli dalili embrional
regulyasiya va u bilan bog‘liq hodisalardir . organizmning bir butun
boshqarilishi organizmning murakkabligiga bog‘liq .
Ammo keyingi yillarda o‘z –o‘zini hosil qiladigan ko‘plab tirik sistemalar
aniqlandi. Bu sohani o‘rganadigan mahsus izika –matematika fani sinergetika
paydo bo‘ldi va biologik sistemalar bir butunligining boshqrilishi o‘rtasida yaqin
aloqa o‘rnatilmoqda . ayni paytda rivojlanishning bir butunligi ni nazorat qilish va
boshqarishning quyidagi muammolari o‘rganilmoqda:
1.
Ch. Chayldning fiziologik gradient gipotezasi va undan kelib chiqadigan
pozision axborot haqidagi qarashlar.
2.
morfogenetik maydon gipotezasi.
3.
sinergetik qarashlar asosida paydo bo‘lgan dissipativ struktura modeli.
Dostları ilə paylaş: |