202
bo‘lgan integrasiya dastlabki davrlardan boshlab o‘zgarib, yangi organlar xosil
bo‘lib boraveradi.rivojlanayotgan organizm bir butunligining dinamikasi faqat
morfologik usullar bilan emas,
balki fiziologik, biokimyoviy va biofizikaviy
tadqiqotlar o‘tkazishlar yo‘li bilan ham o‘rganish mumkin.
Embriologiyada amerikalik fiziolog, embriolog va biolog Ch. ChayldningXX –
asrning 20- yillarida taklif etgan fiziologik gradient nazaryasi katta ahamiyatga
ega. Bu nazaryani ―aksial‖ gradient nazaryasi ham deyiladi. Bu nazariya Chayld va
uning izdoshlari tom onidan ko‘plab tajribalar orqali isbotlandi. Bu nazaryaga
ko‘ra, hayotiy jarayonlarning intensivligi gavdaning har xil qismlarida turlicha
bo‘lib, gavda o‘qi bo‘yicha ma‘lum qonuniyatga asosan pasayib boradi. Chayld
bo‘yicha ,hayotiy jara yonlar intensivligining asosiy ko‘rsatkichi
metabolizm
darajasi bo‘lib, u oksidlanish –qaytarilish jarayonlari intensivligi bilan aniqlanadi.
Chayld fikricha ,metabolizm darajasidagi son jihatdan farq yoki gradient
evolyusiya jarayonida integrasiya mexanizmi primitiv holatda bo‘lgan
organizmlarda oddiy sistemadan iborat bo‘ladi. Chayld o‘z nazaryasini o‘simliklar,
sodda hayvonlar, kovakichlilar, chuvalchanglarda integrasiya
jarayonini tahlil
qilishga qo‘lladi. Ammo fiziologik gradient yuksak hayvonlar embrioni va
hayvonlar organlarining tashkil bo‘lishida ham qo‘llaniladi. Gradient lotincha
gradiens – farq, ketma-ket, asta- sekin, oldinga boruvchi degan ma‘noni bildiradi.
Gradient organizm rivojlanishida morfologik va fiziologik xususyatlarning
tuxum, embrion, organ yoki voyaga yetgan organizmda son jihatdan
o‘zgarishining qonunyatlarini ifodalaydi. Masalan,
amfibiyalar tuxumida sariq
moddasining vegetativ qutbidan animal qutbga kamayib borishi, kovakichlilar va
chuvalchanglar gavdasi har xil qismlarining zaharli moddalarga sezgirligining har
xilligi gradient hisoblanadi. Bu nazaryaga ko‘ra rivojlanayotgan embrion yoki
tuxumda dastlab metabolizm intensivligi gradienti paydo bo‘ladi, keyin shu asosda
morfologik differensiasiya sodir bo‘ladi (94-rasm).
94-rasm. Amfibiyalar tuxumida ikki tomonlama gradient sxemasi. Vertikal chiziq
sariqlik moddasi kamayishini bildiradi (vegetativ qutbdan animal qutbga). Qiyshiq
chiziq dorsoventral gradientni bildiradi (A.Dalk, 1938 bo‘yicha).
Gradient tashqi muhit omillari ta‘sirida hosil bo‘lishi mumkin.
Gavdaning
turli
qismlari
fiziologik
faolligining
farqi
fiziologik
gradientborligiga qanday bo‘lishi mumkin?bunda asosiy usul gavdaning turli
qismlari differensial sezgirligini kislota, nafas olishni pasaytiruvchi moddalar, nur
energiyasi ta‘sirida aniqlash mumkin.
Tufelkani (Paramecium caudatum)NSl eritmasida, metil ko‘kining
yuqori
konsentrasiyasida, KCl, kislorod yetishmaydigan sharoitlarda, ultrabinafsha nurlar
tasirida saqlansa, gavdaning hamma tomonidan ushbu ta‘surotlar ta‘sir etadi (95-
rasm).
95- rasm. Paramecium caudatum sezgirligi (Ch.Chayld, 1926 bo‘ycha).
A-G- ultra binafsha nur tasirida; D, Z_metil ko‘kining ta‘sirida;I,K-KSl; L,M-
kislorod yetishmovchiligi ta‘sirida.
203
Ammo o‘lim aniq bir yo‘nalishda sodir bo‘ladi, ya‘ni oldindan orqaga sezish
gradienti bo‘yicha , yoki gavdaning oldingi qismidan boshlanib o‘lgan qismi tirik
qismidan ajrala boshlaydi. Shunday holatni gidrada ham kuzatish mumkin.
Planariyada o‘lim bosh qismdan boshlanadi. Bunday qiziqarli holatni Chayld
fiziologik gradient faolligi mavjudligi bilan isbotlaydi. Metabolizm gavdaning
biror qismida qancha intensiv bo‘lsa, shuncha tezlik bilan ta‘surotlarga javob
beradi. Agar zahar konsentrasiyasi qancha kam bo‘lsa, Chayld fikricha , hayvon
shuncha tezlik bilan moslashadi, tez sog;ayib ketadi chayldning fizikaviy va
kimyoviy omillarning zaharlovchi ta‘siri ixtisoslashmaganligi,
zaharli
moddalarning , yuqori haroratning , ultrabinafsha nurlarining ―zaharlash gradienti‖
bir hil ekanligi haqidagi muloxazalari ham muhumdir. Bu ma‘lumotlar albatta,
organizm bir butunligining alohida holatini ifodalaydi.
Chayldning gradient nazaryasining muhim qoidalaridan biri gavdaning turli
qismlari o‘rtasida son jihatdan farq bo‘lishi, ya‘ni hujayralar soniturlicha bo‘lishi
haqidagi qoidadir. Chayld va uning izdoshlari yuksak hayvonlar embrioni haqida
ham fikr yuritgan fiziologik gradientlarning embrion hujayrasi va to‘qimasidagi
differensiasiyani sifat o‘zgarishlari borguncha topish mumkin. Shundan keyin
fiziologik gradientni butun embrionda emas balki organlar hosil bo‘lishida kuzatish
mumkin . chayld nazaryasiga ko‘ra, gradient hujayra differensiasiyasi va
morfogenezigacha kuzatiladi. Ba‘zan tuxum hujayra gonadaga yoki folikulaga bir
tomoni bilan yopishgani uchun gradient paydo bo‘ladi. Chayldning ―Tuzilish
rejasi va rivojlanish muomolari‖ (1941)kitobida ko‘plab
gradientlar haqida fikr
yuritilgan va ular aloqasining buzilishlarini sabablari tahlil qilingan.
Dostları ilə paylaş: