Ifa immunoblot psr radioimmun reaksiyalarining yuqumli kasalliklar diagnostikasida qo’llanilishi,kuyish texnikasi Reja



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə5/6
tarix25.04.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#102078
1   2   3   4   5   6
IFA immunoblot PSR radioimmun reaksiyalarining yuqumli kasalliklar diagnostikasida qo

Dezinfeksiya – mikroblar va viruslar bilan zararlangan buyumlarni, asboblarni, idishlarni, kiyim-kechaklarni zararsizlan-tirish.

Dezinfeksiya 3 usulda o‘tkaziladi:

1. Mexanik usul – zararlangan buyumlarni, idish-tovoqlar, kiyim, ko‘rpa-to‘shaklarni yuvish, supirish, qoqish, artish yo‘llari bilan zararsizlantirish.

2. Fizik usul – zararlangan buyumlarni nurlar ta’sirida, qaynatish, bug‘lash yo‘llari bilan zararsizlantirish.

3. Kimyoviy usul – zararlangan buyumlarni kimyoviy mod-dalar ta’sirida zararsizlantirish.

Quyidagi kimyoviy moddalar dezinfeksiyalash uchun qo‘lla-niladi: xloramin va xlorli ohak eritmalari 0,1, 0,2, 0,5, 1,0, 2,0 10%, 20% lik, furatsillin 1:5000 eritmasi, margansovka 1:1000 eritmasi, lizol, fenol, sulema, formalin va boshqalar.

Bu eritmalar yordamida bino eshik-derazalari, poli artiladi, yuviadi, chiqindilarga eritma yoki kukun shaklida sepiladi, jarrohlik asboblari kimyoviy moddalarning eritmalariga botirib qo‘yiladi.

Dezinfeksiya o‘tkazish vaqtiga ko‘ra 3 turga bo‘linadi:

1. Profilaktik dezinfeksiya – bunda har bir odam foydalanishi mumkin bo‘lgan buyumlar, idish-tovoqlar muntazam ravishda zararsizlantiriladi.

2. Joriy dezinfeksiya – bemor yashab turgan xona u foyda-langan buyumlar, asboblar, idish-tovoqlar muntazam ravishda zarar-sizlantirib turiladi.

3. Yakunlovchi dezinfeksiya – bemor uyidan shifoxonaga yuborilganda u yashab turgan uydagi xona dezinfeksiya qilinadi, yoki bemor shifoxonada yotgan xonadan boshqa xona yoki boshqa bo‘limga ko‘chirilsa, yoki uyiga javob berilsa, u yotgan xona dezinfeksiya qilinadi.



Dezinseksiya - hashoratlarga qarshi kurashishdir.

Dezinseksiya 3 usulda o‘tkaziladi: mexanik, fizik, kimyoviy.

Amaliyotda kimyoviy dezinseksiya ko‘p ishlatiladi. Buning uchun hashoratlarga qarshi xlorofos, dixlofos, muksin va boshqa kimyoviy moddalar qo‘llaniladi.

Deratizatsiya - kemiruvchilarga (sichqon, kalamush, yum-ronqoziq va boshqalarga) qarshi kurashish tadbiridir.

Deratizatsiya 3 usulda o‘tkaziladi:




    1. Mexanik usul – kemiruvchilarga tuzoq, qopqon, to‘r qo‘yiladi.


    2. Kimyoviy usul – rux, fosfid, zookumarin, margumush kabi zaharli moddalar kemiruvchilarning iniga qo`yiladi.


    3. Biologik usul-kemiruvchilarga turli xil kasallik mikroblari yuqtiriladi. Bu mikroblar ularning ovqat moddalariga aralashtirib inlariga qo‘yiladi. Natijada kemiruvchilar kasallanadi va nobud bo‘ladi.





Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin