Ifa immunoblot psr radioimmun reaksiyalarining yuqumli kasalliklar diagnostikasida qo’llanilishi,kuyish texnikasi Reja


Mikrob tashib yuruvchi sog` odamlar va ularning aholi orasida yuqumli kasalliklarni tarqalishidagi roli



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə2/6
tarix25.04.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#102078
1   2   3   4   5   6
IFA immunoblot PSR radioimmun reaksiyalarining yuqumli kasalliklar diagnostikasida qo

Mikrob tashib yuruvchi sog` odamlar va ularning aholi orasida yuqumli kasalliklarni tarqalishidagi roli.

Ayrim odamlarga qandaydir yuqumli kasallikning mikrobi, virus va boshqa (agent)lari yuqqanida u kasallanmaydi yoki o‘zi sezmagan holda kasallikning yengil shaklini o‘tkazadi. Kasallik belgilari yuzaga kelmagani yoki yengil o`tgani uchun u odam davo-lanmaydi, shu bois u ichaklarida, o‘t xaltasida, o‘pkasida, qonida mikrob (virus)ni tashib yuradi va o‘zi sezmagan holda uzoq muddat davomida boshqa odamlarga yuqtiradi. Bunday holat ko‘pincha gepatitning B,C turlarida, ich terlama, ich burug‘, sil, gijja, OITS va boshqa kasalliklarda bo‘ladi.

Mikrob tashib yuruvchi bunday sog‘ odamlar yuqumli kasal-liklarning tarqalishida, ya’ni epidemiologik jarayonda katta rol o‘y-naydi. Shu sababli hamma odamlar ishga qabul qilinishida, o‘qishga kiruvchi abituriyentlar, o‘quvchilar, bog‘chaga qabul qilinuvchi bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Tibbiy ko‘rikda mikrob tashib yuruvchi odam aniqlansa u davolangandan keyingina ishga, o‘qish-ga, bolalar bog‘chasiga qabul qilishga ruxsat etiladi.

Endemiya. Epidemiya. Pandemiya.

Endemiya. Qandaydir yuqumli kasallik ma’lum bir chegara-langan hudud (ko‘cha, mahalla, qishloq, tuman shahar) aholisi orasida bir necha yillar davomida vaqti-vaqti bilan (har yil, yoki har 2-3-5 yilda) takrorlanib, tarqalib turishi. Masalan, qorin tifi, brutsel-lyoz, bezgak, gepatit va hokozo.

Epidemiya. Qandaydir yuqumli kasallikni viloyat, respub-lika miqyosida tarqalishi. Masalan, Gripp.

Pandemiya. Qandaydir yuqumli kasallikning bir necha mam-lakatlarda bir paytning o‘zida keng miqyosda tarqalishi. Masa-lan,Gripp, OITS.

Immunitet. Odam organizmining yuqumli kasallikka beril-maslik xususiyati, ya’ni organizm o‘z-o‘zini yuqumli kasallikdan himoyalash xususiyatidir.

Immunitet xususiyati hamma odamlarda bir xil bo‘lmaydi. Birovda 1-2 ta, birovda 3-4 va undan ko‘proq kasallikka qarshi immunitet bo‘lishi mumkin. Ayrim tez-tez kasallanadigan, uzoq muddat davomida xastalikda bo‘lib zaiflashgan, o‘ta charchagan, ovqatning sifati yaxshi bo‘lmagan odamlarda immunitet umuman bo‘lmasligi yoki avval bo‘lgan immunitet organizm biror kasallik (Masalan, OITS) tufayli zaiflashganligi sababli yo‘qolishi mumkin.




Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin