Ifa immunoblot psr radioimmun reaksiyalarining yuqumli kasalliklar diagnostikasida qo’llanilishi,kuyish texnikasi Reja



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə1/6
tarix25.04.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#102078
  1   2   3   4   5   6
IFA immunoblot PSR radioimmun reaksiyalarining yuqumli kasalliklar diagnostikasida qo



IFA immunoblot PSR radioimmun reaksiyalarining yuqumli kasalliklar diagnostikasida qo’llanilishi,kuyish texnikasi


Reja:

1. Yuqumli kasalliklar haqida tushuncha.

2. Infeksiya va uning tarqalish yo‘llari.

3. Mikrob tashib yuruvchi sog` odamlar.




Yuqumli kasalliklar haqida tushuncha. Odam organiz-miga ko‘zga ko‘rinmaydigan mikroorganizmlarning kirishi (yuqi-shi) natijasida yuzaga keladigan xastaliklar yuqumli kasallik deyi-ladi.

Yuqumli kasalliklarning turi juda ko‘p bo‘lib, ularning har birini maxsus mikroorganizm, ya’ni mikrob (bakteriya), virus, rekketsiya, spiroxeta, zamburug‘ va boshqa agentlar qozg‘atadi.

Yuqumli kasallikni qo‘zg‘atuvchi (yuzaga keltiruvchi) mik-roorganizmning hammasini birlashtirgan holda infeksiya deyiladi. Shu bois yuqumli kasallikning ikkinchi nomi infeksiyon kasal-liklardir.

Infeksiyon kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi (yuzaga keltiruvchi) mikrob (bakteriya)larning 1000 dan ortiq, viruslarning 100 dan ortiq turlari borligi aniqlangan. Ularning hammasi umumlashtirilgan holda infeksiya yoki infeksiyon agent (faktor) deyiladi.



Infeksiyaning tarqalish yo‘llari. Yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atadigan infeksiyon agentlar (mikrob, virus va boshqalar mikroorganizmlar) quyidagi yo‘llar orqali odamga yuqadi:

- zararlangan havo-nafas a’zolari orqali (gripp, sil, qizamiq va boshqalar…);

- zararlangan suv, oziq-ovqat, idish-tovoq, yuvilmagan qo‘l bilan ta’omlarni iste`mol qilish orqali (qorin tifi, salmonellyoz, ichburug`, gepatit “A” va boshqalar…);

-odam tanasi jarohatlanganda, ya’ni teri kesilganda, qiril-ganda, kuyganida tashqi muhit (havo, suv, tuproq) lardagi, zarar-langan buyumlardagi mikrob va viruslar terining jarohati orqali odam tanasiga kiradi (qoqshol, saramas, kuydirgi va boshqalar);

- jinsiy yo‘l orqali (OITS, zaxm, suzak kabilar);

- kasallik yashirin kechayotgan bemor odamdan olingan qon yoki uning zardobi davolash maqsadida boshqa odamga quyilganda (OITS, gepatit B,C kabilar);

- bir bemorga ishlatilib chala sterillangan yoki umuman sterillanmagan shprits, igna va boshqa tibbiy asboblar, sartaroshlik asboblarini boshqalarga ishlatish tufayli OITS, gepatit B,C zambu-rug`lar qo`zg`atadigan teri kasalliklari va boshqa kasalliklar yuqadi;

- kasallangan hayvon va parranda mahsulotlarini yaxshi pishirmasdan iste`mol qilganda (go‘sht, tuxum, sut kabilar) brutsel-lyoz va boshqa kasalliklar yuqadi;

- kasallangan hashorotlar (bit, burga, kana, chivin kabilar) chaqqanda tepkili terlama, bezgak, gemorragik isitmalar yuqadi;

- kasallangan mushuk, it, qoramol kabilarni parvarish qilgan-da (zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan trixofitiya, mikrosporiya, parsha va boshqa kasalliklar);

- quturgan it, mushuk, sichqon, kalamush, qoramol, kemiruv-chilar tishlaganda, tindalanganda quturish, chuma va boshqa kasal-liklar yuqadi.


Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin