Ifa immunoblot psr radioimmun reaksiyalarining yuqumli kasalliklar diagnostikasida qo’llanilishi,kuyish texnikasi Reja


Odam organizmning immunitet xususiyatini mustah-kamlashga yo`naltirilgan tadbirlar



Yüklə 54,5 Kb.
səhifə4/6
tarix25.04.2023
ölçüsü54,5 Kb.
#102078
1   2   3   4   5   6
IFA immunoblot PSR radioimmun reaksiyalarining yuqumli kasalliklar diagnostikasida qo

Odam organizmning immunitet xususiyatini mustah-kamlashga yo`naltirilgan tadbirlar.

Yuqoridan bayon etilgandek, biror yuqumli kasallik bilan xastalanib tuzalish natijasida shu kasallikni qo`zg`atuvchi mikroor-ganizmga qarshi organizmda spetsifik tabiiy faol immunitet paydo bo`ladi. Sog` bolalar va odamlarni vaksinatsiya qilish yo’li bilan ularda ba’zi kasalliklar, aniqrog’i hamma odamlarda 8 ta yuqumli kasallikka qarshi spetsifik sun`iy immunitetni hosil qilinadi. Sog` odam, ya`ni donorni vaksinatsiya qilish natijasida uning orga-nizmida sun`iy immunitet hosil qilinadi. Bu odamning qon plaz-masini yoki qonidan tayyorlangan gammaglobulinni davolash maq-sadida bemorga yuborish natijasida uning organizmida vaqtincha foyda beradigan passiv (nofaol) immunitet hosil qilinadi.

Bulardan tashqari odam organizmi immunitet xususiyatini, umuman tashqi muhitning hamma noqulay ta`sirlariga qarshi o`z-o`zini himoya qilish xususiyatini (chidamliligini) mustahkamlashga gigiyena qoida va talablariga asoslangan quyidagi tadbirlar asosida erishish mumkin;

- har bir odam o`zida sog`lom turmush tarzini shakllantirishi;

- gigiyena qoidalariga asoslangan kun tartibiga rioya qilish;

- oqilona ovqatlanish;

- jismoniy va aqliy mehnatni organizmning imkoniyatlarini hisobga olgan holda me`yorida bajarish;

- organizmni chiniqtirish;

- jismoniy tarbiya mashg`ulotlari bilan muntazam shug`ul-lanish;

- zararli odatlar (tamaki chekish, nos otish, giyohvandlik)ga berilmaslik;

- yuqumli kasalliklarning yuqish yo`llari, himoyalanish qoidalarini bilish va ularga amal qilish;

Kundalik ijtimoiy hayotda yuqorida bayon qilingan gigiyenik qoida va talablarga amal qilish, sanitariya madaniyatiga ega bo`lish kabilar odam organizmining kuch-quvvatini, chidamliligini oshirib, nospetsifik immunitet xususiyatini mustahkamlaydi. Uning yuqumli va yuqumli bo`lmagan turli xil kasalliklardan o`zini-o`zi himoya qilishiga imkon yaratadi.



Dezinfeksiya. Dezinseksiya. Deratizatsiya.


Yüklə 54,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin