I oliy va o`rta


Ta’lim-tarbiyaning falsafiy muammolari



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/51
tarix16.12.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#75531
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51
Ta’lim-tarbiyaning falsafiy muammolari 
Forobiyning pedagogik qarashlari ta‘lim-tarbiya xaqidagi ta‘limotni o‗rganishda 
inson xislatlari to‗g‗risidagi falsafiy qarashlari nixoyatda muxim axamiyat kasb etadi. 
Forobiy o‗zining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini ruxiyatini moddiy va 
ma‘naviy olamni o‗rganishga axamiyat beradi. 
Forobiy ta‘limmoticha inson barcha boshqa jismlardan bo‗lmagan qobilyat va 
kuchga ruxiy quvvatlarga aql va so‗zlash qobiliyatiga ega. Bu kuch uning tabiyatdaga 
boshqa jismlardan ajratib turadi va uning ustidan xokim bo‗lish imkonini beradi. 


45 
Forobiy o‗simlik va insonga oid bo‗lgan xususiyat va qobiliyatlarni bir butun xolda 
quvvat atab uni o‗sish quvvati xayvoniy quvvat va insoniy deb 3 ga ajratadi. 
Forobiy o‗z dunyokarashida narsa xodisalarni bilish inson aqlini bilim bilan 
boyitish uni ilimli ma‘rifatli qilish uchun xizmat qiluvchi ruxiy jarayonga aloxida 
e‘tibor beradi. 
Forobiy o‗z asarlarida bilishning 2 bosqichi xissiy bilish va aqliy bilish xaqida 
fikr bildirib, xissiy bilishning darajalari kelib chiqishi rivojlanishi xaqida fikr bildiradi. 
U bilish jarayoni va inson bilimining kelib chiqishi xaqida shunday deydi. 
«Inson bilimlarini aql va sezish organlari orqali qo‗lga kiritadi. Seziluvchi 
obrazlar esa xis etish orqali aqliy obraz seziluvchi obrazlar orqali bilinadi. 
Forobiy xikmat asoslari risolasida sezish turlariga xarakteristika berib, tashqi 
ob‘ektning sezgi a‘zolariga ko‗rsatgan ta‘siri natijasida uning o‗zgarishini aloxida kayd 
etadi. 
Forobiy ta‘limoticha insonning besh sezgi a‘zosi besh turli vazifani bajarishga 
muvofiqlashgan bo‗lib ular tashqi muxitdan olgan xabarlarni bir yagona markazga olib 
keladi va bu markazda barcha xabarlar obrazlar umumlashadi. Odam a‘zolarining 
markazi yurak butun tana va uning a‘zolarini qon bilan taminlaydi. Kon yurak orqali 
butun a‘zolarga tarqaladi. Ikkinchi markaz miyadir, miya xam qon bilan tirik bo‗lganligi 
sababli, yurakka bo‗ysunadi, ya‘ni yurakdan qon oladi lekin, shu bilan birga u butun 
a‘zolarga raxbarlik qiladi, o‗z buyrugini bo‗ysundiradi ularni ma‘lum mo‗tadillikda 
ushlab turadi. Demak, Forobiyning fikricha 1-dan insondagi ruxiy jarayonlar bilan 
fiziologik-anatomik jarayonlar ruxiyat, a‘zo bilan bog‗liq, 2-dan yurak insonning 
biologik xayoti miya esa ruxiy ma‘naviy xayotni boshqarib turadi. 
Forobiy faylasuv sifatida ruxiy jarayonlarni insoning aqliy axloqiy ma‘naviy 
rivojiga bog‗liq xolda o‗rganishga va talqin etishga xarakat qiladi.shuning uchun xam u 
o‗z asarlarida sezgilar va aqliy bilish fikirlash kabi jarayonlarga juda katta e‘tibor beradi 
va ular xaqida boshqa ruxiy jarayonlar, Masalan xotira, tasavvur, diqqat, xis tuyg‗u, 
iroda, qobiliyat, malaka kabi shaxsiy xislatlarni bilish jarayoni bilan bog‗liq xolda so‗z 
yuritadi. 
Insonga xos bo‗lgan va uning ma‘naviy yuksalishida muxim axamiyat kasb 
etuvchi taffakkur va nutqning rivojlanishi ta‘lim-tarbiyaning asosini tashkil etuvchi 
muxim jarayondir. 
Aql deb yozadi Forobiy jisimlarini bunday xislatlardan xoli xolda tekshirganda bu 
faqat jisimlarning moxiyati nimadan iborat ekanligini va sezgilardan nimalar 
mavxumlashtirilganini aniqlashga qaratilgan bo‗ladi. jisimnga u bilan bog‗liq bo‗lgan 
belgilardan ajratib oluvchi aql faoliyati shu jisimning faqat moxiyatini tekshirish uchun 
xizmat qiladi.
Inson tafakkuri va nutqining fazilatlari grammatika va mantiq fanining rivojiga 
uning ayrim masalalarini taxlil etishga, juda katta e‘tibor beradi. U Aristotelning 
mantiqqa oid barcha asarlariga sharxlar yozadi va mantiqning turli bo‗limlari tushuncha 
xukm «diduksiya», isbotlash kabilarga bag‗ishlangan risolalar yozib, qoldirdi. Uning 
ruxiyat va mantiqa oid fikirlari ta‘lim-tarbiya soxasidagi ta‘limotning tabiy ilmiy 
nazariy asoslari bo‗lib xizmat qiladi. 


46 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin