I oliy va o`rta



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/51
tarix16.12.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#75531
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51
Identiv o‘quv maqsadlari 
1.3 O`zbek xalqining asrlar davomida mehnatga bo`lgan munosabati haqida 
gapiradilar. 
1.4 Xalqimiz qo`llagan usul va vositalarni bir-biriga solishtiradilar. 
1-asosiy savolning bayoni: 
 O‗zbek xalqi asrlar davomida yosh avlodni mustaqil hayotga tarbiyalashga 
aloxida etibor beradi. U o‗z xayotida turmush kechirish uchun ishlab chikarish 
vositalarini yaratish zarurligini turmushda o‗z talabini qodirish uchun mexnat kilish 
kerakligini angladi.Mexnatning moxiyatini shu ma‘noda anglash qadimgi jamiyatga xos 
asosiy xususiyat bo‗ladi, Davr o‗tishi ijtimoiy siyosiy hayotga o‗zgarishlar natijasida 
aqliy mexnat tarbiyasi jismoniy mexnat tarbiyasidan ajraladi. Natijada mexnat va 
mexnat tarbiyasiga munosabat xam o‗zgaradi, bolalarni turli jismoniy mexnatga 
tarbiyalash birinchi o‗ringa qo‗yildi. 
Inson va jamiyatning yashashi barqarorligi uchun mexnat qilish mexnatni sevish 
–kishi kamolotining me‘eri bo‗ladi, bu goya Xalq yaratgan «Mexnat farogat chirogi», 
«Ish insonning gavxari», «Daraxt yaprogi bilan ko‗rkam, Odam mexnati bilan»,
«Odamni mexnat bezaydi»,» «Mehnat xurmatning toji», «Yer xazina, mexnat kaliti», 
«Yigit xusni mexnatda», kabi maqollarda o‗z ifodasini topdi. 
Mehnat insonni uch balodan: yurak siqilishi, axloqiy buzulishdan, muxtojlikdan 
saqlaydi. mexnat qilmaanlarga mexnatni sevmaganlarga boshqalar mexnatini tatimoqchi 
bo‗lganlarga salbiy munosabatlarni: «Bekorchidan xudo bezor», «Tekinxo‗rga shavqat 
yo‗q», . «Baxt yalqovga begona», kabi maqollaridan,. Yalqov, ishyoqmaslar ikki 
farzand orttiradilar :zorlik , badbaxtlik,. mexnatni sevmagan yalqov kishi xar turli 
noqobil ishlardan tortinmaydi, kabi xikmatlarda ifodalaydi. 
Xalq mexnat xaqidagi o‗y fikirlarni, mexnatsevarlik fazilatlarini ijod etgan 
qo‗shiqlarida xam ifodalyadi. Buni biz Maxmu Koshgariyning «Devoni Lugati turk», 
asarida keltirilgan qo‗shiqlar na‘munasida ko‗ramiz. Bu asarda mexnat qo‗shiqlarida 
ibtidoiy jamoa a‘zolarining ovchilik, chorvachilik, bogdorchilik va dexqonchilik xayoti 
mexnat jarayoni, jamoadagi an‘analar, qabila a‘zolarining birgalikdagi mexnati aks 
ettirilgan, Masalan ov xaqidagi qo‗shiqlarda qadimgi kishilarning ovchilik san‘ati ov 
mexnatiga bo‗lgan muxabbati shunday tasvirlanadi 
Chagri berib qushlatur 
Taygon izib tishlatur 
Tilki to‗ngiz toshlatur 
Ardam bila o‗kladim. 


35 
Mazmuni: (yigitlarga) chargi ( ov qushi) berib qush ovlaylik, ov itini (qushlarning 
izidan solib tishlamaylik, tulki to‗ngizni bilan uraylik yutuqlarimiz bilan maqtanaylik., 
Har bir odam fakat o‗zi uchun emas, balki kelgusi avlod uchun yashashi kerak 
xalqning xalol mexnat xaqidagi bu goyalari xarakating «Erta bo‗lsa, kuzda erta 
o‗rasan», 
«Mexnatingni xalol qilsang xuzurini ko‗rasan», kabi makol va mushkulliklardan xayot 
emas faqat tadbir va mexnat o‗tkazadi. Baxtli bo‗lish uchun, mexnatni sevish va roxatni 
mexnatda ko‗rishdir singari xikmatlarda ifodalangan. 
Xalqning mexnatsevarligi, yoshlarni tarbiyalash va o‗stirishda ularda mexnatga 
qiziqish, tuygusini tarbiyalashdan otalar izidan borib, turli kasb egalari bo‗lib 
yetushuvlarida, dexqonchilik, cho‗ponchilik, duradgorlik, bogdorchilik kabi kasblarning 
bo‗lishlari muxim axamiyat kasb etadi. Kasb egalari bo‗lgan otalar, o‗z farzandlarini 
amaliy mexnatga tayyorlashni ularga mexnat malakasini va turli xil ishlarni bajarish 
qobiliyatini shakillantirish va kamol toptirishda ularni mustaqil hayotga tayyorlashni 
o‗zlarining otalik burchlari deb bilganlar. Ular mexnat tarbiyasi jarayonida xayot 
kechirish uchun mexnat qilish zarurligini yoshligidan bolalarga uqtirganlar, bolalari 
bilan o‗tkazilgan suxbat va mulokatlarda mexnat mavzui birinchi o‗rinda turgan. 
Bobolarimiz. «Mexnat» gayrat fazilatining qo‗riqchisidir, deganlar chindan xam 
shunday. Nomus fazilat va uluglik ko‗z qorachigi kabi qimmatli xazinadir. Bu xazina 
faqat matognat soyasida qo‗lga kiritiladi. Xamma odamlar, xayvonlar, parrandalar 
doimo gayrat va xarakat qiladilar tek turmaydilar. 
Dunyoda butun xayot xarakat tufayli barqaror bo‗ladi.
Xikoyat: bir badavlat kishini ishyoqmas, yalqov o‗gli bor edi. Bu bola shunday 
deb o‗ylar edi. -Menga gayrat qilmoq nimaga kerak. Otam menga meros etib, juda 
ko‗p pul mol mulk qoldiradi, otam tirik vaqtida ishlamasdan o‗ynab kulib mazza qilib, 
yuraversam bo‗lmaydimi. Men gayrat qilmasam xam roxatda yashay olaman. 
Lekin bu bola aldangandi, chunki ota onasi vafot etganlaridan keyin ulardan meros 
bo‗lib qolgan boylikni saqlashga uquvi yo‗q edi. Shu sababli xech ishlamay, kayfi safo 
kilib, yuraverdi ishdan bo‗yin tovladi. Ko‗p vaqt utmay ota-onadan qolgan boylikni 
tamom bitiradi. Necha kunlar och noxor qoldi. 
Unitmang, 
bolalarim yalqovlik , gayratsizlik natijasi shunday bo‗ladi. Xalq turli xil ishni 
muvaffaqiyatli bajarish uchun fakat mexnat qilish, malakasini egallash kifoya 
qilmasligini xam bilgan, shuning uchun xam xar bir bolaning mexnatga chin ko‗ngil 
bilan munosabatda bo‗lishiga topshiriqlarni sifatli bajarishiga mexnatda qat‘iyatli va 
sabrli bo‗lishiga, bu xususiyatlarni egallash bolalar uchun asosiy qonun bo‗lib qolishiga, 
etibor bergan, bu xususiyatlar moxiyatini bolalar ongiga singdirishda otalar o‗zlari ijod 
etgan. 
Seni ish yengmasin 
Sen ishni yeng
Yoshlikda o‗rgan xunar
O‗zinga o‗ljaga qolar 
Qunt bilan o‗rgan xunar
Xunardan rizqing unar.
Sendan xarakat mendan barakaat. 


36 
Kabi maqollarni ijod etganlar, shu bilan birga ular ...intilish va amal insonga fayz kamol baxsh 
etadi, 
ulug darajaga yetazkadi. Xar bir ish gayrat va jasoratsiz bo‗lmaydi ammo juda 
ishlatilmagan gayrat va jasoratdan ma‘no yo‗q kabi xikmatlardan foydalanilgan.
Mexnat jarayonida bolalarda extiyotkorlik odati xam tarbiyalanadi. 
Ma‘lumki, mexnat axli mexnat bilan topilgan boylikni isrof qilmaydi, tejamkor bo‗ladi, 
xalqimiz ayniqsa nonni e‘zozlagan, xatto non ushogini yerda yotishini uvol xisoblab, 
uni biror pana joyga olib qo‗ymaslikni gunox deb bilgan, nonni peshonasiga surtib, 
kasam ichgan, bu xaqida «Non xam non, uvogi xam non», «Qo‗ynida noni borning 
qorni to‗q», «Tejoglik ro‗zgor, bejoglik qo‗girchoq « ga o‗xshash maqollar yaratilgan. 
O‗tmishda tejamkorlik tushunchasi bilan, urf-odatlar uzviy birlikni tashkil etgan. Xalq 
nonga va uni bunyod etuvchi mexnat axliga nisbatan aloxida axamiyat berilgan. Xalq 
pedagogikasida mexnat intizomi tarbiyasiga xam axamiyat berilgan. Shaxsiy ayniqsa, 
jamoat ishini o‗z vaqtida sitqi dildan ado etish mexnat intizomining asosi bo‗lgan.
Mexnat tarbiyasida mustaqillik va mexnatga ijodiy yondoshish ko‗nikmasini 
rivojlantirish borvasida xunar o‗rganishga qiziqish o‗stirish xam muxim masala 
hisoblangan. Mexnatning samarali bo‗lishi uchun tashabbuskor bo‗lish buyruq va 
ko‗rsatmani kutmay, ishga jiddiy mustaqil yondoshish va bajarish zarurligi bolaga 
tushuntirilgan. Bola ko‗rsatgan tashabbusni kattalar maqullashdi ota bolasidan 
minnaddor bo‗ldi. Xalq pedagogikasida bolada ko‗pchilik bilan birgalikda ishlash 
kasbga xavas xissini tarbiyalashga e‘tibor berildi. Turli kasb egasi bo‗lgan otalar bilim 
va tajribalarini bolalariga qunt bilan o‗rgatdilar, ularni ma‘lum soxada ijodkor kasbkor 
kishi bo‗lib yetishishga buning uchun tortinmay ustozdan o‗rganishga davat etadilar. Bu 
ishda bilim va xunarni egallash tashviq etilgan. 
Ota kasbi-davlat kasbi 
Qunt bilan o‗rgan xunar 
Xunardan rizqing unar 
Usta ko‗rmagan shogird 
Xar maqomga yo‗rgalar 
Bilimli kishi o‗zar
Bilimsiz kishi to‗zar. 
Kabi xalq maqollari ular uchun asosiy vosita bo‗lib xizmat kildi. 
Xalq 
insonning salomatligi jismoniy baquvvat bo‗lishi va chiniqishda mexnat muxim omil 
ekanligini angladi,buni o‗z tajribasida ko‗rdi,tarbiyada bu tushunchani bolalar ongiga 
xam singdirishga xarakat qiladi. Bunda u ...Temirni qizigida ur...afarizmi, ... 
Temirchining qo‗lida temir erib suv bo‗lar...maqoliga asoslanadi,dexqonchilik 
chorvachilik xunarmandchilik bilim va xunarga doir.. 
Ketmon chopdim non tishladim
Ketmon chopmoq olmoq solmoq
Qo‗sh xaydamoq bormoq kelmoq
Uroq o‗rmoq-o‗ynamoq
Xay xay ishning ogiri
Xamir qilmoq non yopmoq
Oz-ozdan o‗rganib dono bo‗lur
Qatradan ko‗payib daryo bo‗lur.
Kabi xalq maqollari xikmatlari tarbiyada qimmatli manba bo‗ladi. 
O‗zbek 
xalqi asirlar davomida dexqonchilik,bogdorchilik ipakchilik tikuvchilik temirchilik 


37 
kasbi bilan shuxrat qozonib bormoqda.U shu kasbikori bilan bola tarbiyasida xam 
aloxida o‗rin tutadi. Ma‘lumki musulmon olamida yaxshi odamlar xayoti davomida 
ko‗proq savob ishlar qilsam degan o‗y orzu bilan yashagan.Bu orzularni birovga 
yaxshilik qilish,ariq qazish suuv chitqarish yo‗l qurish nixol ekish yo‗llari bilan 
oshirgan. Bu ishlarning sababi katta ekrandagi odamlaring qon qoniga singib ketgan 
odat bo‗lgan. 
Xalqning mexnat axliga ijobiy munosabatda ertaklarda xam o‗z 
ifodasini topgan, ertaklarda yaratilgan obrozlar aqil jasorat mexnatsevarlik xallqqa ota 
bobolarga sadoqatlilik fazilatlariga ega bo‗lgan mexnat axlining timsoli sifatida 
tasvirlangan. ...Egri va to‗gri..., ertagida tasvirlanishicha podsho asar qaxramoni 
To‗griboydan.....Endi sizni qaysi shaxarga xokim qilay?-deb so‗raganda u menga 
xokimlik kerak emas,o‗rmon etagida byuir tog ustida o‗y solib bersangiz bas,men o‗z 
mexnatim bilan kun ko‗raman- deb javob bergan.
O‗tmishda otalar bola yoshlikdan mexnatga o‗rgatilmasa unda mexnatga qiziqish 
o‗rgatilmasa katta bo‗lganida mustakil xayot kechira olmaydi.Ular bolalarni o‗shlikdan 
turli ishlarga jalb qilishda mexnatning faqat moddiy jixati emas balki tarbiyaviy 
axamiyati xam xisobga olinganlar. Ota onalar jinsiy xissiyotiga qarab bolalarga 
topshiriq berishni mexnat tarbiyasida asosiy qoida deb bilganlar. Qizlar uy ishlarini 
boshqarishga,o‗gil bolalar ro‗zgorda ogir ishlarni bajarishga ota onalariga 
ko‗maklashgan. 
Bolani yoshligidan mexnatga ko‗niktirish zarurligi xaqida o‗tmish 
zamindosh bobolarimiz qimmatli fikr bildirganlar.Ularning fikricha bola tarbiyasida ota 
onanig eng katta qiladigan va etiborga oladigan narsasi u bolani yoshligidan boshlab bir 
ishga o‗rgatish kikini vaqtidayoq unga bir yumush berib ishga odatlantirish.Tili ochilib 
u yura boshlagandan biror ish berish lozim.Unga beriladigan bu ish axamtiyatsiz xatto 
ish degan nomga noloyiq bo‗lsa xam undan keladigan foyda zo‗rdir.Chunki unday 
ishlar bolada ishni sevish va ishga berilish sevgisini qo‗zgatadi.Tabiiyki bu malakalar 
birdan xosil bo‗lmaydi asta sekin yuzaga kelardi. Lekin zamini juda yoshlik paytidan 
qo‗yish kerak. Bolada mexnat malakasi vujudga kelsa u ota onasi kattalarning ko‗rsatib 
turishini kutib o‗tirmay o‗zi eplab ketaveradi,dunyoda yashash xar kimnig o‗z gayrati 
av etiqodiga bogliq ekanin anglaydi. Ishga o‗rgatish diqqat qiliidigan yana bir narsa xar 
ishni o‗z vaqtida bajarishdir. Ishga odatlanish qancha muxim bo‗lsa ishni o‗z vaqtida 
bajarishdir.Ishga odatlanish ancha muxim bo‗lsa ishni o‗z vaqtida bajarish shu darajada 
muxim balki undan xam muximroqdir.Xar ishni o‗z vaqtida ishlamay kechiktirish ko‗p 
ishlarning yigilib yuzaki sifatsiz ishlanishiga yoki butunlay qolib ketishiga sabab 
bo‗ladi.Shuning uchun xar bir ishni o‗z vaktida gayrat va matonat bilan bajarish lozim. 
O‗tmishda bolalarni mexnat topshiriqlarini bajarishga uzluksiz jalb etib 
chiniqtirish mexnat tarbiyasida tan olngan muxim qoida bo‗ldi, ko‗rsatgan yaxshi 
tashabbuslari uchun bolalarni ragbatlantirish ularning mexnatda faol ishtirok etishlarida 
intizomli va ishga to‗gri va ongli munosabatda bo‗lishlarida, mexnat jarayonida yuz 
bergan qiyinchiliklarni sabr toqat, chidam bilan yengishlarida muxim rol o‗ynaydi. 
Mexnat tarbiyasida bolalarda mustaqillik qobiliyatini rivojlantirishga kattalarning 
raxbarlik qilishi zaruriy qoida xisoblanadi. Bunda raxbarlik qiluvchi, kishilarning o‗zlari 
mexnat qoidalariga amal qiladilar va tarbiya usullarini egallab bolalarga vazifalarni 
to‗gri taqsimlab, uning bajarilishini nazorat qilib, boradi.Xalq pedagogikasida bolalarni 
o‗z o‗ziga xizmat qilishga o‗rgatish xam mexnat tarbiyasi xisoblanadi, ular yoshlikdan 
o‗z o‗zlariga xizmat qilishga o‗rgatiladi. Katta yoshdagi o‗gil va qizlar ota-onalari 
bilmagan vaqtda uyda bajarish lozim bo‗lgan barcha ishlarni jumladan ukalarini 


38 
tarbiyalash va parvarish qilish bilan boglik bo‗lgan ishlarni mukstaqil ado etadilar. 
O‗tmishda mexnat tarbiyasidan turli usul va vositalarni qo‗llash orqali bolalar 
mexnatga ruxan va amaliy jixatdan tayyorlangan. Xalq bu shlarni amalga oshirishda 
vosita sifatida o‗yin va marosimlardan, ogzaki ijodning mexnat mavzuidagi asarlarida 
moxirona foydalanadi. Badiy so‗z vositasida bolalar ruxiyatiga ta‘sir ko‗rsatadi. 
Ularning bu tadbiri bolalarning axloqiy ruxiy jixatdan mexnatga tayyorlashda muxim 
axamiyatga ega. Masalan, «Zumrad va Qimmat», ertagini olib ko‗raylik. Ertakning 
asosiy qaxramoni Zumradni odamlar xam barcha mavjudodlar xam sevadi. Xatto 
sexirgar kampir xam uni sevib qoladi.Chunki, Zumrad kampirning uyini supirib - sidirib 
oynalarni artib qo‗yadi. Zumradning ishlaridan kampir qukvonadi va unga qimmatbaxo 
boylik xadiya etib uyga ketishiga ruxsat beradi. Zumrad o‗zinnig mexnatsevarligi, 
odobliligi bilan boylikka xam ega bo‗ladi otasini xam quvontiradi. O‗tmishda otalar 
«Zumrad va Qimmat», kabi ertaklarni aytib berish orqali bolalarda mexnatga muxabbat 
tuygusini tarbiyalab, rivojlantirganlar. Bolalarda mexnat qilish zarurligiga ishonch xosil 
qilishda, ularni mexnatga ruxan tayyorlashda bobolar maqol, topishmoq va ertaklar 
bilan bir qatorda, da‘vat qilish, undash, amalda ko‗rsatish usullarini xam qo‗llaganlar. 
Ota bobolar bu usullar bilan bolalarda inson xayotida mexnatning o‗rni, axamiyati 
xaqida tushungcha xosil qilganlar. Quyida bobolar aytgan nasixatlardan misollar 
keltiramiz .»Juda xam yaxshi ko‗ngilli olim odam bor ekan. Doim yana xam 
yaxshilikka va yuqori malamotga ega bo‗lish uchun gayrat qilar ekan bu olim odam xar 
kuni kechasi uyquda yotishdan oldin, butun qilgan ishlarin ko‗z oldidan o‗tkazib o‗z 
o‗zidan bugun yaxshi ish qildimmi, yangi narsa o‗rgandimmi-deb so‗rar ekan. Agar 
foydali, yaxshi bir ish qilgan bo‗lsa, bugungi kunim bekor ketmabdi,-deb juda sevinar 
ekan, agar shu kuni xech bir yaxshilik qilmagani yangi bir narsa o‗rganmaganini bilsa, 
ko‗ziga uyqu kelmas ekan. Ertasi kuni qo‗lidan kelgancha yaxshilik qilishga, yangi bir 
narsa o‗rganishga gayrat qilar ekan. Bolalarim u xikoyani sira xam unitmaylik. Biz 
o‗sha olim odam kabi xarakat qilaylik. Biz xam xar kuni kechqurun o‗tgan kuniimiznig 
xisobini o‗z o‗zimizdan so‗raylik. Shunday qilsak yaxshilik qilishimiz, olgan 
ma‘lumotimiz yuksak darajaga boradi. Odamlar xar qancha ma‘lumotli bo‗lsalar, xar 
qancha yaxshilik qilsalar o‗shancha baxtiyor bo‗ladilar. Buni unitmang bolalarim.
Endi bu ikki og`iz so‗zimni esda tuting: 
1.Inson bir ishga kirishidan oldin bu ishning oqibatini yaxshilab o‗ylashi kerak. 
O‗ylamasdan ishga kirishgan kishilar ishdan foyda ko‗ra olmaydilar.
2. Inson ertaga nima ish qilishini kechqurun o‗ylab biror qarorga kelishi, ya‘ni 
men ertaga avval shu ishni qilaman, uni tamom qilganimdan keyin yana bir ishga 
kirishaman,-deb xar ish uchun bir vaqt tayin qilishi kerak. 
Yuqorida 
keltirilgan 
xikoyadan ko‗rinib turibdiki, unda olimning kunda qilgan ishini bajarish tartibi, o‗z 
ishiga nisbatan talabchanligi ifodalangan. Xikoyani xikoya qiluvchi ota bolalarni 
bajaradigan ishlarinig odamlar uchun keltiradigan foydaliligini o‗ylab ko‗rishga olim 
kabi izlanuvchan chidam bilan yaxshi bajaradigan ishining o‗zi va boshqalarning 
quvontiradigan bo‗lishiga etibor berishga da‘vat etadi. Qadim zamonda bir podsho bor 
edi. Bir usta zargarga mening barmogimga loyiq qimmatbaxo bir uzuk yasab keltir-deb 
buyuradi. Usta zargar Lal va yoqutdan bir pokiza, qimmatbaxo uzuk yasab keltiradi. 
Podshoh uzukning qoshini teskari qilib barmogiga taqadi. Achchchiqlanib ustaga bir 
necha qamchi urdi. 
-Mening nima aybim bor, nega qamchilatdingiz-dedi ustta bechora yiglab,


39 
-sen uzukni yanglish yasabsan. Shuning uchun jazo berdim. 
-Bu ishda mening aybim yo‗q, ayb o‗zingizda uzkukni barmogingizga teskari 
solgansiz.
-Podsho uzukni barmogiga to‗gri taqtida senga bekorga jazo bergan ekanman, 
rozi bo‗l deb ustaga in‘om exson qildi. 
Turmushda ana shunday dono kishilar xam uchrab turadi. 
Ey farzand aqilli, farosatli va ilm xunarli kishilar bilan do‗st bo‗l,xunarsiz kishida 
xosiyat bo‗lmaydi. Bu nasixat xikoyatda ota o‗z farzandiga ilmu xunarli kishilardan 
o‗rganib xunarda kamol topishini uqtiradi, podshoxning noo‗rin xati-xarakati orqali 
xayotda u kabi xunarsizlar xam borligi va ular tufayli ko‗ngilsizlar bo‗lishi mumkunligi 
aytib o‗tiladi. Xalq pedagogikasida mexnat qilish inson xayoti uchun zarurligini 
bolalarning chuqur xis qilishlarida «Navro‗z», «Yangi yil» va boshqa bayramlarni kutib 
olishga tayyorgarlik, katta ishni ko‗pchilik bo‗lib amalga oshirish xashar muxim 
vositalardan bo‗lib hisoblangan.O‗zbek xalqining asrlar osha davom etgan xashar 
an‘anasi bunyod etilgan katta Fargona daryosi kishilar, yoshlarning jismoniy va 
ma‘naviy kamolotida muxim voqea birlikda qilingan mexnatning yorqin samarasi 
bo‗ldi. 
O‗tmishda yaxshi va na‘munali ishlar uchun bolalarni ragbatlantirish usuli 
xam mexnat tarbiyasida yaxshi tarbiya beradi. Bu usul na‘munali ishlar qilgan bolalarga 
nisbatan qo‗lldaniladi. 
Mexnat tarbiyasida jazolash usuli mexnat qilishni istamagan, 
topshiriqni bajarmayotgan bolalarga nisbatan qo‗ladaniladi va unga berilgan va‘dani 
bekor qilish topshiriqni bajvarishga, uni qayta ishlashga majbur etish shakillarida 
bo‗ladi. Mexnat tarbiyasida ota bobolar qo‗llagan ibratli usullar ularning boy tajribasi 
xozirgi davrda xam maktablarda qo‗llanib, ijodiy rivojlanmoqda. Chunki, mexnat –
insongiyat xayotining, uning o‗sib, kamol topishi va nafosatli bo‗lishi moddiy va 
ma‘naviy boyligining asosiy manbayidir. Inson mexnatining asosiy xususiyatlaridan biri 
uning fikir yuritish, ijod qilishga moyil va qodirligidir. Inson buyum-narsa yaratar ekan 
u avvlam bor o‗zining moddiy va ma‘naviy extiyojini qondirishni o‗ylaydi shu bilan 
birga yaratgan narsasini tashqi ko‗rinishi va go‗zalligi bilan boshqalar diqqat e‘tiborini 
o‗ziga jalb etadigan ularning xam moddiy xam ma‘naaviy extiyojini qondiradigan 
bo‗lishi xaqida fikr yuritadi. 
Mexnat jarayonida bolalarning nafosat xaqidaga tushunchalarini did va 
qarashlarini rivojlantirish tarbiyaviy ishning muxim tomoni xisoblanadi. Go‗zal didli 
inson yaxshi fazilatlar egasi-insonparvar, mexnatsevar davrning ilgor goyalarini chuqur 
o‗zlashtiruvchi, shu goyalarning rivojiga o‗z xissasini qo‗shishga intiluvchi bo‗lib, 
yetishadi. Mexnat faqat insonning kamol topishi uchungina emas balki xatto u erishgan 
insoniylik xislatlarini mazkur darajada saqlab turish uchun xam zaruriy shartdir. Inson 
mexnat qilmay turib, ilgari bora olmaydi, mexnat qilmasa erishgan darajasini saqlab 
qola olmaydi, u orqaga qarab ketishga majbur bo‗ladi. Insonning tanasi qalbi va aqli 
mexnat qilishni talab etadi,. agar inson biron bir sababga ko‗ra turmushda shaxsan 
mexnat qilmasa u xolda, inson chinakam turmush yo‗lini yo‗qotadi va turmushdan 
cheksiz norzi bo‗ladi, xamma narsadan ko‗ngli sovib xech narsani yoqtirmaydi 
xamisha zerikib xunob bo‗lib yuradi, ikkinchidan unday odam o‗z xoxishi bilan o‗zi 
xam sezmagan xolda o‗zini o‗zi nobud qilib boradi va tez orada yosh bolalarga xos injiq 
va qaysar bo‗lib, qoladi. Bu ikkala yo‗l xam inson tiriklayin murdaga ayldantiradi,
nimaga desangiz shaxsiz mexnat, erkin mexnat –ana shuning o‗zi xayotdir. Mexnatning 
go‗zallik xususiyati –inson xayotida xissiyoti orqali ongi va xulqiga ta‘sir etadi. 


40 
Mexnatning go‗zallik xususiyati esa mexnat jarayoni go‗zalligi mexnat sharoiti 
go‗zalligi mexnat natijalari va ishlab chiqarish bilan band bo‗lgan inson go‗zalligi 
tashkil etadi. 
Aqliy mexnat tafakkur, mushoxada, dunyoni bilish bilimlarni egallash ular 
asosida o‗z dunyoqarashi va e‘tiqodini shakillantirib boradi. Bu mexnatning xaqiqatdan 
mexnatga aylanishi uchun u aniq maqsadga go‗zallikni yoritish orqali bolalarda 
mexnatni sevish xissini tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgan bo‗lishi kerak. 
Yoshlarga mexnat nafosati-go‗zalligini ko‗rsatish, mexnatda insonning o‗sishi 
aqliy, axloqiy va jismoniy tomondan kamol topishi insondagi go‗zallikni ijod shodligini 
namyish etishdir. Bu ishni amalga oshirishda o‗tmish mumtoz adabiyot va 20 asr 
adabiyoti asarlaridagi inson mexnati badiiy chizilgan obrazlarni, asalan Alimsher 
Navoiyning Farxod va Shirin... dostonidagi Farxod, Oybekning «Qutlug qon», 
romanidagi Yo‗lchi, Abdulla Qaxorning «Sinchalak», qissasidaga Saida obrazlaridan 
foydalanish mumkin. 
Ulug Alisher Navoiy o‗zining «Farxod va Shirin», dostoning bosh kaxramoni 
Farxodning Armaniya o‗lkasida ariq qazish,. «Bahrul najod» ni barpo etishda 
ko‗rsatgan qahramonligini mexnat zafarini shunday tasvirlagan. 
Ariq javafin alar kilguncha xoli, 
Bu olib teshasin iligiga xoli. 
Arigning qilgoli malsa xoroshin, 
Qilibon teshaning paydo garoshin. 
Yo‗narga peshani ilgvaga olsa, 
Qilib yuz yuz qori xaroni malso. 
Musayqal aylabon ko‗zgu masallik, 
Ki anda yuz ko‗runub suv masallik. 
Mazmuni. Ular ariqning ichini tozalashayotganlarida Farxod teshasini bo‗shgina 
ushlab, ariqning gadir-budir yerlarni silliqlab, tosh yo‗nish uchun u teshasini qo‗lga 
olganda, yuz quloch yerlarni silliqlab chikar edi. Uning silliqlagan yerlari ko‗zguday 
sayqallangan unda odamning yuzi suvda ko‗ringanday ko‗rinadi. 
Farxod qazigan ariqdan kelgan suv bilan «Baxrun najot», xovuzi to‗ladi. Xovuz yonida 
u qurgan qasir odamlarni xayratda qoldiradi. Xaloyiq shod xurram bo‗ladi, Farxodga 
ofarinlar aytishadi. 
Kim ul qozib ariga poxu soda, 
Necha ishlar dogu aylab ziyoda. 
Yasab ul navi qasri charx monand
Ki topib kunguri gardunga payvand. 
Bu yanglig kiila taxriri oing
Bu yangilik naqsh ila tas‘viri oning. 
Qilib ishlarki qilgil odamzod 
Bo‗lib ko‗rmakdin oni odami shod. 
Ya‘ni, Farxod ariqni juda toza va silliq qilib qaziydi. Buning ustiga talay ishlarni 
xam qiladi. U osmonga o‗xshash shunday bir qasir qurdiki, uning kungurasi ko‗p bilan 
tutashgan. U o‗z qalami bilan goyat guzal naqshlar soladi, rasimlar xam chizadi. 
Demak, Farxod yoshlikda egallagan bilimlarni tosh yo‗nish, naqsh chizish, bino 
kurish, bo‗yicha egallagan xunarini xalqning baxt saodati uchun, uning orzu istagini 


41 
amalga oshirish uchun sarflaydi. Farxod mexnatning go‗zalligi xam shunda ko‗rinadi. 
Bu go‗zallikdan Farxodning o‗zi xam mam‘nun bo‗ladi. 
Mexnat tarbiyasida ishning tartibda bo‗lishiga xam axamiyat berladi. Bola ishni 
bir tartibda bajarish bilan o‗z xarakatini boshqalar xarakati bilan moslashtiradi, natijada 
jamoa bajarayotgan ishda xam uygunlik vujudga keladi. 
Mexnatning ma‘lum bir tartibda bo‗lishi bolada axloqiy xis tuyguni xam o‗stiradi. 
Ular mexnat qilish jarayonida paydo bo‗ladigan go‗zal xissiyotning inson xayotida enig 
ma‘naviy extiyoj ekanligini bolalarning anglab olishlariga aloxida axamiyat beradi. 
Xar bir millat jumladan, o‗zbek xalqi xam hayotga qaysi soxada bo‗lmasin, o‗z 
ezgu niyatlari ijodiy mexnat tufayli erishadi. Toshkent shaxridagi Alisher Navoiy 
nomidagi opera va balet teatiri binosi xam o‗zbek xalqining ijodiy mexnati bilan barpo 
bo‗lgan. Muxtasham yodgorlik, me‘morchilik xunari san‘atning go‗zal na‘munasidir. 
Bu binoni qurishda 60 yil ganchkorlik kasbiga ega bo‗lgan usta Shirin Murodov 
teatirining Buxoro zalidagi naqshlarini o‗zi ishlaydi. Usta Shirin bu zalda oynaband 
fonga o‗yma ganchkorlik gullar va shiftlarga o‗yma naqishlar solgan. Zalga 
kiraverishdagi portalin albastir panjaralar bilan ximoyalangan. U yaratan bezaklar 
o‗zining kompozision qurilishi jixatidan tomashabinlarni xayratda qoldiradi. 
Ganchkorlik kasbini sevish ziyraklik chidam va ixlos bilan uni egallash usta 
Shirin Murodovga shuxrat obru e‘tibor keltirdi. 
Maktabda mehnat tarbiyasining samarali bo‗lishi ko‗p jihatdan o‗qituvchining 
mexnatda na‘munali bo‗lishiga bog‗liqdir. Yuksak did bilan u ishlagan xar bir buyum 
va asbob o‗quvchilarda shunday narsalarni ishlashga qiziqish uyg‗otadi 
O‗quvchilar mustaqillikni, fikirlashni, ijodkorlikni talab etuvchi mexnatni 
sevadilar. Bu xususiyat ularga umuman yoshlarga xosdir. O‗z kuchlarini ko‗rgazmali 
mustaqil tarzda namoyon bo‗lganini xis etgan ko‗rgan taqdirdagina o‗quvchilar qiziqish 
bilan mexnat qiladi. 
Mexnat ijod na‘munasi darajasiga ko‗tarilishi bilan jozibadorlik kasb etdi, 
kishilarni o‗ziga maftun qiladi. O‗quvchilarda ana shunday xususiyatga ega bo‗lgan 
ijodkorlikni shakillantirish va rivojlantirishda o‗qituvchining na‘munali ishlari xamisha 
birinchi o‗rinda turadi. U ana shu na‘munali ishlarga ko‗ra o‗quvchilar ma‘naviy 
dunyosining memori, ularni murabbiysi xisoblanadi. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin