I oliy va o`rta


- Forobiyning ta‘lim-tarbiya borsida bildirgan  fikrlarini misollar keltiriladi



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/51
tarix16.12.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#75531
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51
- Forobiyning ta‘lim-tarbiya borsida bildirgan 
fikrlarini misollar keltiriladi 
Talaba 
4-bosqich 
Mustahkamlash va boholash uchun savollar: 
- Forobiy bolalarning fe‘l atvoriga karab tarbiya 
jarayonida kanday va yullardan foydalanishni aytib 
utgan? 
- Forobiyning ta‘lim-tarbiya xaqidagi goyalari avvalo 
nimaga karatilgan? 
-Farobiyning asarlaridan misollar keltiring. 
O‗qituvchi-talaba 
5-bosqich 
Umumiy yakuniy xulosalar chiqarish: Maqsadga 
O‗qituvchi 


49 
erishildi. Vazifalar bajarildi.
Forobiyning hayot va ijodidan tushundilar. 
Farobiyning asrlaridan misollar keltiradilar. 
Mustaqil ish topshiriqlari qilib ,talabalarga 
adabiyotlarni taxlil qilib kelish topshirildi. 
 
 
 
 

Asosiy savollar 
1. Forobiyning hayoti va ijodi. 
2. Forobiyning axloqiy va pedagogik qarashlari
 
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Forobiy, karashlari, Xalq ogzaki 
ijodi, utmish mutafakkirlari, tarbiya turlari, shark mamlakatlari, ilm, ustoz va x.o. 
 
1-asosiy savol buyicha ukituvchining maqsadi: Forobiyning xayoti va ijodi 
xaqida talabalarga bilim, kunikma va malakalar berish, Forobiyning ta‘lim-tarbiya 
borsida bildirgan fikrlarini talabalarga suzlab berish. 
 
Identiv o‘quv maqsadlari: 
1.1. Forobiyning xayoti va ijodi xaqida suzlab beradilar. 
1.2. Forobiy ijodidan na‘munalar keltiradilar
 
 
1-asosiy savolning bayoni:
Sharq mamlakatlarida Forobiyni uluglab, «Al Muallim as soniy», ya‘ni 
Aristoteldan keyingi ikkinchi muallim deb ataganlar. 
Buyuk olimga bunday baxo berish bejiz emas, albatta u fanning xamma soxalarini 
urganishga aloxida e‘tibor berdi. Tarixshunos olimlarning taxminicha, Forobiy dunyo 
tillaridan 70 tasini bilgan. Til inson kamolotining akliy yetukligini asosi bulganligi 
sababli, u fanlarni tartiblashda tilni eng birinchi fanlar katoriga kuydi. U xar bir inson 
axliga murojat kilib, ayniksa ota-ona va ustoz-murabbiylarga karata shunday degan edi: 
«Kanday kilib ta‘lim berish yoki ta‘lim olish, kanday kilib uz fikrini ifodalash, bayon 
kilish, surash va javob berish masalasiga kelganmizda fanlar ichidagi eng birinchi fan til 
xaqidagi fandir. Ikkinchi fan grammatika. Uchinchi fan mantik, turtinchi fan poetika 
deb tasdiklayman». Forobiyning til va uni urganishdagi goyalarni amalga oshirish 
musstakil Uzbekistonni butun dunyo bilan xamjixat bulgan davrida ayniksa zarurdir. 
Forobiy ijodiyoti davrida juda kup asarlar yaratdi. Uning ijodini urganish bilan mashgul 
bulgan tadkikodchilar Forobiyning 130 ta asar yozganligini tasdiklaydilar.
Ularning 17 tasi turli olimlarning falsafiy asarlariga yozilgan sharxi, 60 tasi 
aloxida kitob, 5 tasi bir qancha makolalar, uz ichiga olgan majmualari xisoblanadi. 
Uni ―Aflotun qonunlarining moxiyati‖, ―Siyosat va madaniyat‖, ―Fozil shaxar 
axolisining axloqiy qarashlari‖, ―Ilmlar majmuasi kabi yirik asarlari mavjud. 
Forobiyning xar bir asarlaridagi asosiy goyani inson kamoloti, uning yuksak 
axloqiyligidir. Uning fikricha akliy bilimni peshlash, axloqiy barkamollikni ta‘minlaydi: 
Inson yuksak kamolotga erishuv yulida xarakat kilganidek, akliy bilimga xam xarakat 
kilsa, xech shubxasiz, uzi intilayotgan sungi darajadagi baxt-saodatga erishadi. Baxt-
saodat insonga osonlikcha berilmaydi. Baxt va mazmunli xayot uchun, dastlab 
yoshligidan boshlab ilm-xikmatni urganmogi lozim. Buning uchun sog-salomat va 
odob-axloqli bulishi, suzni uddasidan chikishi, yomon ishlardan uzini saklashi, xar 
kanday xiyonat, makr-xiyladan uzok yurishini ta‘kidlaydi. 


50 
Forobiyning fikricha, baxt-bu ezgulikdir. Insoniy ezguliklar- xayrli narsalarga, 
guzallik, bilimdonlik shu bilan birga yaxshilik bilan boglik bulgan xamma fazilatlarni 
kiritgan edi. Forobiy inson kamoloti uchun xamjixat jamoat axloqiy munosabatlari,
soglom bulgan oila zarur deb xisoblaydi. Uning fikricha, ―Xar bir inson uz tabiati bilan 
shunday tuzilganki, u yashashi, oliy darajadagi yetuklikka erishmogi uchun kup 
narsalarga muxtoj buladi. U bir uzi bunday narsalarni kulga kirita olmaydi va ularga ega 
bulishi uchun insonlar jamoasiga extiyoj sezadi‖.
Aflotun xar bir jamoada gurux xoini yoki oilada ota-onani mensimaydigan 
kimsalarni jazolash kerak degan edi. Forobiy bu goyalarni rivojlantirib, bunday nokobil 
insonlarni jinoyatchi, deb tushundi. Xokimiyat vakillari bunday odamlarni jinoyatiga 
karab, tayok bilan urib, yoki jarima solishlari kerak degan edi. 
Forobiyning ijtimoiy, falsafiy konsepsiyasiga kura, olam yagona mavjudotdan 
iborat. Ollox xamma narsaning ibtidosi, barcha vujudlar undan emanatsiya asosida kelib 
chikadi, buning sungi pog`onasi materiyadir.
Forobiy uzining falsafiy karashlarida insonga bilim va tarbiya berishni asoslagan. 
U inson-aklli mavjudot deyilganda, uning aklli bulishiga layokatliligi, lekin yomon 
xatti-xarakatlarga xam kobilligi tushunilishini xam uktirgan. Insonlarga doimo bilim va 
tarbiya berishni zarur deb xisoblagan. Forobiy uzining ideal jamoasida odamlarning 
turli belgilariga karab, guruxga bulgan. Kishilarning diniy maqsadiga emas, balki tabiiy 
xususiyatlariga, avvalo, akliy iktidorlariga xamda ilmlarni urganish va xayotiy tajriba 
tuplash jarayonida orttirgan bilim va kunikmalarga katta e‘tibor bergan. Ta‘lim-tarbiya 
jarayonida nazariy bilim bilan amaliy xarakat va odat- malaka, faoliyat birlashib boradi, 
yetuklik shu birlashuvning darajasiga karab yuzaga keladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin