I oliy va o`rta



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/51
tarix16.12.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#75531
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51
Nazorat savollari. 
1. Forobiy usimlik va insonga oid bulgan xususiyat va kobilyatlarni bir-butin 
xolda kanday ataydi? 
A) akl, 
B) suzlash, 
V) kuvvat, 
G) kuch, 
2. Forobiyning fikricha, bilishning necha boskichi bor? 
A) ikkita, 
B) turtta, 
V) beshta, 
G) oltita,
2-asosiy savol buyicha o`qituvchining maqsadi: Talabalarga ta‘lim va 
tarbiyaning umumiy va xususiy muammolari xaqida tushintirish, 
Identiv o‘quv maqsadlari. 
1.1 Ta‘lim va tarbiya xaqida suzlab beradilar, 
1.2  Ta‘lim va tarbiyaning umumiy va xususiy muammolarini tushintirib 
beradilar
 
2-asosiy savolning bayoni: 
Ta’lim –tarbiyaning umumiy va xususiy muammolari
Inson tarbiyasi masalasi, Qadimgi Sharqda G‗arbda xususan Qadimgi 
Yunonistonda xar doim mutaffakkir olimlarning diqqat markazida bo‗lib keldi. Forobiy 
Qadimgi Yunoniston faylasuf olimlarining merosini o‗rganar ekan Aristotel Platon 
Suqrot Pifaggor kabilar asarlari bilan yaqindan tanishdi. Ularga sharxlar yozdi. Ta‘lim 
tarbiyada insonning ma‘naviy yuksalishiga katta e‘tibor beradi. Forobiyning fikricha, 
insonni tarbiyalash va unga ta‘lim berish uzviy birlikda olib qaralaydi ammo ular o‗z 
xususiyatlariga ko‗ra bir yukoridan farq qiladi. 
Forobiy insonning dunyo taraqiyotini eng mukammal va yetuk yakuni deb biladi. 
Forobiy asarlarida insonga tarbiya va ta‘lim berish zaruriyati va buning uchun 
nimaga asoslanish lozimligi ta‘lim tarbiya usullari undan qutilgan maqsad masalalari 
asosiy o‗rin egallaydi. 
Xususan uning «Baxt saodatga erishuvi xaqida»,. «Ideal shaxar axolisining 
fikirlari, shuningdek «Ixso al ulum», «Aql ma‘nolari xaqida», nomli asarlarida bu 
masala keng yoritilgan. 
«Baxt saodatga erishuv xaqida», nomli risolasida bilimlarni o‗rganish tarkibi 
birma bir sanab o‗tilgan. Bilish zarur bo‗lgan ilm bu olam asoslari xaqidagi ilmdir. Uni 
o‗rgangach tabiiy ilmlarni tabiiy jismlar tuzilishini shaklini osmon xaqidagi ilmlarni 
o‗rganish lozim. Undan so‗ng umuman jonli tabiat o‗simlik va xayvonlar xaqidagi ilm 
o‗rganiladi.
...Bundan keyin deb davom etadi: Forobiy insonni o‗rganishga kirishamiz va 
insonning bilishidan kutilgan maqsad va mudaoni o‗rganamiz va shuning natijasida 
nima va qanday narsa ekanligini bilib olamiz. Shundan keyin biz insonnig xozirgi 
kamolotiga erishuvi sabab bo‗lgan narsalarni o‗rgana boshlaymiz. Bu narsalar esa xayr 
exsonli ishlar go‗zal insoniy fazilatlar bo‗lib, bu fazilatlarni insonni shu kamolotga 


47 
erishuvidan maxrum qiladigan salbiy xislatlarni ajratib o‗tamiz. Bu salbiy xislatlar 
yomon odatlar xatti-xarakatlarning kelib chiqish sabablarini o‗rganishdan avvval shu 
xulq-atvor xatti xarakatning o‗zi bilan tanishib chiqamiz. Bu ilm shunday narsalarni 
o‗rgatauvchi ilmki uning yordamida shaxar xalqlari va shaxarlik bo‗lmagan xalqlarni 
o‗z ichiga olgan ya‘ni inson olamiga xos bo‗lgan barcha xislatlarni o‗zida 
umumlashtirgan odamzod jisimga xar turli a‘zolar kabi kishiga ma‘lum bo‗ladi. 
Forobiy insonnint materiya va rivojlanishning oliy yakuni sungi natijasi deb 
tushungani uchun xam insonning ijtimoiy xayoti to‗g‗risidagi ilmni tabiat to‗g‗risidagi 
barcha ilmlar yakuni sifatida talqin etadi. 
Forobiy insoning ijtimoiy xayoti xaqidagi ilmning vazifasini xususiyatini 
quydagicha belgilaydi. 
...Siyosiy ilm ongli faoliyat va xayot yo‗l yo‗riqlarining ko‗nrnishlarini 
shuningdek, urf-odat axloq malakalar va tabiiy boyliklarini. ular orqali qo‗lga 
kiritiluvchi maqsadlar insonda ularning ifodalaniish va vujudga kelish usullarini ularni 
bajarish usullari ularni boshqarish usullari va saqlab qolish yo‗llarini o‗rganadi... 
Demak, Forobiy bu ilmga asosan ikki muxim soxani axloq ilmni va shaxarni va 
jamoani boshqarish siyosiy ilmni kiritadi. 
Inson axloqi to‗g‗risidagi ta‘limot etika Forobiyning ijtimoiy ta‘limotida eng 
muxim va aosiy o‗rinlardan birini egalaydi. 
Forobiy axloq to‗g‗risidagi ilmini an‘anaga asoslanibgina belgilamaydi. Subektiv 
ravishgda kelib chiqishni ko‗rsatadi va uni keltirib, chiqargan omillar ya‘ni insonning 
ijtimoiy moxiyatini xam asoslashga xarakat qiladi. 
«Baxt saodatga erishuv to‗g‗risida», «Ideal shaxar axolisining fikirlari», 
asarlarida bu savolga Forobiy shunday javob beradi. 
«Aql va nafs-deb yozadi, Forobiy Baxt saodatga erishuv tug‗risida degan risolada 
o‗zining cheksiz kamoloti bilan borliqda inson bo‗lib, gavdalanadi. Ammo bu 
boshlangichlar odamzodning shu tabiiy boshlangichlar ta‘siri ostida kamol topib 
insonga aylanishi uchun kifoya qilmaydi, chunki insoniy kamollotga erishuvi uchun 
kasb xunarga muxtojdir. 
Ammo shuni xam aytib o‗tish kerakki, nutq insonnig kamolotga yetishuvining 
yagona sababalaridan biri emasligi xam ochiqdan-ochiq ayondir. Kamolga yetish quruq 
intilishgina bo‗lib qolmasdan, balki tabitdagi juda ko‗p narsalardan foydalanish yo‗li 
bilan yoki shu tabiatdan tashqarida bo‗lgan juda ko‗p ishlarni amalga oshirnish yo‗li 
bilan qo‗lga kiritiladi. Bir kishining o‗zi yolgiz kamolga yetisha olmaydi. Xar bir 
insonnig tug‗ma tabiatida va unga lozim bo‗lgan xar qaanday ish va xarakat jarayonida 
boshqa bir inson ko‗pchilik bilan munosabatda bo‗lish o‗zaro aloqa qilish xosiyati bor. 
Shu mazmundagi fikir, «Ideal shaxar axolisining fikirlari asarida yanada aniq 
ifodalangan ma‘lum bir fikrga maldum xulosaga kelmoq uchun bu fikrni xam quyida 
keltiramiz. 
Xar bir inson o‗z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi 
yetuklikka erishmoq uchun kup asrlarga muxtoj bo‗ladi, u bir o‗zi bunday narsalarni 
qo‗lga kirita olmaydi va ularga ega bo‗lish uchun shunday ingsonlar jamoasiga extiyoj 
tug‗iladiki, bunday jamoaning xar bir a‘zosi uning extiyoji uchun zarur bo‗lgan narsalar
birortasini yetishtirib beradi. Shuning uchun inson shaxslari ko‗payadilar va yerni axoli 
yashaydigan qismida joylashadilar natijada inson jamoasi vujudga keladi.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin