2-topshiriq mantiq fanining baxs mavzusi va vazifalari. Mantiq qonunlari. Reja



Yüklə 33,91 Kb.
tarix30.01.2023
ölçüsü33,91 Kb.
#81654
2-TOPSHIRIQ


2-TOPSHIRIQ
Mantiq fanining baxs mavzusi va vazifalari. Mantiq qonunlari.
Reja:
1. Olamni bilish murakkab ruxiy jarayon sifatida.
2. Mantiq fani predmet va vazifalari.
3. Mantiq fanining tarixiy rivojlanish bosqichlari va unda o‘rta Osiyolik mutafakkirlarning o‘rni.
4. Mantiq qonunlari - to‘g‘ri fikr yuritishning asosiy tamoyillari sifatida.
Bilish nazariyasi(gnoseologiya, epistemologiya)— falsafa boʻlimi boʻlib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning obʼyektiv reallikka munosabatini oʻrganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqkrniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hozirgi zamon fanida qoʻllaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz va sintez va h.k.)ni umumlashtirib, uning falsafiymetodologik asosi sifatida namoyon boʻladi. Bilish jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) keng maʼnoda boʻlib, insonning jamiyatga taʼsiri, tabiat hodisalarini oʻzgartirishi, yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shartsharoitlar yaratishi tushuniladi. Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi bilimiga asoslangan amaliy faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini belgilaydi. Sezgi, tasavvur va tushunchalarimizning obʼyektivligini tekshirish bilish jarayonining eng muhim vazifasidir.
Amaliyot — haqiqat mezoni. Bilimlarimizning haqiqiyligi amaliyot orqali tekshiriladi, tasdiklanadi. Bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan abstrakt (mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga oʻtish bilan harakterlanadi. Jonli mushohada, deganda biz sezgi, idrok, tasavvur kabilarni, yaʼni sezgi aʼzolari orqali tashki olamning miyaga taʼsiri natijasida paydo boʻladigan inʼikos shakllarini tushunamiz. Sezgi dunyoni inʼikos etishning boshlangʻich shaklidir. Demak, sezgi — obʼyektiv dunyoning subʼyektiv inʼikosi. U sezgi aʼzolari orqali dunyo hodisalarini, buyumlarning xususiyat va sifatlarini ayrimayrim, bir-biri bilan bogʻlanmagan holda aks ettiradi. Idrok qilish hissiy bilishning murakkabroq shakli boʻlib, u sezgi aʼzolariga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi buyumni yaxlit holda aks ettiradi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan bu aks ettirish jarayoniga kishining oldingi tajribalari, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqa ham kelib qoʻshiladi. Shularga asoslangan idrok qilish narsalarning zarurroq, chuqurroq tomonlarini aklan (fikran) ajratib olishga va bilishga imkon beradi. Miya inson ilgari idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saklab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatmayotgan buyumning ana shunday qayta tiklangan qiyofasi tasavvur deb ataladi. Inson hissiy bilish bosqichida toʻxtab qolmaydi. U mazkur bosqich doirasidan chiqishi, buyumlarning umumiy, zaruriy va muhim xususiyatlari hamda munosabatlarini, ularning bevosita hissiy mushohada kilib boʻlmaydigan qonuniy aloqalarini bilib olishi mumkin. Bunga abstrakt tafakkur — bilishning mantiqiy bosqichi orqali erishiladi. Bilish jarayonining sifat jihatdan yangi, oliy bosqichi — mavhum tafakkur jamiyatdan va tildan tashqarida boʻlmaydi. U — amaliyotning, tarixiy taraqqiyotning mahsuli. Tafakkur voqelikning umumlashtirilgan, yaʼni bilvosita aksidir. Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan.
Til boʻlmas ekan — umumlashtirish jarayoni ham boʻlmaydi. Hissiy bilish singari mavhum tafakkur ham muayyan shakllarda roʻy beradi. Bu shakllar tushuncha, muhokama va aqliy xulosalardir. Tushuncha narsa va hodisalarning umumiy va muhim tomonlarini aks ettiradi. Mac, „odam“ tushunchasi hamma insonlarga xos eng asosiy belgilarni oʻzida mujassam ifoda qiladi. Muhokamada buyumlarda muayyan xususiyatlar mavjudligi taʼkidlanadi yoki inkor qilinadi. Tilda muhokamalar ran orqali ifodalanadi. Bir yoki bir necha muhokama vositasi bilan yangi muhokama olish imkonini beradigan tafakkur shakli aqliy xulosa, deb ataladi.
Mantiq arabcha so’zdan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, “aql” ma'nosini anglatadi. Mantiq atamasi o’rta asrlarda Markaziy Osiyo va Yaqin Shrqda qo’llanilgan. Mantiq yunoncha “logika” atamasiga mos keladi. Logika “logos” so’zidan olingan bo’lib “so’z”, “fikr”, “nutq”, “aql” ma'nolarini anglatadi. Logikaga fan sifatida mil.av. IV asrda Aristotel asos solgan.
Kundalik muomalada mantiq atamasi turli o’rinda biz tomonimizdan ko’p qo’llaniladi. Masalan: “fikrlar mantig’i”, “gap mantig’i”, “hatti-harakat mantig’i”, “narsalar mantig’i”, “voqealar mantig’i” kabi jumlalar biz tomonimizdan fikrimizni ifodalashda qo’llaniladi.
Hozirgi davrda mantiq tushunchasi turli ma'nolarni anglatadi.
Birinchidan, bu so’z ob'ektiv olamdagi narsa va hodisalar rivojlanishi va o’zgarishidagi qonuniyatni anglatadi. Bu ob'ektiv mantiq deb ataladi. Ob'ektiv mantiq insonga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan moddiy olamni tashkil etuvchi narsalar, hodisalar, jarayonlar taraqqiyotidagi zaruriy qonuniyat, aloqa, munosabatlarni ifodalaydi. Shu sababli u “narsalar mantig’i” deb ham ataladi.
Ikkinchidan, mantiq fikrlar aloqadorligi va taraqqiyotidagi muhim qonuniyatlarni anglatadi. Bu qonuniyatlar sub'ektiv mantiq deb ataladi. Sub'ektiv mantiq bilan ob'ektiv mantiq uzviy bog’liqdir. Chunki ob'ektiv borliqdagi narsa va hodisalar hamda ular o’rtasidagi munosabat va aloqadorlik inson tafakkurida in'ikos etadi.
Uchinchidan, mantiq deb tafakkur shakllari, usullari va qonunlarini o’rganuvchi fanga aytiladi. Biz o’rganayotgan bu fan formal mantiq deyiladi. Formal mantiq tadqiqot uslubiga k o’ra an'anaviy mantiq (Aristotel mantig’i) va XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab mantiq fanida sun'iy (formallashgan) tildan foydalanuvchi matematik metodlar keng qo’llanila boshlanishi asosida shakllangan matematik mantiq (zamonaviy mantiq) sohalariga bo’linadi. Fan-texnika taraqqiyoti hamda matematik mantiq metodlarining ilmiy tadqiqotlarda keng qo’llanilishi sababli bu yo’nalish an'anaviy mantiqdan farqlash uchun ham zamonaviy mantiq ham deb nomlanadi.
Ilmiy bilishda formal mantiq bilan bir qatorda nemis faylasufi Gegel tomonidan asos solingan dialektik mantiq ham keng qo’llaniladi. Dialektik mantiq hodisalar o’zaro aloqadorligi, o’zgarishi va taraqqiyotini tadqiq etishda ob'ektivlik, tarixiylik va mantiqiylikning yaxlitligi, abstraktlikdan konkretlikga o’tishdan foydalanadi.
Mantiq bilish jarayoni bilan uzviy bog’liqdir. Chunki mantiq fanini o’rganish ob'ektini tafakkur tashkil etadi.
Bilish – bilim olish maqsadida vaqelikni inson ongida in'ikos etish jarayonidir. U hissiy organlar va tafakkur yordamida amalga oshadi. Hissiy bilishning uchta asosiy bosqichi mavjud: sezgi, idrok va tasavvur. Sezgi (ko’rish, eshitish, ta'm bilish, hid bilish, teri orqali sezish) – predmetlarning biror-bir tashqi xususiyatini (rang, shakl, tovush, harorat) aks ettiruvchi hissiy bilish bosqichidir. Sezgilar yordamida qabul qilingan signallarni sintezi natijasida predmetlarning yaxlit obrazi in'ikosi idrokdir. Tasavvur avval idrok etilgan predmetlar yaxlit obrazini miyada qayta tiklanishi hisoblanadi. Idrok sezgilar vositasida hosil qilinsa, tasavvur xotirada saqlangan predmetlar obrazini qayta tiklanishidir.
Hissiy bilish yordamida biz alohida predmetlar va ularning xususiyatlari haqida bilim olamiz. Biroq inson borliqni anglash jarayonida alohida predmetlar haqidagi bilimlarni umumlashtirishga, jarayonlar sababini aniqlashga, ularning mohiyatiga kirib borishga, tabiat va jamiyat, qonunlarini ochishga harakat qiladi. Bu borliqni tushuncha, hukm va xulosa chiqarishda ifodalovchi tafakkur yordamida amalga oshiriladi.
Demak, tafakkur hissiy bilish natijasi bo’lgan aqliy bilish bosqichidir. Tafakkur o’z navbatida tushuncha, hukm va xulosa chiqarishni o’z ichiga oladi. Tafakkurning o’ziga xos xususiyatlari qo’yidagilardan iborat.
1.Tafakkur borliqni umumlashgan obrazlarda ifodalaydi. Hissiy bilishdan farqli o’laroq tafakkur predmetlardagi umumiy takrorlanuvchi, muhim jihatlarni ajratib ifodalaydi. Masalan, hayvonlarning tana tuzilishiga qarab biz ularni ma'lum tiplarga yoki kishilarni kasbiga ko’ra o’qituvchi, injener, vrach, tadbirkor yoki boshqalariga ajratamiz.
2.Tafakkur borliqni bilvosita ifodalaydi. Hissiy bilish bizning sezgi organlarimizga bevosita ta'sir qiluvchi predmetlar haqida bilim beradi. Tafakkur yordamida esa biz predmetlar haqida bevosita emas, balki bilvosita, ya'ni boshqa bilimlar orqali bilim olamiz. Masalan, qish fasli yaqinlashi bilan havo sovushini bilamiz. Mavjud bilimlar asosida hosil qilingan yangi bilim xulosaviy bo’ladi. Xulosa chiqarish orqali yangi bilimni xosil qilish insonning bilish faoliyatida keng qo’llaniladi. Mantiq fani xulosaviy bilim xosil qilish usullari, xulosa chiqarish qoidalarini o’rganadi.
3.Tafakkur til bilan uzviy bog’liq. Inson miyasida xosil bo’lgan har qanday fikr til yordamida so’z va gap shaklida moddiy ko’rinish oladi. Til yordamida kishilar o’z fikrlarini uzatadi va yangi bilimlarga ega bo’ladi.
4.Tafakkur – voqelikni faol in'ikosi jarayonidir. Faollik bilish jarayonini butunligicha xarakterlaydi. Umumlashtirish, taqqoslash, mavhumlashtirish kabi fikriy usullarni qo’llab inson voqelikdagi narsalar haqidagi bilimlarni shakllantiradi hamda ularni nafaqat tabiiy til belgilari, balki zamonaviy fanda muhim rol o’ynaydigan formallashgan til belgilari vositasida ham ifodalaydi.
Demak, yuqoridagilar tafakkurga xos bo’lgan muhim jihatlar hisoblanadi. Tafakkur predmet va hodisalardagi konkret jihatlardan uzoqlashib, bir turga kiruvchi ko’pgina predmetlarni umumlashtirib, ularning muhim jixatlarini ochib beradi.
Bilish jarayonida hissiy bilish va tafakkur uzviy bog’liqdir. Hissiy bilish yordamida qo’lga kiritilgan bilimlar tafakkurni shakllantiradi. Har qanday fikr o’z mazmuni va shakliga ega. Fikrning mazmuni deganda unda ifodalangan predmetlar, ularning xususiyat va munosabatlari tushuniladi. Tafakkurda mazmun tushuncha, hukm va xulosa chiqarishda bo’ladi. Tafakkur shakllari keyingi mavzularda atroflicha o’rganiladi. Biz bu o’rinda ularga qisqacha xarakteristika berib o’tamiz. Alohida predmetlar yoki ularning yig’indisi turli mazmuniga ko’ra tushuncha shaklida fikr qilinadi. Masalan, “inson” tushunchasi o’z mazmuniga ong va tafakkur, mehnat qilish qobiliyati, nutqga ega ijtimoiy mavjudotni oladi. Turli xil mazmunga ega tushunchalar bir xil shaklga ega bo’ladi. Tafakkurning hukm shaklida predmetlar o’rtasidagi munosabat va ularni belgilari ifodalanadi. Bu aloqa va munosabatlar tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Masalan, “qalam o’quv qurolidir”, “qalam” va “o’quv quroli” tushunchalarining aloqadorligi tasdiqlanmoqda. Hukmda tushunchalar munosabatini mantiqiy bog’lovchi ifodalaydi. Hukmlarning umumiy sxemasi: S-P dir va S-P emas shaklida bo’ladi. Shunday qilib hukm tasdiq yoki inkor shaklida tushunchalar aloqadorligini ifodalash usulidir.
Xulosa chiqarishda esa bir yoki bir necha hukmlardan (asos) yangi hukm (xulosa) hosil qilinadi. Bir xil shakldagi xulosa chiqarishda xulosa bir xil usulda hosil qilinadi. Masalan, “talaba o’quvchidir” va “o’qituvchilar bilim olish bilan shug’ullanadi” degan hukmlardan “Talaba bilim olish bilan shug’ullanadi” degan xulosa chiqaramiz. Xulosa chiqarish asos hukmlarning mazmunan mantiqiy aloqadorligiga asoslanadi. Mazmunan mantiqiy aloqadorlikga ega bo’lmagan hukmlardan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Shunday qilib barcha tafakkur shakllariga xos bo’lgan jihat fikr elementlaridagi aloqadorlikdir – tushunchada belgilar, hukmda tushunchalar, xulosa chiqarishda hukmlar. Tafakkurda fikr mazmuni va shakli uzviy aloqadorlikda bo’ladi.
Tafakkur borliqni anglash jarayoni sifatida ko’rishda biz “fikr” va “fikrlash” tushunchalarini qo’lladik. Fikr tushuncha va hukm shaklidagi bilish jarayoni natijasidir. Fikrlash bu xulosa chiqarish yoki bir necha o’zaro aloqador hukmlardan, asosdan xulosaga o’tishdir. Fikr voqelikga mos kelishi yoki mos kelmasligiga qarab chin va xato bo’ladi. Fikrlarni chinligi narsa va xodisalarni bilishimizga hamda fikrlash jarayonini to’g’ri qurilishiga bog’liq. Tafakkurning mantiqiy to’g’riligi mantiqiy qonunlar bilan belgilanadi. Mantiqiy qonun yoki tafakkur qonuni – bu fikrlash jarayonida fikrlarning zaruriy aloqasidir. Bu qonunlarga rioya qilmaslik mantiqiy xatodir.
An'anaviy mantiqda tafakkurning asosiy qonunlari formal mantiq qonunlari deyiladi. Ular ayniyat, nozidlik, istisno va yetarli asos qonunlaridir. Bu qonunlarga keyingi mavzularda alohida to’xtab o’tiladi.
Mantiq fanini o’rganish tafakkurning mantiqiy madaniyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Mantiqiy madaniyat darajasi inson tomonidan egallangan mantiqiy usullar bilan xarakterlanadi. Ba'zi hollarda insonning mantiqiy fikrlash darajasi uning fiziologik tabiatiga bog’liq deb aytiladi. Bu fikr xato xisoblanadi. Xo’sh agar mantiqiy fikrlash insonga tabiat tomonidan berilmasa u qanday egallanadi?
Tafakkurning mantiqiy madaniyati kishilar o’rtasidagi muomala, ta'lim va tarbiya jarayonida shakllanadi va natijada biz bu fikrlash usullariga duch kelishimiz natijasida ulardan qaysi biri to’g’ri va qaysi noto’g’riligini ajratib olamiz. Kundalik hayotda ham biz mantiqiy fikrlash usullaridan foydalanamiz. Mantiq fanini o’rganish esa fikrlashning to’g’ri usullarini sistemalashtiradi. Mantiqni o’zlashtirish kishilarning fikrlash jarayonidagi mantiqiy hatolarni ko’rsatish imkoniyatini ham beradi.
Mantiqiy fikrlash madaniyati fikrlarimizning aniq, izchil va asosli bo’lishi uchun imkon beradi. Mantiq fani ta'lim sohasida ham ancha qo’l keladi. Sababi o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarga ma'lum bilimlarni uqtirishdir. Buning uchun esa uni aniq va asosli qilib berishi lozim. Shu bilan birga o’qituvchining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarda mantiqiy fikrlash madaniyatini shakllantirishdir. Mantiq sud – tergov tizimi xodimlari uchun ham ahamiyatlidir. Chunki bu sohada har qanday jinoyatni fosh etish jumboq hisoblanadi. Bu uchun esa yuqori mantiqiy fikrlash madaniyati talab etiladi. Hozirgi barcha fan sohalari o’z ilmiy tadqiqoti jarayonida mantiqiy metodlardan keng foydalanadi.
Har bir fan kabi mantiq fani ham o`z shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Mantiqqa oid dastlabki atamalar Qadimgi Sharq mamlakatlarida, xususan, Hindiston, Xitoyda vujudga keldi. Biroq Yunon faylasuflari mantiq fanini rivojlanishi va alohida fan sifatida shakllanishiga sabab bo'ldilar. Ularning shakllanishiga notiqlik san`ati, matematika ilmining rivojlanishi va shu kabilar katta ta`sir ko`rsatdi. Bu fanning mantiq deb nomlanishining sababi, botiniy va zohiriy nutqning aniq, mustahkam bo`lishi u sababidandir. Mantiq fani insonning zehnini xatolardan saqlovchi qonun-qoidalar jamlanmasi hisoblanadi. “Mantiq” so`zi lug`atda yunoncha “logika” so`zining arabcha tarjimasidir. “Logikos”-“so`z, aql” va “aql yuritish” ma`nolarini beradigan “logos” so`zi bilan aloqador bo`lib, so`z va aql ma`nolarini o`z ichiga qamrab olgan tushunchadir. Mantiq so`zi arabcha "نطق" so`zidan olingan masdari miymiy bo`lib, “nutq qilmoq”, “fikr, kalom” yoki “ong” degan ma`nolarni ham bildiradi.
Mantiq fanining alohida fan sifatida shakllanishi uning nomi bilan bog`liq. U birinchi bo`lib mantiq ilmi o`rganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Aristotelning “Kategoriyalar”, “Talqin haqida”, “Birinchi analitika”, “Ikkinchi analitika”, “Sofistik raddiyalar haqida”, “Topika” nomli asarlari bevosita mantiq masalalariga bag`ishlangan. Aristotel mantiqni – “ma`lum bilimlardan noma`lum bilimlarni aniqlovchi”, “to`g`ri fikrni xato fikrdan ajratuvchi” fan sifatida ta`riflaydi.
Ular kitob ko`rinishiga keltirganlari uchun ko`pchilik asar asoschisi, ya`ni “Birinchi muallim-Arastu” deya ta`riflagan. Bu ilmga doir manbalar dastlab grek tilida bo`lgan. So`ngra suyroniy tiliga, keyinchalik esa arab tiliga tarjima qilingan. Musulmon olimlaridan Ibn Yaqub al-Kindiy, Ibn Rushd, Ibn Sino, Abu Nasr Forobiylar mantiq ilmlari haqida kitoblar ta`vil qilishgan.
VII-XIII asrlarga kelib, Yaqin va O`rta Sharqda Arab xalifaligi vujudga kelgach, tarixda musulmon madaniyati nomi bilan ma`lum bo`lgan madaniyat shakllandi. Bu yangi madaniyatning shakllanishiga O`rta Osiyo xalqlarining iste`dodli vakillari xissa qo`shdilar. Bu davrda diniy va dunyoviy ilmlar qatori mantiq ilmi ham rivojlandi. IX-XI asrlar mantiqiy ta`limotlarning riojlanishidagi eng samarali davr hisoblanadi.
Aristotelning mantiqiy ta`limoti Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushdlarning mantiqqa oid asarlari orqali, ya`ni Sharq orqali Yevropaga kirib keldi. O`rta asr Yevropasida mantiq masalalari asosan umumiy va yakka tushunchalarning o`zaro munosabati doirasida o`rganilgan. Xususan, 1662-yilda Antuan Arno va Pyer Nikol tomonidan “Mantiq yoki fikr qilish san`ati” deb nomlanuvchi kitob yozilib, nashr etildi. Keyinchalik bu asar “Por-Royal mantig`i” nomi bilan mashhur bo`ldi. Por-Royal mantig`i Dekartning mantiqiy qarashlariga asoslanadi.
XX asrga kelib mantiq ilmining ma`lum yo`nalishlari rivojlanishiga Vitgenshteyn, K.Popper, Y.K.Voyishvillo, V.A.Smirnov, Xantikki kabilar ham o`zlarining munosib hissalarini qo`shdilar.
Hozirgi paytda mantiq o`zining turli xil sohalari va yo`nalishlarida taraqqiy etib bormoqda.
Mantiq qonunlarining mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqishdan oldin “qonun”ning umumiy tushunchasiga ta’rif berish maqsadga muvofiqdir. Huquq - bu hodisalarning tuzilishi, faoliyati yoki rivojlanishini belgilovchi muhim, ichki, barqaror, zaruriy, takrorlanuvchi aloqasi. Ana shu umumiy ta’rifdan kelib chiqib, “tafakkur qonuni” kategoriyasini aniqlaymiz. Tafakkur qonuni - bu fikr elementlari va fikrlarning o'zi o'rtasidagi ichki, muhim, barqaror, zaruriy, takrorlanadigan bog'liqlik. Ushbu aloqalarning manbalari ob'ektivdir. Tafakkur qonunlari tashqi olam qonuniyatlarining umumlashtirilgan in'ikosi bo'lib, inson boshida o'zgarib, kognitiv tafakkurning umumiy tamoyillariga aylanadi. Demak, narsalarning tartibi va aloqadorligi fikrlarning tartibi va aloqasini belgilaydi. Bu jarayon ikki yo'nalishda boradi: rasmiy (fikr shakllarining aloqalarini aks ettirish). Birinchi yo'nalish dialektik qonuniyatlarda amalga oshiriladi va dialektik mantiq bilan o'rganiladi, ikkinchisi - rasmiy mantiqiy qonunlarda va formal mantiq bilan o'rganiladi
Mantiqiy qonuniyatlar tabiat olamining ob'ektiv xususiyatlari va munosabatlari asosida tarixan rivojlangan fikrlash jarayonining ichki tuzilishining muhim, barqaror va zaruriy xususiyatlarini ifodalaydi. Shuning uchun mantiq qonunlarining o'zi ob'ektivdir. Shuning uchun odamlar yangi mantiqiy qonunlarni o'z xohishiga ko'ra o'zgartira olmaydi yoki "dikta qila olmaydi". Mantiq qonunlari aksioma - isbot talab qilmaydigan haqiqat sifatida qabul qilinadi. Tafakkur sohasida umuminsoniylik xususiyatiga ega bo'lgan bu qonunlar ilmiy bilimning barcha sohalarida va bilish jarayonining istalgan darajasida rioya qilish nuqtai nazaridan majburiydir. Tabiiyki, hukmlarimiz va xulosalarimiz haqiqatini ta'minlash uchun faqat mantiqiy qonunlar etarli emas. Mantiq qonunlari bizning fikrlarimiz haqiqatini belgilaydigan shartlar tizimida muhim va majburiy momentni tashkil qiladi. Mantiqiy to'g'rilik va fikrlashning uyg'unligi zarur, ammo xulosa chiqarishning ob'ektiv haqiqati uchun etarli emas. Bundan quyidagi mulohaza kelib chiqadi: formal mantiq qonunlarini mutlaqlashtirish mumkin emas, ular tashqi dunyoga taalluqli emas; ularning tatbiqi tafakkur doirasi bilan chegaralanadi va ularning harakati fikr mazmuni emas, balki faqat mantiqiy shakl doirasida qonuniydir. Shuni e'tiborga olish kerakki, mantiqiy qonunlar nisbiy bo'lsa-da, ular shunchaki konventsiya yoki aqlning o'zboshimchalik bilan uydirilishi sifatida harakat qilmaydi. Bunday qonuniyatlar tashqi olamning inson ongida aks etishi natijasidir. Faqat adekvat va ilmiy idrok etilgan formal mantiqgina inson tafakkuri qonuniyatlarining mantiqiy shaklining obyektiv asoslarini ochib beradi va shu orqali ob'ektiv voqelikni ilmiy bilishning har qanday jarayonida ularning zarurligini isbotlaydi. Formal-mantiqiy qonunlarning quyidagi turlari mavjud. Birinchidan, qonunlar mavhum fikrlashning individual shakllari yoki tushuncha bilan, hukm yoki xulosa bilan bog'liq. Ikkinchidan, tabiatan umumbashariy qonunlar mavhum tafakkurning barcha shakllarida amal qiladi. Ular asosiy formal-mantiqiy qonunlar deb ataladi. Bular o'ziga xoslik qonuni, qarama-qarshilik qonuni, istisno qilingan o'rta qonuni va etarli sabab qonuni. Ular asosiy deb ataladi, chunki ular: har bir fikrda harakat qilish; tushunchalar va mulohazalar bilan turli mantiqiy amallar asosida yotadi; xulosa chiqarish va isbotlash jarayonida foydalaniladi;
to'g'ri fikrlashning muhim xususiyatlarini aks ettiradi: aniqlik, mantiqiy izchillik, izchillik, asoslilik. Dastlabki uchta qonunni qadimgi yunon faylasufi Aristotel, etarli sabab qonuni - 18-asr nemis faylasufi aniqlagan va shakllantirgan. G.V. Leybnits. Shuni yodda tutish kerakki, to'rtta formal-mantiqiy qonunlarni ajratish faqat bizning tadqiqot ob'ektimiz bo'lgan an'anaviy mantiqda amalga oshiriladi. Zamonaviy mantiq (xususan, matematik, ramziy) cheksiz ko'p mantiqiy qonunlar mavjudligini va ularni asosiy va ikkilamchi qonunlarga bo'lish uchun asos yo'qligini ko'rsatdi. Bundan tashqari, ular qonun bo'lmagan mantiqiy tizimlar qurilgan, masalan, istisno qilingan o'rta qonuni (masalan, intuitiv mantiq, ko'p qiymatli mantiqning ba'zi tizimlari), qarama-qarshilik qonuni (paraconsistent mantiq).
Yüklə 33,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin