11
Sug‗d va boshqa viloyatlarning iqtisodiy-jo‗g‗rofiy xaritasi, qazilmalaridan olingan mis,
temirdan turli qurol va ro‗zg‗or buyumlari ishlana boshlandi.
Er. av. 4 asr boshlarida Aleksandr Makedonskiy hukmronlik qilgan yillarda
ijtimoiy hayotda ziddiyatlar bo‗lishiga qaramay, O‗rta Osiyo ilm-fan, madaniyat
sohasida rivojlanish yuz berdi. Tabiiy fanlarni rivojlantirishga e‘tibor berildi, antik
tipdagi binolar qurildi.
Er, av. 2 ming yillikda paydo bo‗lgan, 16 asrga qadar Uzoq Sharq, ya‘ni Xitoy,
Yaponiyani Old Osiy bilan bog‗lagan «Ipak yo‗li»
faqat savdo, siyosiy va ijtimoiy
madaniy aloqa yo‗li xam bo‗ldi, mamlakat, shaxarlar halqlarining jumladan, O‗rta
Osiyo va Eron, Turkiya halqldari Musiqa madaniyatining rivojida muhim ahamiyat kasb
etdi. «Ipak yo‗li» halqlarining urf-odati, an‘anlari, madaniyatinin bir-biriga
uyg‗unlashuvida muhim rol o‗ynadi. «Ipak yo‗li» - halqlari tarixining o‗ziga xos bir
yodgorligi bo‗lib, halqlarning ham savdo madaniy sohada o‗zaro hamkorlikda yashashi,
do‗stlashi uchun xizmat qildi.
Er. keyingi 6-7 asrlarda Turk xoqonligi hukm surgan davrda O‗rta Osiyoda ishlab
chiqaruvchi kuchlarning ortishi bilan dehqonchilik yana yuksaldi,
dalalarni sunniy
o‗g‗itlash usuli joriy qilindi, sug‗orish ishlari, to‗qimachilik rivojlandi, ipak-gazlama
korxonalari bunyod etildi, oltin, temir, qo‗rg‗oshin, kumushlardan turmush uchun
kerakli buyumlar yasaldi. Ijtimoiy hayotda yuz bergan bu o‗zgarishlar natijasida O‗rta
Osiyo, jumladan O‗zbekiston halqlari bilan Vizantiya, Xitoy va Xindiston,
umuman
Sharq halqlari o‗rtasida madaniy aloqalar taraqqiy etdi. Turk va fors tilida so‗zlashuvchi
halqlar o‗rtasida aloqa rivojlandi. Bu aloqa ular yaratgan og‗zaki ijodlarida ham o‗z
ifodasini topdi.
Hind halqining «Pancha Tantra», ( Besh kitob) asari Ibn Muqaffaning arab tilida
qilgan tarjimasi o‗zbek tilida «Kalila va Dimna» nomida nashr etildi.
8 asrning ikkinchi yarmidan boshlab O‗rta Osiyoda hukmronlik qilgan arablar bu
o‗lkada islomni targ‗ib etdilar, arab tili davlat, Fan va adabiyot tili bo‗ladi. Bu davrda
madniy barkamollikka erishgan o‗zbek halqi islom mohiyatini tezroq tushundi va uni
qabul qildi. «Quroni Karim» ni insonni ulug‗lashga, qadrlashga, uni mehr-shavqatga,
muhabbatga, tinch-totuv yashashga, iqtisodiy va ma‘naviy barkamollikka undovchi
islom ma‘rifati mujassami deb ataladi.
Qur‘on insonlarni ilmda, madaniyatda, odob-axloqda barkamol bo‗lishga, dindan,
irqdan qat‘iy nazar, ittifoq bo‗lib, tinch-totuv yashashga da‘vat etadi.
U Sharq va
umumbashariyat madaniyatining bebaho hazinasi sifatida jamiyat taraqqiyoti va halq
farovonligi yuksalishining asosiy negizi bo‗lib, uni barkamollik sari yo‗lladi, bundan
keyin ham yo‗llaydi.
Imom Ismoil al-Buxoriyning «Al-adab, al-Mufral», «Adab durdonalari»
asaridaagi 110 ta xadisda mushkul ahvolga tushgan kishiga yordam berish haqida
shunday deyiladi. «Bir qancha qo‗shnilar qiyomat kuni o‗z qo‗shnilarinin etagidan
ushlab, «Yo rabbi, manna bu qo‗shnim boshiga ish tushgan vaqtida yordam qilish
o‗rniga eshigini qulflab olgan edi, deb da‘vo qildi». 3- hadisda deyiladiki, «Kim
o‗zining qorni to‗q bo‗lib, qo‗shnisi och holda o‗tirgan bo‗lsa, u kishi «chin» mo‗min
emasdir». Demak, har biri kishi og‗ir ahvolda qolgan qo‗shnisiga o‗z ovqatidan bo‗lib
berishi lozim.
Yuqorida keltirilgan hadis butun
insoniyat uchun barkamollik, insoniylik ramzi
bo‗ladi. Ushbu mo‗‘tabar kitob, kishilarni, hususan yosh avlodni ma‘naviy barkamollik
12
ruhida tarbiyalashdek muhim ishda beqiyos ahamiyat kasb etdi. Bunda ifodalangan
aqidalar halqning e‘tiqodiga aylandi. Oilaning mustahkamlanishiga, bolalarga ixlos,
imon, diyonat hislatlarini tarbiyalashga hizmat qilmoqda.
O‗rta Osiyoda yashab ijod etgan ulug‗ mutafakkir shoir, olimlar hadisdagi
ko‗pgina aqida, pand-nasihatlarni o‗z asarlarida ifodaladilar. Buni biz Ibn Sino, Ahmad
Yassaviy, Rabg‗uziy, Nizomiy Ganjaviy,
Alisher Navoiy, Yusuf Xos Xojib, Al-
Xorazmiy kabi allomalar ijodida ravshan ko‗ramiz.
Dostları ilə paylaş: