I bob. Iqtisodiy o‘sish


Bob bo‘yicha qisqacha xulosalar



Yüklə 142,93 Kb.
səhifə6/7
tarix16.06.2023
ölçüsü142,93 Kb.
#131437
1   2   3   4   5   6   7
1-мавзулар

Bob bo‘yicha qisqacha xulosalar


Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy sohada mamlakat hukumatining faoliyat samaradorligini ko‘rsatuvchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sish tanlab olingan vaqt oralig‘ida milliy ishlab chiqarish hajmidagi o‘zgarishlar
sur’atini ko‘rsatadi. Iqtisodiy o‘sishni ijobiy, nol va salbiy sur’atga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan milliy ishlab chiqarish hajmini miqdoriy aniqlash jarayoni orqali ifodalash mumkin. Iqtisodiy nazariya iqtisodiy o‘sishning mohiyatini ko‘rib chiqar ekan, iqtisodiy o‘sish yalpi mahsulot hajmining miqdoriy o‘zgarishlari orqali aks etishini uqtiradi. Ko‘pgina tadqiqotchilar iqtisodiy o‘sishni ko‘rib chiqishda milliy ishlab chiqarish tizimidagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlarining umumiyligini tushunishni taklif qiladilar. Shu bilan bir qatorda, ustun nuqtai nazar shundan iboratki, unga ko‘ra mustaqil muhim tarkibga ega bo‘lgan ikkita atama ajralib turadi - iqtisodiy o‘sish va iqtisodiy rivojlanish. Iqtisodiy o‘sishning mohiyati miqdoriy o‘zgarishlarni aks ettirishda ifodalansa, iqtisodiy rivojlanish esa iqtisodiyotdagi yaxshilanish va sifat jihatdan rivojlanishlarni aks ettiradi. Ko‘pgina hollarda iqtisodiy o‘sish iqtisodiy rivojlanish bilan birga bo‘lishi kerak, ammo o‘sish sifatning progressiv o‘zgarishi, ishlab chiqarish hajmining ijobiy va sifat o‘zgarishlari bilan birga kechmaydigan holatlar ham mavjud. Iqtisodiy o‘sish-bu milliy iqtisodiyotning harakati va rivojlanishi bo‘lib, eng avvalo yalpi ichki mahsulot va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni o‘z ichiga oluvchi makroiqtisodiyot ko‘rsatkichlari majmuining o‘zgarishi bilan tavsiflanadi. Odatda iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari ikkita katta guruh: miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlariga ajratiladi. O‘z navbatida miqdoriy ko‘rsatkichlar umumiy va xususiy ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Umumiy miqdoriy ko‘rsatkichlarga o‘sish sur’ati va yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati, shuningdek, aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot va milliy daromad ko‘rsatkichlari kiradi. Xususiy miqdoriy ko‘rsatkichlarga mehnat unumdorligi, mahsulotlarning mehnat sig‘imi ko‘rsatkichlari, kapital sig‘mi, fond qaytimi va fondlar sig‘imi ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin . Sifat ko‘rsatkichlari ijtimoiy infratuzilmaning rivojlanish ko‘rsatkichlari, inson kapitalini shakllantirishga investitsiyalar darajasi, aholining bo‘sh vaqti dinamikasi ko‘rsatkichlari, jamiyatning ijtimoiy himoyalanganlik darajasi, ekologiya sohasidagi xavfsizlik va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Shuni ta’kidlash kerakki, iqtisodiy o‘sishda miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga erishish o‘rtasida ma’lum qarama-qarshiliklar mavjud
bo‘lishi va namoyon bo‘lishi mumkin. Masalan, miqdoriy ko‘rsatkich sifatida o‘sish sur’atini oshirish uchun ish vaqtini ko‘paytirish va ta’tillar sonini kamaytirish muhim ahamiyatga ega. Shunga qaramay, ushbu jarayonni amalga oshirish jamiyat a’zolari bo‘sh vaqtining qisqarishiga olib keladi, pirovardida esa iqtisodiy o‘sishning sifat ko‘rsatkichlarini yomonlashtiradi. Iqtisodiy o‘sishning eng ko‘p tarqalgan miqdoriy ko‘rsatkichi YaIM o‘sish sur’ati va aholi jon boshiga YaIM o‘sishi ko‘rsatkichi bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar foiz sifatida o‘lchanadi. Yalpi ichki mahsulotning o‘sishi yuqori, o‘rta, past va hatto salbiy o‘sish sur’atlariga ega bo‘lishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Iqtisodiy o‘sishning asosiy maqsadi milliy ishlab chiqarish hajmining izchil yuqori sur’atlarda o‘sishini ta’minlashdan iborat. Iqtisodiy o‘sish tamoyillari qatorida barqarorlik, muvozanatlilik, izchillik va ko‘p qirralilik, sifat, tartibga solinuvchi ekologik xavfsizlik, innovatsiyalar kabilarni sanab o‘tishimiz mumkin.
Iqtisodiy o‘sishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanish; milliy ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish; yangi ish o‘rinlari yaratish va ishsizlikni kamaytirish; daromadlar va jamiyat farovonligi darajasini oshirish; mahalliy korxonalarrning rentabelligini oshirish; alohida kompaniyalar va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshlik darajasini oshirish; soliq bazasini kengaytirish, byudjet daromadlarini oshirish va davlatning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish; ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash borasida qulay iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, Xalqaro aloqalarni kengaytirish va jahon hamjamiyatiga izchil qo‘shilib borish; jamiyat a’zolarining iqtisodiy, siyosiy ta’sirini kengaytirish.
Iqtisodiy o‘sishning tabiati va turiga ko‘ra ekstensiv va intensiv omillarni ajratish mumkin. Ekstensiv omil ko‘rsatkichlari orasida ishchilar sonining o‘sishi, iste’mol qilinadigan materiallar va xom ashyo hajmi, texnika va texnologiyaning oldingi holatini saqlab, asosiy fondlarga investitsiyalarning ko‘payishi kabilarni alohida ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Intensiv omillar ko‘rsatkichlari orasida FTT ning tezlashishi, mehnat unumdorligining o‘sishi va ishchilar malakasi, asosiy va aylanma mablag‘lardan foydalanishni yaxshilash kabilarni sanab o‘tishimiz mumkin.
Ta’sir qilish usuliga muvofiq bevosita va bilvosita omillarni ajratish mumkin. Bevosita omillar qatorida mehnat resurslari sifati, tabiiy resurslar, asosiy kapital hajmi, tadbirkorlik qobiliyatining rivojlanish darajasini ko‘rib chiqishimiz mumkin. Bilvosita omillarga quyidagilar kiradi: bozorlarning monopollashuv darajasi; rivojlangan bank tizimi; mamlakatdagi investitsiya va soliq muhiti; jamiyatda daromadlarning adolatli taqsimlanishi. Ekstensiv iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarish jarayonlariga yangi qo‘shimcha ishlab chiqarish omillarini jalb qilish orqali yalpi ichki mahsulotning milliy ishlab chiqarish hajmining o‘sishini ifoda etadi. Ushbu o‘sishga erishish bir muncha osonroq hisoblanadi va mamlakatning ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatini nisbatan tezroq oshirishga imkon beradi. Shunday bo‘lsa-da, unmudorlik va samaradorlik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishsiz qolishi, fan-texnika taraqqiyotining mavjud emasligi, o‘sishning xarajatli tavsifga egaligi kabi kamchiliklar ekstensiv o‘sish uchun xosdir. Intensiv iqtisodiy o‘sish- bu mehnat unumdorligini oshirish, ilg‘or texnika va texnologiyalarni joriy etish orqali milliy ishlab chiqarish hajmining oshishidir. Ushbu o‘sishga erishish qiyin kechishi va katta xarajatlar bilan ajralib tursada, u bir qator afzalliklarga ega. Ushbu turdagi o‘sish ilmiy va texnologik taraqqiyotni rag‘batlantiradi, mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi va cheklangan resurslar muammosini hal qilishga imkon beradi.

Yüklə 142,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin