I bob. Iqtisodiy o‘sish



Yüklə 142,93 Kb.
səhifə5/7
tarix16.06.2023
ölçüsü142,93 Kb.
#131437
1   2   3   4   5   6   7
1-мавзулар

birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga;

  • ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga;

  • uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga;

  • to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro‘sining oshishiga olib keladi.



    1. Band bo‘lganlar soni

    2. Ishlagan kishi soatlarning o‘rtacha miqdori





    1. Texnika taraqqiyoti

    2. Kapital qo‘yilmalar qiymati 3.Ta’lim va malaka tayyorgarligi 4.Resurslarning joylashtirish samaradorligi



    Mehnat unumdorligi


    1.4-rasm. Real ishlab chiqarish hajmini oshirish yo‘llari.
    Yuqoridagi chizmadan ko‘rinib turibdiki, real mahsulot ikki asosiy yo‘lda ko‘paytirilishi mumkin:

    1. ko‘proq resurs jalb etish;

    2. resurslardan samarali foydalanish.

    Respublikamizda hozirgi kunda texnika taraqqiyoti sohasidagi asosiy vazifa, ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani qo‘llash, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishning yangi usul va shakllarini joriy qilish hisoblanadi.
    Mehnat unumdorligini o‘sishini aniqlab beruvchi asosiy omillar bir ishlovchiga to‘g‘ri keluvchi asosiy kapital hajmi hisoblanadi. Ma’lum vaqt ichida, kapitalning hajmi mutloq ko‘payishi mumkin, ammo ishchi kuchi soni tezroq o‘ssa, mehnat unumdorligi pasayadi, chunki har bir ishchining asosiy kapital bilan qurollanganlik darajasi kamayadi.
    Ta’lim va malakali tayyorgarlik, mehnat unumdorligini oshiradi va natijada ancha yuqori ish haqiga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Inson kapitaliga investitsiyalar qo‘yish mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. O‘z-o‘zidan aniqki, ishchi kuchi sifatining eng oddiy ko‘rsatkichi ta’lim darajasi hisoblanadi.
    Real voqelikda iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ham mavjud. Bunday omillar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

    • mehnat muhofazasi;

    • atrof-muhit va ekologik vaziyat;

    • ekologik muammolar;

    • xodimlarning mehnat sharoiti;

    • sog‘liqni saqlash;

    • tabiiy ofatlar;

    • favqulodda ro‘y beradigan iqtisodiy-siyosiy o‘zgarishlar.

    Yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish uchun ustuvor vazifalar quyidagilar hisoblanadi:

      • makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;

      • xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda

      • davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;

      • soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish;

      • ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash.

    O‘zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlash-tirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar quyidagilardan iborat:

      • milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish;

    ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;

      • iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma- bosqich kamaytirish;

      • xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish;

      • eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;

      • yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.

    Yüklə 142,93 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin