I bob. Iqtisodiy o‘sish



Yüklə 142,93 Kb.
səhifə1/7
tarix16.06.2023
ölçüsü142,93 Kb.
#131437
  1   2   3   4   5   6   7
1-мавзулар

I BOB. IQTISODIY O‘SISH



Shu narsa kundek ravshanki, iqtisodiy o‘sish favqulodda murakkab hodisa hisoblanadi. Barchani birdek qanoatlantiruvchi iqtisodiy o‘sish nazariyasi tabiiy resurslar, siyosiy institutlar, qonunchilik, shuningdek, bir qator ijtimoiy va psixologik omillarni inobatga olishi lozim. Bu xil keng qamrovli iqtisodiy o‘sish nazariyasini ishlab chiqishning amalda deyarli imkoni yo‘q.
Ben B. Seligmen

  1. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni va turlari

  2. Iqtisodiy o‘sishning ko‘rsatkichlari va omillari

  3. Iqtisodiy o‘sishni o‘lchash



O‘qitish maqsadi: iqtisodiy o‘sish tushunchasi va iqtisodiy rivojlanish, iqtisodiy tushunchalar va ularniig mazmuni, iqtisodiy yondashuvlar, ikki tarmokli yondashuvlar, iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari to‘g‘risida tushuncha, ularning mazmunini aniqlashga doir nazariy bilimlarni shakllantirish.
Tayanch iboralar: iqtisodiy o‘sish, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, ekstensiv omillar, intensiv omillar, talab, taklif, taqsimot, qisqa muddatli o‘sish, uzoq muddatli o‘sish, tabiiy resurs, moddiy resurs, moliyaviy resurs, tarmoq iqtisodiyoti, barqaror iqtisodiy o‘sish.
    1. Iqtisodiy o‘sishning mazmuni va turlari


Har qanday mamlakat hukumati iqtisodiy siyosatining uzoq muddatli maqsadlaridan biri- bu shubhasiz iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdan iboratdir. Ushbu holatda qaysi omillar iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishi va qaysi omillar iqtisodiy o‘sishni cheklashi borasida aniq tasavvurga ega bo‘lish lozim. Iqtisodiyot nazariyasida samarali uzoq muddatli iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, muayyan bir mamlakat doirasida iqtisodiy o‘sishning maqbul sur’atlariga erishish imkonini beruvchi iqtisodiy o‘sishning dinamik modellari ishlab chiqilgan.
Iqtisodiy ta’limotlar tarixining taniqli namoyondalaridan biri bo‘lgan B. Seligmanning epigrafda keltirib o‘tilgan fikri shuni angla-tadiki, iqtisodiy o‘sish nazariyalarining mualliflari, taniqli iqtisod-chilar har jihatdan mukammal iqtisodiy o‘sish nazariyasini yaratishga da’vo qilmagan bo‘lsalarda, ular keng qamrovli iqtisodiy o‘sish fenomenini tushuntirishga harakat qilganlar. Shu bois, iqtisodiy o‘sishning mohiyati va unga ta’sir ko‘rsatuvchi ahamiyatli omillarni ochib berishga qaratilgan har qanday nazariya yoki modelda muayyan bir taxmin va farazlarga yo‘l qo‘yiladi
Iqtisodiy o‘sish negizida iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning rivojlanishi turadi. Iqtisodiy o‘sish ishlab chiqarishning ilg‘or tuzilmasiga, yuqori mehnat unumdorligi darajasiga, ichki va tashqi bozorda talab katta bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, mahsulotni qulay bozorlarda sotishga tayanadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy o‘sish mahsulot ishlab chiqarishning real hajmini muttasil qo‘paytirib borish va ayni paytda jamiyat taraqqiyotida texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarning yaxshilanib borishini anglatadi. Agar muayyan bir mamlakat iqtisodiyoti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ko‘proq yalpi ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lsa, u holda biz kengaytirilgan takror ishlab chiqarish borasida so‘z yuritishimiz o‘rinli bo‘ladi. Aynan, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish dinamikasi iqtisodiy o‘sishning tabiiatini ochib beradi. Shu o‘rinda iqtisodiy o‘sish nima? Uni qanday o‘lchash mumkin? Iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omillar nimalardan iborat?-degan savollar tug‘ilishi tabiiydir.
Iqtisodiy o‘sishni aniqlash va hisoblashda mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining eng umumiy ko‘rsatkichi bo‘lgan yalpi ichki mahsulot (YaIM) asos bo‘lib xizmat qiladi va iqgisodiy o‘sishning muayyan davr mobaynida real YaIM hajmining ijobiy tomonga o‘zgarishini ko‘rsatadi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari YaIM o‘sish sur’atlarida o‘z aksini topadi.
YaIMning o‘sish sur’atlari joriy davrdagi va o‘tgan davrdagi real YaIM o‘rtasidagi farqning o‘tgan davrdagi real YaIM qiymatiga nisbati sifatida topiladi: Y=(Yt-Yt-1)/Yt-1 *100%=Yt / Yt-1 *100% (1)
Bu yerda: Yt - qarab chiqilayotgan davrda real YaIMning qiymati; Yt-1
o‘tgan davrdagi YaIMning real hajmi.
Iqtisodiy o‘sish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy holatini ifodalaydi. Real YaIM hajmining o‘zgarishi mamlakat iqtisodiyoti holati va dinamikasi to‘g‘risida ma’lumot bersada, iqtisodiy o‘sishni to‘liq aks ettirmaydi. Mamlakat aholisining o‘sish sur’ati 3% ni, real YaIM ning O‘sish sur’ati ham 3% ni tashkil etdi. Bunday holatda, garchi YaIM hajmi o‘sgan bo‘lsada, kishilarning daromadlari o‘zgarmay qoladi. Shu sababli iqtisodiy o‘sishni to‘laroq aks ettirish uchun boshqa bir ko‘rsatkich — aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan real YaIMning o‘zgarishi qo‘llaniladi. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning har bir bosqichida makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash asosiy ustuvor vazifa etib belgilab kelindi. Ma’lumki, makroiqtisodiy barqarorlik mamlakatning YaIM da namoyon bo‘ladi va u davlatning iqtisodiy qudratiga baho beradi. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi va uning samarali ijro etilishi orqali iqtisodiy islohotlarning yuqori natijalariga erishildi. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy- iqtisodiy siyosati tubdan o‘zgardi. Harakatlar strategiyasiga muvofiq, iqtisodiy rivojlanish, avvalo aholining turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilgan mutlaqo yangi bosqichga o‘tdi. 2021 yilda dunyo bo‘yicha ayrim mamlakatlarning iqtisodiyotlarida tiklanish jarayoni boshlangan bo‘lsa, ba’zi davlatlar pandemiya sababli yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozdan hali ham chiqib keta olganlari yo‘q. Global miqyosda davom etayotgan pandemiya hamda iqtisodiy vaziyat bilan bog‘liq mavhumliklar saqlanib qolayotgan shunday sharoitida, O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘z vaqtida muvofiqlashtirilgan fiskal va monetar siyosat natijasida 7,4 foiz o‘sishni qayd etib, jadal ravishda tiklanishda davom etdi. Shuningdek, 2021 yil yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan Jahon banki hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonning yirik iqtisodiy hamkor davlatlarining iqtisodiyotlarida o‘sish qayd etilgan. Xususan, Rossiya Federatsiyasining iqtisodiyoti 2020 yilda 3,0 foizga qisqarganidan so‘ng, 2021 yilda 4,3 foizga o‘sganligi hisoblangan.



Xalqaro valyuta jamg‘armasining yanvardagi hisoboti bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 4,5 foizga etgan. Shu bilan birga, Xitoy iqtisodiyoti 2020 yilda 2,2 foizga sekinlashgandan so‘ng, 2021 yilda, Jahon bankiga ko‘ra 8,0 foizga va Xalqaro valyuta jamg‘armasiga 8,1 foizga o‘sgan. Bundan tashqari, Jahon bankiga ko‘ra, 2021 yilda Qozog‘iston iqtisodiyoti 3,5 foizga va Turkiya iqtisodiyoti 9,5 foizga o‘sganligi qayd etilgan.
2021 yilda YaIMning nominal hajmi 734,6 trln. so‘mni yoki 69,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bunda, qishloq ho‘jaligi YaIMning 25,0 foizini yoki 183,5 trln. so‘mni, xizmatlar 35,7 foizini yoki 262,5 trln. so‘mni, sanoat 25,8 foizini yoki 189,6 trln. so‘mni, qurilish 6,2 foizini yoki 45,8 trln. so‘mni va eksport import mahsulotlariga sof soliqlar 7,2 foizini yoki 53,2 trln. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, 2021 yilda YaIM tarkibida sanoatning ulushi 0,4 foizga ko‘paygan. Bungacha, 2020 yilda koronavirus inqirozi sababali sanoatning ulushi 25,7 foizdan 25,4 foizgacha kamaygan edi.
Bundan tashqari, yalpi qo‘shilgan qiymat 2021 yilda 7,5 foizga ko‘payib, 681,4trln. so‘mni tashkil qildi. 2020 yilda yalpi qo‘shilgan qiymatning o‘sishi 1,9 foizgacha sekinlashgan va 557,8 trln. so‘mga teng bo‘lgan.

Yüklə 142,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin