I bob. Iqtisodiy o‘sish



Yüklə 142,93 Kb.
səhifə4/7
tarix16.06.2023
ölçüsü142,93 Kb.
#131437
1   2   3   4   5   6   7
1-мавзулар

1.1-jadval.
O‘zbekistonda YaIM va asosiy tarmoqlar mahsulotlarining o‘sish sur’atlari oldingi yilga
nisbatan % hisobida

Ko‘rsatkichlar

2018 yil

2019 yil

2020 yil

2021 yil

mlrd. so‘m

o‘sish sur’ati,
%da

mlrd. so‘m

o‘sish sur’ati,
%da

mlrd. so‘m

o‘sish sur’ati,
%da

mlrd. so‘m

o‘sish sur’ati,
%da

Yalpi ichki mahsulot

424
729

105,4

529
391

105,7

602
193

101,9

734
588

107,4

Tarmoqlarning
yalpi qo‘shilgan qiymati

379
153



105,3

484
129



105,8

557
831



101,9

681
424



107,5

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi

113
661



100,3

130
307



103,1

151
280



102,9

183
518



104,0

Sanoat

95 804

110,8

136
103

105,0

153
188

100,9

189
607

108,7

Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni
ishlash

20 057





126,5

31 338





99,4

22 619





78,0

28 869





110,7

Ishlab
chiqaradigan sanoat

68 972





107,9

94 750





106,6

118
251



107,9

146
734



108,2

Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni
konditsiyalash

5 870





103,1

9 055





105,1

11 220





106,8

12 633





113,0

Suv bilan ta’minlash; kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va
utilizatsiya qilish

905

111,3

961

102,2

1 098

99,1

1 371

82,3

Qurilish

22 101

114,3

30 595

122,9

37 548

109,5

45 802

106,8

Xizmatlar

147
587

105,2

187
123

106,0

215
816

100,7

262
496

109,2

Mahsulotlarga
sof soliqlar

45 576

105,9

45 263

104,7

44 362

101,6

53 164

106,7

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi:

  1. Ishlab chiqarish vositalarining rivojlanish darajasi, ya’ni uning unumdorligi;

  2. xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;

v) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o‘rtasidagi nisbat;
g) mexnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi.
1.2-jadval.
O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti tarmoqlari bo‘yicha YaIM ulushining o‘zgarishi (joriy baholarda YaIM ga % hisobida)



Tarmoqlar

Yillar

2018

2019

2020

2021

1.

YaIM

100

100

100

100

2.

Qishloq xo‘jaligi

31,5

28,0

28,2

35,7

3.

Sanoat

26,5

29,3

28,5

25,8

4.

Qurilish

6,1

6,6

7,0

6,2

5.

Xizmatlar

35,9

36,1

36,3

25,0

6.

Sof soliqlar

11,2

8,9

7,6

7,2

Manba: Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.

Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan boshqa jismoniy ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‘yicha hisoblab chiqadigan mahsulot ko‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bundan tashqari, iqtisodiy o‘sish tahlilida iqtisodiyotning ichidagi asosiy nisbat ham o‘rganiladi.


Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda uchta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning jismoniy o‘sish layoqatini belgilab beradi, ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar:

  • Tabiiy resurslarning miqdori va sifati.

  • Mehnat resurslarining miqdori va sifati.

  • Asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi.

  • Texnologiya va fan - texnika taraqqiyoti.

Mamlakatimizda o‘tish iqtisodiyoti davrida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar iqtisodiy o‘sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda.
Ikkinchi guruh talab omillaridir. Bular:

  1. Investitsion resurslar talab darajasi.

  2. Aholining umumiy farovonlik darajasi.

Iqtisodiy o‘sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish salohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to‘liq jalb qilingan bo‘lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan to‘liq foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi, taklif va taqsimlash omillari o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o‘sishi va sifatining yaxshilanishi, texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o‘sish uchun imkoniyat yaratdi. To‘liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash bunday o‘sishni ro‘yobga chiqaradi.
Iqtisodiy o‘sishda resurslarni taqsimlash omillari ham o‘z o‘rniga ega bo‘lsada, bu muammoni tahlil qilishda asosiy e’tibor taklif omillariga qaratilishi zarur.
Bu avvalo, mehnat unumdorligining o‘sishiga olib keluvchi omillardir.
Fan — texnik taraqqiyoti mehnat unumdorligi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Texnik taraqqiyoti o‘z ichiga nafaqat ishlab chiqarishning butunlay yangi usullarini, balki boshqarish va ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllarini ham oladi. Umuman aytganda, fan- texnika taraqqiyoti deyilganda, pirovard mahsulot chiqarishni ko‘paytirish maqsadida mavjud resurslarni yangicha uyg‘unlashtirishni taqozo qiluvchi usullarning topilishi ham tushuniladi. Amaliyotda texnika taraqqiyoti va kapital quyilmalar (investitsiyalar) mustahkam o‘zaro bog‘liq, texnika taraqqiyoti ko‘pincha yangi mashina va uskunalarga investitsiyalar qo‘yishga olib keladi. Masalan, atom energiyasidan foydalanish bo‘yicha texnologiyani qo‘llash uchun atom elektrostantsiyalarini ko‘rish zarur bo‘ladi. Birinchi qarashda texnika taraqqiyoti tarixiy va shiddatli ro‘y berish xarakteriga ega bo‘ladi. Gaz va yoqilgi dvigatellari, konveyer va yig‘ma liniyalar bizni hayotga o‘tmishning eng muhim yutuqlari sifatida kirib keldi.
    1. Iqtisodiy o‘sishni o‘lchash


Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chiqarish plaridarajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendentsiyasini anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish jami taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potentsial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish muammosini o‘rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi – cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga echim topiladi. Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir.
Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning o‘sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil usul bilan o‘lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YaIMni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamikasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Bunda, joriy yildagi real YaIM (Yt) hajmining bazis yildagiga (Yt-1) (asosan oldingi yilga) nisbatan foiz ko‘rinishidagi o‘sishi aniqlanadi, ya’ni:
Yt
Io = 100
Yt-1
Ikkinchi usulda iqtisodiy o‘sish aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YaIMning o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy o‘sish nazariyasi va modellarida YaIM o‘rniga SIM, YaMD, SMD ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o‘sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo‘linishiga bog‘liq deb qaraladi. Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning pirovard maqsadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o‘zgarishi resurs imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini aks ettiradi. Iste’mol va investitsiya o‘rtasida etarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini qisqartiradi.
Iqtisodiy o‘sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o‘lchanadi. Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin