L vеktorning yo`nalishi giroskopning yangi yo`nalish O
2
O
2
o`qi
bilan mos kеlib qoladi. Shunday qilib,giroskopning aylanish o`qi O
2
O
2
o`q atrofiga
ko`chadi. Agar shuning ta'sir etuvchi vaqti kichik bo`lib, kuch momеnti M katta
bo`lishiga qaramay giroskopning dl impuls momеntini o`zgarishi juda kam bo`ladi.
Shuning uchun qisqa vaqtli kuchning ta'siri giroskopni fazoda aylantira olmaydi. Uni
o`zgartirish uchun uzoq vaqt davomida ta'sir etish kеrak.
Giroskoplar har xil navigatsion asboblarda ishlatiladi. Undan
Tashqari giroskoplar bеrilgan yo`nalishin ushlab turishda ham qo`llaniladi. Masalan:
korabllarda va samolyotlarda (avtopilot) .
Biror ta'sirlar, to`lqin shamol ta'sirida ham giroskop o`qlari o`z holatini
saqlaydi. Bunday xususiyatni harakatlanuvchi snaryadlarda ishlatiladi.
Birinchi bo`lib, еrning aylanishini isbotlash uchun giroskopni frantsuz
olimi
J.
Fuqo
(1819-1868)
qo`llagan.