Guliston davlat universiteti biologiya kafedrasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə6/29
tarix19.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#184473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Amaliy uchun ko\'rstama

4. Amaliy mashg’ulot.
Mavzu: Ajralish ketishining statistik xarakteriga doir masalalarni echish va ularni tahlil qilish.
Maqsad: Mono va diduragay chatishtirishdagi belgilarning fenotipik ajralishiga ko’ra xi-kvadratni aniqlashning statistik usuli bilan tanishish.
Kerakli jihozlar: Kompyuter prosessori, ekran, mono va diduragay chatishtirishdan hosil bo’lgan fenotipik nisbatni asoslovchi, statistik tahlil qilingan jadvallarning taqdimot slaydlari.
Ishning bajaralish tartibi: Talabalar ekranda namoyish qilingan taqdimot slaydlari va 3-laboratoriya ishi ko’rsatmasidagi statistik tahiliga oid jadvallarning tartibi bilan tanishib chiqadilar.
Mono va diduragay chatishtirishning xi-kvadrat aniqlanishining statistik tahlili quyidagicha: 1). G’o’za o’simligida tolaning qo’ng’ir rangda bo’lishi oq rangi ustidan to’liqsiz dominantlik qiladi. Qo’ng’ir tolali g’o’za o’simliklari oq tolali o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning hammasi novvot rang tolali bo’lgan. F1 o’simliklari o’zaro chatishtirilib, ikkinchi avlodda (F2) 246 ta qo’ng’ir tolali, 468 ta novvot rang tolali va 232 ta oq tolali o’simliklar olingan. Chatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini, χ2 ( xi-kvadrat) ni aniqlang.
Masalaning yechilishi:
Belgi Gen
Qo’ng’ir tola FrBr
Oq tola Frbr
Novvot rang tola FrBr Frbr
F2 da 1 : 2 : 1 nisbatda fenotip bo’yicha ajralish ketishi o’rganilayotgan belgining monofaktoral belgi ekanligidan, shuningdek, to’liqsiz dominantlik qilishidan darak beradi. Shularga asoslangan holda boshlang’ich g’o’za o’simliklarining genotipini belgilaymiz:
qo’ng’ir tolali oq tolali
P ♀ FrBr FrBr X ♂ Frbr Frbr
g FrBr Frbr
F1 FrBr Frbr - novvot rang tolali
novvot rang tolali novvot rang tolali
P ♀ FrBr Frbr X ♂ FrBr Frbr
g FrBr, Frbr FrBr, Frbr
F2 FrBr FrBr - 1 qo’ng’ir tolali
FrBr Frbr - 2 novvot rang tolali
Frbr Frbr - 1 oq tolali
Masalaning ikkinchi shartiga ko’ra, olingan amaliy sonlarning nazariy kutilgan sonlarga qanchalik mos kelishini aniqlash uchun χ2 usulidan foydalanamiz. Buning uchun avvalo olingan amaliy sonlar asosida ajralish ketishda hosil bo’ladigan fenotipik sinflar bo’yicha jadval tuzamiz. So’ngra material hajmini tashkil etuvchi barcha sinflar sonlari ko’rsatkichining yig’indisidan ajralishning ehtimollik formulasiga muvofiq (1 : 2 : 1) har bir sinfning nazariy jihatdan kutilgan soni (q) hisoblab chiqiladi. So’ngra har bir sinf uchun olingan amaliy sonlarning nazariy kutilayotgan sonlardan farqi (d) topiladi. Har bir sinfning farqini ko’rsatuvchi sonlar kvadratga ko’tarilib, har bir sinf uchun nazariy kutilayotgan songa bo’linadi - d2G’q.
Har bir bo’linmada olingan qiymatlar yig’indisi topilib, χ2 qiymati aniqlanadi. Buni quyidagi jadval ko’rinishida ifodalash mumkin:

Material


Material hajmi

946 ta o’simlik

qo’ng’ir
rang

novvot rang

oq
rang

Faktik olingan son

246

468

232

Nazariy kutilgan son (q) 1 : 2 : 1 nisbatda

236,5

473

236,5

Farq (d)

Q 9,5

- 5

- 4,5

d2

90,25

25

20,25

d2 G’ q

0,3816

0,0528

0,0856

d2
χ2 q Σ ─
q

0,5200


Endi aniqlangan χ2 ning qiymati ehtimollik nuqtai nazaridan baholanadi. Buning uchun maxsus Fisher jadvalidan foydalaniladi. Bunda χ2 ning qiymati bo’yicha olingan amaliy sonning nazariy kutilgan songa mosligining ehtimolligini (P) aniqlash uchun avvalo erkinlik darajasi topiladi.Erkinlik darajasi n - 1 ga teng. Bizning misolimizda bu son 2 ga (3 - 1) teng. χ2 ning qiymatiga yaqin sonni Fisher jadvalining 2-qatoridan topiladi. Jadval ko’rsatkichiga ko’ra, P ning qiymati 0,80-0,50 orasida yotadi. Bu olingan amaliy sonlarning monoduragay chatishtirishda F2 da kutilgan nazariy sonlarga mos ekanligini ko’rsatadi.
2). Gultojibarglari to’q sariq, changlari och sariq bo’lgan g’o’za o’simliklari gultojibarglari och sariq va changlari to’q sariq bo’lgan o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning gultojibargi to’q sariq va changlari ham to’q sariq bo’lgan. F2 da olingan o’simliklarning 329 tasida gultojibarglari to’q sariq, changlari ham to’q sariq; 86 tasida gultojibarglari to’q sariq, changlari och sariq; 97 tasida gultojibarglari och sariq, changlari to’q sariq; 36 tasida gultojibarglari va changlari och sariq bo’lgan. Ajralishning xarakterini va χ2 ni aniqlang.
Masalaning yechilishi:
Belgi Gen
Gultojibarglari to’q sariq Y1
Gultojibarglari och sariq y1
Changlari to’q sariq P1
Changlari och sariq p1
Olingan birinchi avlod duragaylarining bir xilligi, chatishtirish uchun olingan ota-ona o’simliklarining gomozigotaligidan darak beradi.
gultojibarglari gultojibarglari
to’q sariq, changlari och sariq, changlari
och sariq to’q sariq
P ♀ Y1Y1p1p1 X ♂ y1y1P1P1
G Y1p1 y1P1
F1 Y1y1P1p1 - gultojibarglari to’q sariq, changlari to’q sariq

gultojibarglari gultojibarglari


to’q sariq, changlari to’q sariq, changlari
to’q sariq to’q sariq
P ♀ Y1y1P1p1 X ♂ Y1y1P1p1
g Y1P1 , Y1p1, y1P1, y1p1 Y1P1 , Y1p1, y1P1, y1p1
F2 1. Y1Y1P1P1 q 1
2. Y1Y1P1p1 q 2 9 Y1-P1- - gultojibarg to’q sariq, chang to’q sariq
3. Y1y1P1P1 q 2
4. Y1y1P1p1 q 4
5. Y1Y1p1p1 q 1 3 Y1-pp - gultojibarg to’q sariq, chang och sariq
6. Y1y1p1p1 q 2
7. y1y1P1P1 q 1 3 y1y1P1- - gultojibarg och sariq, chang to’q sariq
8. y1y1P1p1 q 2
9. y1y1p1p1 q 1 1 y1y1p1p1 - gultojibarg och sariq, chang och sariq
F2 da to’rtta fenotipik sinflar kuzatilib, ularning nisbati 9 : 3 : 3 : 1.
Endi χ2 ning qiymatini aniqlaymiz.



Material


Material hajmi

548 ta o’simlik

to’q sariq gultojibarg, to’q sariq chang

och sariq gultojibarg, to’q sariq chang

to’q sariq gultojibarg, och sariq chang

och sariq gultojibarg, och sariq chang

Faktik olingan son

329

97

86

36

Nazariy kutilgan son (q)
9 : 3 : 3 : 1 nisbatda

308,5

102,75

102,75

34,25

Farq (d)

Q 20,75



- 5,75

- 16,75

Q 1,75

d2

430,5625

33,0625

280,5625

3,0625



d2 G’ q

1,3967

0,3217

2,7305

0,0894

d2
χ2 q Σ ─
q

4,5383


P - 0,50 - 0,20
P ning qiymati olingan faktik sonlarning nazariy kutilgan sonlarga mos kelishini ko’rsatadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin