Koʻp torli tirnama cholgʻu asbobi



Yüklə 20,58 Kb.
tarix17.04.2023
ölçüsü20,58 Kb.
#99438
Chang


Chang — koʻp torli tirnama cholgʻu asbobiOʻzbekistonda ishlatiladigan zamonaviy chang turi trapetsiya shaklidadir. Chang tayoqchalar bilan urib chalinadi. Koʻpchilik xalqlarda chang turlicha nomlanadi. Bu changlar orasida muayyan farqlar ham bor.
Changdan qadimda va Oʻrta asr Sharq (OssuriyaMisr, Shimomliy HindistonEronMarkaziy Osiyo) madaniyatida qoʻllanilgan. Hozirgi Oʻzbekiston va Tojikiston hududida qadimgi changdan taxminan 17-asrgacha qoʻllanilgan. Oʻrta asrlarda Noqus Changiy, Mavlono Mirek Changiy Buxoriy, Xoja Bobo Changiy, Hofiz Changiy, Darvishali Changiy va boshqa chang ijrochilari tanilgan. Chang burchakli yoki yoysimon shaklda boʻlib, unga 13 va undan ortiq torlar oʻrnatilgan.
Hozirda changdan oʻzbek, tojik, uygʻur xalqlari keng foydalanadi. Oʻzbekistonda keng ishlatiladigan hozirgi turi trapetsiya shakldagi tovushxonaga ega. Tovushqator asosoini 14 sim tashkil etadi. Shu simlarning 13 tasi uchtadan boʻlib, bitta eng yoʻgʻon sim yakkadir. Shu asnoda torlaning umumiy soni 40 taga yetadi. Sim torlari 2 xarak vositasida 2 guruhga boʻlinadi: oʻng xarak ustidan oʻtkazilgan simlar past registrda, chap xarak ustidan oʻtkazilganlari 1 va 1,5 oktava yuqori registrlarda ovoz chiqaradi. Changning diapazoni kattadir: katta oktava „lya-bemol“ dan ikkinchi oktava "mi-bemol" gacha yetadi.
Chang bambukdan ishlangan ikki choʻp yordamida urib chalinadi. 1930-yillarda yangi (xromatik tovushqatorga ega) turlari yaratildi (prima, tenor, bas). Jarangdor tembr, keng dinamik va texnik imkoniyatlari tufayli turli ansambl, xalq cholgʻulari orkestri tarkibida hamda yakkanavoz cholgʻu sifatida keng tarqalgan.

Yozma manbaalarga ko`ra XV, XVII asrlardan boshlab «chang» sozi musiqa hayotimizda ma’lum o`rin egallay boshlagan. Ungacha esa «chang» iborasi o`zbek hamda tojik musiqa madaniyatida butunlay o`zga soz, tirnab chalinadigan zamonaviy yevropacha arfaning bizda keng ishlatilgan qadimiy kichik hajmdagi namunasini anglatadi. Jumladan Alisher Navoiyning buyuk asari «Xamsa»ning «Sabbai sayyo`r» dostonidagi «chang» iborasi ham arfa tusidagi cholg`u sozini aniqrog`i qo`l arfasini anglatgan bo`lib, uning mohir ijrochilari sifatida Dilorom kabi ayol obrazlari tasvirlangani ham bejiz bo`lmagan. O`sha davrlarga xos arfasimon chang deyarli xotin-qizlarga mansub cholg`ulardan biri sifatida hatto, eramizdan oldingi asrlardayoq ishlatilgan. Ammo XVII asrlardan keyin bu qo`l arfasi ijrochilikdan chiqa boshlagan va o`rnini o`zga soz — maxsus tayoqchalar bilan urib chalinadigan trapetsiya shaklida chang cholg`u asbobi egalladi.
Chang
Chang- arfaning o’tmishda qo’llangan turi. O’rta Osiyo va boshqa Sharq xalqlari o’rtasida tarqalgan. Uning saqlanib qolgan eng qadimiy ta’sviri miloddan avvalgi 3 minginchi yillarga mansub , burchakli turi hozirda O’zbekiston va Tojikiston terayasida taxminan XVII asrda ishlatilgan. Gruzinlarda yangi abhazlarda ayume, ajarlarda duadastanon va hak deb yuritiladi. Ko’p torli urma soz. Uning santur deb nomlanuvchi turini rivoyatlarga ko’ra, O’rta Osiyoda birinchi marta Darveshali Changiy chalgan bo’lsa kerak. O’zbekistonda keng ishlatiladigan hozirgi chang tuzilishi qutisimon trapetsiya shaklida, tovushqator asosini 14 sim tashkil etadi. Bulardan 13 tasining hatr biri uchtadan, faqat bitta yo’g’on tori yakkadir. Torlarning umumiy soni 40taga yetadi. Ular ikki gruppaga bo’linadi. Chang jarangdor terminga ega bo’lib, uning dinamik imkoniyatlari juda keng juda sekin ovoz pianissimodan, juda kuchli ovoz fortegacha ovoz beradi. Changdan turli ijrochilik uslublari – tayoqchalarni cholg’u torlari ketma-ket urish natijasida hosil qilinadigan tremolo bilan birga , pitsikattoga o’xshatib yaqin tayoqchalar bilan tirnab chalish va stakkato torlarni tayoqchalar bilan uzub tovush chiqarish keng qo’llaniladi. Changdan asosan, yakkanavoz soz, ansambillar orasida jo’rnavoz soz sifatida ham ishlatiladi. Ko’pchilik xalqlarda chang turlicha nomlanadi va ular muayyan faktlarga ega. Changning chang tenor, chang, bas kabi turlari ham yaratilgan.
Yüklə 20,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin